Aminaddin Muhammad hoji Aminaddin o‗g‗li 1892-1897 yillarda Fransiyaning
Tuluza shahridan suvxo‗jaligi kollejida ta‘lim olgan zamonaviy ma‘lumotli
birinchi o‗zbek irrigatori edi‖.
Yana shu kitobda quyidagi xabar keladi: ―Feruz farmoniga muvofiq 1904
yilning 10 noyabrida Urganchda birinchi yangi usul maktabi ochildi. Unda
Husayin Qo‗shaev degan Turkiyadan kelgan o‗qituvchi yoshlarga ta‘lim-tarbiya
bera boshladi. Mahalliy xalq vakillarining mazkur maktabga qiziqishi ortib,
dekabr oyiga kelib, bu maktab o‗quvchilarinish 45 tasi mahalliy millat farzandlari
edilar. Husayin Qo‗shaev 1906-1907 o‗quv yilida xonlikdagi ilg‗or ma‘rifatparvar
kishilarning,
eng avvalo, ota-onalarning orzu istaklarini hisobga olib, Urganchda
qizlar maktabi tashkil etdi. Bu muhim voqeadan xursand bo‗lgan Feruz
Urganchga borib, mazkur maktab ishi bilan tanishdi va Husayin Qo‗shaevning
boshlagan foydali tadbiri uchun uni qo‗llab-quvvatlab,
boshoyoq sarpo kiygizdi
va xazina hisobidan maktabga yordam berib turishga qaror qildi‖.
Q. Munirovning ―Xorazmda tarixnavislik‖ asarida Xiva xonligidagi faqat
tarixiy asarlarga e‘tiborini qaratadi. Muallif xonlikda tarix maktabiga xon
Abulg‗ozi asos solganini ham eslatib o‗tadi.
Dostları ilə paylaş: