1-BOB. XIVA XONLIGINING TASHKIL TOPISHI, XIVA XONLIGI
QO„NG„IROTLAR SULOLASINING HUKMRONLIGI DAVRIDA
1.1.
Xiva xonligining vujudga kelishi.
Markaziy Osiyo ayniqsa o‗zbek xalqi tarixida –xonliklar davri alohida o‗rin
tutadi. Ko‗p ming yillik o‗zbek xalqi tarixida bu davr o‗zining muddati bilangina
emas, balki, shu davrda xalqimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan juda
katta voqealar bilan ham ajralib turadi.
Temur vafotidan so‗ng Temuriy shahzodalar o‗rtasida boshlanib ketgan
to‗xtovsiz urushlar sohibqiron ne mashaqqatlar bilan bunyod etgan qudratli
davlatni parchalanib ketishiga sabab bo‗ldi. Asta-sekin bu qudratli davlat
tarkibidan qator davlatlar va mulklar ajralib chiqib ketdi. Xorazmdan
Astrobodgacha keng hududda joylashgan turkmanlar birinchilardan bo‗lib
temuriylar davlatidan ajralib chiqdilar. Xuddi shu vaqtda Farg‗ona vodiysi ham
ajralib mustaqil bo‗lib oldi. Shuningdek, Hisor va Badaxshon ham mustaqil
davlatga aylandi. Natijada O‗rta Osiyodagina emas balki, Xuroson va Eron
hududlarida ham temuriylar davlati yiqilgan edi.
Temuriylar davrida buyuk Temur davlatining bunday parchalanib ketishi
G‗arbda Qora dengiz qirg‗oqlaridan boshlanib, Sharqda Irtish daryosi va Balxash
ko‗liga qadar, janubda esa Sirdaryoning quyi oqimlarigacha cho‗zilgan. Qipchoq
dashtlarida yashovchi O‗zbeklar deb atalmish turkiy tilda so‗zlashuvchi
ko‗chmanchilarni Movaraunnahr erlariga hujum qilib uni zabt etishlari uchun
qulay sharoit yaratib berdi
14
.
O‗z vaqtida mug‗ullar istilosi ostida qolgan hududi zabt etilib, Jo‗ji ulusiga
kiritilgan Dashti Qipchoq aholisi Jo‗ji o‗limidan keyin uning o‗g‗illaridan biri
SHaybonquli ostida o‗zining mustaqil ulusini tashkil etish uchun kurash olib
boradi. Natijada Yoyiq daryosining Sharqidan Sirdaryo buylarigacha bo‗lgan
14
O‘zbekiston tarixi T., «Yangi asr avlodi» 2003 y. 299-334 betlar.
erlarda bunday ulus bapro etiladi. XV asrda ana shu Shaybon boshchiligidagi
ulusda yashagan ko‗chmanchilar o‗zbek nomi bilan atalganlar.
XVI asr Xiva tarixchisi Abdulg‗oziyning yozishicha (1603-1664) asosan
chorvachilik va ko‗chmanchilik bilan shug‗ullanuvchi o‗zbeklarning ko‗pchiligi
yozni Yoyiq daryosining yuqori oqimida, qishni esa Sirdaryoning quyi oqimida
o‗tkazadilar. Bu erda o‗zbeklardan tashqari qipchoqlar qo‗ng‗irotlar uyshun,
nayman va boshqa qabilalar ham yashagan bo‗lib, ular o‗sha o‗zbeklar tarkibiga
kirar edi.
XV asrning 20 yillariga kelib Dashti Qipchoq urug‗lari ichida Shayboniylar
urug‗i (o‗zbeklar) oldinga chiqdi. Bu urug‗ning eng ko‗ga ko‗ringan vakili,
ko‗chmanchi o‗zbeklar davlatining asoschisi Abdulxayrxon bo‗lib, u o‗zidan oldin
bu erda hukmronlik qilgan Baroqxondan farqli o‗laroq, taxtni o‗zgalar yordamida
emas, balki bir qator o‗zbek qabilalari, chunonchi Nayman, Qo‗ng‗irot, Qiyot,
Durman, Uyg‗ur, Uyshun va boshqa qabilalarning yordamida egalladi. U juda
qisqa vaqt ichida yirik davlatni vujudga keltirdi va bu davlatni uning o‗zi 1428
yildan 1468 yilgacha boshqardi
15
.
Biz yuqorida ta‘kidlaganimizdek, Abdulhayrhon boshliq o‗zbeklar asosan
ko‗chmanchi xalq bo‗lib chorvachilik bilan shug‗ullanganlar. Shu bois ularga
chorvachilik mahsulotlarini hunarmandchilik va qishloq xo‗jaligi mahsulotlariga
almashadigan xalqlar va hududlar kerak edi.
Bundang tashqari bu davrga kelganda ko‗chmanchi o‗zbeklarning katta
qismi feodal munosabatlarining rivojlanishi natijasida o‗z o‗tloq va podalaridan
ajragan bo‗lib, ularning o‗troq hayot kechirishi uchun Movaraunnahr erlari kerak
edi.
Shu va boshqa bir qator sabablarga ko‗ra hali Abdulxayrxon davridanoq
o‗zbeklar Sirdaryoning quyi oqimidagi Sig‗noq, Oqqo‗rg‗on, Suzoq, Uzgan va
boshqa erlarga hujum qilib, u erlarni bosib oldi.
Ko‗chmanchi o‗zbeklar tomonidan Movaraunnahr hududlarini egallash
uchun kurash Abdulxayrxonning nabirasi Muhammad Shohbaht Shayboniy
15
O‘shа mаnbа. 320-332-bеtlаr.
davrida (1451-1510) kuchaydi.
XV asrning ikkinchi yarmida Movaraunnahrdagi o‗zaro kurashlar bilan band
bo‗lgan temuriylarning asosiy raqibi shimoldagi mo‗g‗ullar edi. Ularning
Movaraunnahr erlariga to‗xtovsiz talonchilik hujumlaridan bezor bo‗lgan temuriy
shahzodalar mo‗g‗ullarga qarshi kurashda Shayboniyxondan foydalanish
maqsadida u bilan ittifoq tuzdilar. Biroq Shayboniyxon bu ittifoqqa tez-tez xiyonat
qilib, goh temuriylar, goh mo‗g‗ullar tomonida turib harakat qilar edi.
Shayboniyxon bobosi Abdulxayrxon Dashti Qipchoqda tashkil etgan
davlatni bir tomonlama kuchaytirib, o‗z oldiga hali o‗sha bobosi rejalashtirgan
Movaraunnahr erlarini bosib olish ishini hal etishni maqsad qilib qo‗ydi va uni
amalga oshirishga kirishdi. Bu ishga kirishar ekan, Shayboniyxon eng avvalo 1480
yilda Qozoq xoni Burunduqxonga katta zarba berdi. Shundan so‗ng Shayboniyxon
1488-1500 yillar ichida O‗tror, Yassi, Sig‗anoq, Shaxrisabz. Turkiston shaharlarini
egallaydi. SHundan so‗ng Temuriylar poytaxti Samarqandni egallashni o‗z oldiga
maqsad qilib qo‗ydi.
Shayboniyxon 1499 yilda dastlab Samarqandni qamal qilganda bu erda
Sulton Ahmad Mirzoning o‗g‗illaridan biri, Sulton Ali Mirzo hukmronlik qilardi.
Uning qobiliyatsiz, har tomonlama ojizligidan xabar topgan Shayboniyxon
Samarqand shahriga kirmay Shahrisabz va Qarshi shaharlarini talab Qipchoq
dashtiga qaytib ketadi. Ozroq vaqt o‗tgach Shayboniyxon Toshkent hokimi
Mahmudxondan ozroq yordam olib, Samarqandga yangidan hujum boshlaydi.
Xuddi shu payt Buxoro hokimi Muhammad-Boqi tarxon qo‗shinlari Samarqand
hukmdori Sulton Ali Mirzoga yordamga kelayotganligini haqida SHayboniyxon
xabar topadi. Shundan so‗ng u Samarqand qamalini to‗xtatib, asosiy kuchlarini
Buxoro qo‗shinlariga qarshi qaratadi natijada Dabusiya qal‘asida (hozigi
Ziyovuddin stansiyasi yaqinida) bo‗lgan jangda (1500) Shayboniyxon qo‗shinlari
g‗alaba qozonadilar. Shundan so‗ng Shayboniyxon Buxoroga tomon shiddat bilan
harakat qiladi va shaharni uch kun qamaldan so‗ng qo‗lga kiritadi. Shayboniyxon
tomonidan Buxoroni qo‗lga kiritilgani haqidagi xabar Samarqandning hukmron
doiralari orasida sarosima keltirib chiqaradi Samarqand hukmdori Sulton Ali
Mirzodan norozi bo‗lgan amirlarning bir guruhi Andijonda hukmronlik qilayotgan
temuriy Bobur ixtiyoriga, ikkinchi guruhi, Sulton Ali Mirzoning Toshkentda
hukmronlik qilayotgan akasi Uvays Mirzo yoniga ravona bo‗ldilar
16
.
Voqealar rivojini sinchiklab kuzatib turgan Samarqand hokimi Sulton Ali
Mirzo bu vaziyatda SHayboniyxon bilan muzokaralar olib borishni lozim topib, bir
guruh o‗ziga yaqin kishilar bilan uning huzuriga tashrif buyuradi.
Shu tariqa Shayboniyxon 1500 yilda jangsiz Samarqandni birinchi marta
egallaydi. Sulton Ali Mirzoni qatl etib, shaharni ayovsiz tarzda talaydi..
Biroq, Samarqand ruhoniylarining ko‗zga ko‗ringan namoyondalaridan biri
xo‗ja Abdulmakarim yordamida Bobur tez orada Samarqandni egallab,
shayboniylarning shaharda qoldirilgan qo‗shinlarini va ularni tarafdorlarini qirib
tashlaydi. Shundan so‗ng Bobur Shayboniyxon qo‗shinlarini ta‘qib etishga
kirishadi. Lekin 1501 yil aprelida Zarafshon daryosi bo‗yida Sariko‗l degan
dashtdagi jangda talofat ko‗rib Samarqandga chekinadi. Bu erda 4 oy qamalda
bo‗lib, oxiri 1501 yilning ikkinchi yarmida Samarqandni tashlab chiqadi va
Toshkent hokimi Mahmudxon huzuriga ketadi. Shayboniyxon ikkinchi marta
Samarqandni qo‗lga kiritib, uni ayovsiz taladi.
Shayboniyxon Samarqandni qo‗lga kiritgach, 1503 yilda Sirdaryoning
yuqori qismiga qarab yurish qildi. Bu erda (Toshkent hokimi) Mahmudxon, Bobir
boshliq birlashgan kuchlarga duch keldi. Arxiyon yonidagi shiddatli jangda ular
ustidan g‗alabaga erishib. Toshkent, Shoxruhiya, Farg‗ona shaharlarini qo‗lga
kiritdi(1504).
Shayboniyxon 1505 yilda Xorazmni, Movaraunnahrning asosiy shaharlarini
egallagach, Xurosonni va unga qarashli erlarni bosib olishni maqsad qildi.
Xuroson sultoni Husayn Boyqaro (Sulton Husayn) (1489-1506) o‗zining
to‗ng‗ich o‗g‗li Balx hokimi Badiuzzamon bilan birga Shayboniyxonga qarshi
kurashmoqchi bo‗ladi. Lekin bu ko‗zlangan natijani bermaydi. Muhammad
SHayboniyxon Hirotga qarshi yurish arafasida Husayn Boyqaroning ikki o‗g‗li
16
Istoriya Uzbekistana. T. Universitet, 2004 g. s. 74-87.
Badiuzzamon bilan Muzaffar Mirzo o‗rtasida taxt kurashi boshlanadi. Natijada
Hirot taxtiga ular bir vaqtda podsho bo‗lib ko‗tariladilar. Bu Shayboniyxonga qo‗l
keladi. SHayboniyxon qo‗shinlari 1504 yilda Xisravshoh hukmronlik qilgan
Qunduz shahrini egalladi. 1507 yilda esa Shayboniyxon Xuroson poytaxti Hirotni
egalladi, so‗ngra Astrabodni egalladi. Taxt talashgan aka-uka temuriylar esa biri
G‗arbga, biri Sharqqa qochdi. Qisqa vaqt ichida Shayboniyxon Temuriylar erlari
bo‗lgan Buxoro, Samarqand, Balh Mahshad, Nishopur, Kaba shaharlarini egalladi.
U Sirdaryodan Afg‗onistongacha bo‗lgan erlarning hukmdori bo‗lib oldi.
Faqatgina Sirdaryo bo‗yidagi erlar Toshkent hukmronligida bo‗lsada, bular ham
SHayboniyxonga yarim qaram edi. Xullas Shayboniyxon 8 yil ichida Timuriylar
davlati hududlarini butunlay istilo qildi. Shayboniyxonning birin-ketin bergan
harbiy zarbalari tufayli Temuriylar davlatining qulashiga olib kelgan asosiy
sabablar haqida ham alohida to‗xtalib o‗tish zarur bo‗ladi.
Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo Shayboniyxon hujumi arafasida o‗lkadagi
ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni yomonligi, mehnatkash xalq ommasining qashshoq
hayoti ko‗chmanchi o‗zbeklar-g‗alabasining asosiy omillarida biri bo‗lganligini
ko‗rsatib o‗tish zarurdir
17
.
Ahvol shunga borib etgan ediki, Farg‗onadek eri serunum, dehqoni
mirishkor yurtda o‗zbeklar hujumi kunlarida 3-4 ming askarni boqish uchun
mablag‗ yo‗q edi.
Temuriylar o‗sha davrdagi og‗ir iqtisodiy ahvolini ular saroyida xizmat
qilgan o‗z davrining zabardast shoirlaridan biri Binoiy shunday hikoya bilan
ifodalaydi: ―Na egulik g‗allam bor va ne kiyimga g‗amlangan baxmalim bor.
Eyadigani, kiyadigani bo‗lmagan kishi ilm va hunarga qanday urina olsin.‖
Ana shunday og‗ir iqtisodiy ahvol sabab mamlakatda ko‗p ruhoniylar va
ziyolilar SHayboniyxon tarafiga o‗tib ketgan edilar.
Tinib-tinchimagan Shayboniyxon 1508-1509 yillarda qozoq erlari ustiga
yurish qildi va erlarni egalladi. Natijada Shayboniyxon bir tomondan Kaspiy
dengizi qirg‗oqlaridan Xitoygacha, ikkinchi tomondan Sirdaryo qirg‗oqlaridan
17
O‘zbekiston tarixi - Toshkent Davlat universiteti - T. Universitet, 1997 yil
Markaziy Afg‗onistongacha cho‗zilgan erga ega bo‗lgan yirik feodal davlatga ega
bo‗ldi.
Bu bilan ham kifoyalanmagan Shayboniyxon 1510 yildan boshlab qolgan
Xuroson erlarini bosib olishga kirishdi. Xuddi shu vaqtda. Ya‘ni XV asrning
oxirlarida Erondagi o‗zaro feodal urushlar natijasida xokimiyat tepasiga safafiylar
sulolasining ko‗zga ko‗ringan vakili Ismoil Safaviy kelgan edi. Ismoil Safaviy
Xurosonni Shayboniyxondan tortib olmoqchi bo‗ldi. SHayboniyxon bunga
ko‗nmadi. Natijada Ismoil Safaviy Shayboniyxonga qarshi qo‗shin tortdi va 1510
y. dekabrda Marv yonidagi jangda Shayboniyxonning 17 minglik armiyasi qirib
tashlandi. Shayboniy asirga olinib kallasi kesildi va uni kallasidan shox Ismoil
sharob ichadigan idish yasatdi.
Ismoil Safaviy butun Xurosonga ega bo‗lib chegaralari Ozarbayjondan
Bog‗dodgacha cho‗zilgan Eron davlati xududlarini yanada kengaytirdi.
SHayboniyxon o‗ldirilgach, Xorazm xam Eron shoxi Ismoil qo‗li ostiga
o‗tadi va Xorazmda Eronlik
Dostları ilə paylaş: |