Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə9/297
tarix21.10.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#129689
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   297
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

2 -topshiriq.
Ushbu topshiriq trenajyor mashq sifatida bajariladi. Berilgan so‘zlardan 5 ta gap tuziladi. Gapni ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan boshlaydilar.
Har bir gapning ma’nosini tushuntirish, ularning ifoda maqsadiga ko‘ra turini aytish topshirig‘i beriladi.

O‘quvchilar doskada yozilgan Daraxt shoxiga kichkinagina ... qo‘ndi degan tugallanmagan gapni o‘qiydilar; tugallangan mazmun bildirish uchun yana bir so‘z, ya’ni gap nima haqda aytilganini bildirgan so‘z yetishmasligini aytadilar. O‘qituvchi yo‘llovchi savol beradi: «Gap nima haqida aytilgan? Daraxt shoxiga kichkinagina nima qo‘ndi?» O‘quvchilar qushcha so‘zini topadilar va nuqtalar o‘rniga qo‘yib, gapni to‘liq o‘qiydilar: Daraxt shoxiga kichkinagina qushcha qo‘ndi. Gap bir so‘zdan yoki bir necha so‘zdan tuzilishi haqida ko‘nikma hosil qilinadi.

Diqqat bolalar” ta’limiy o‘yini. Buning uchun o‘quvchular diqqat bilan o‘qituvchining topshirig‘ini eshitib darhol javob berishlari kerak bo‘ladi. O‘qituvchi bir kichik matnni o‘qiydi o‘quvchilar esa matnda nechta gap ishtirok etganini aytishlari kerak. Har bir gapni ohangga rioya qilib, o‘qib beriladi.



Kuz. Paxta dalasi. Paxtalar qiyg‘os ochilgan.
Matnda nechta gap o‘qildi? (Uchta.)
Birinchi, ikkinchi va uchinchi gapni ayting?
Bu gaplarda nechtadan so‘z ishtirok etgan?
O‘quvchilar shu tariqa gap haqidagi bilimlarini mustahkamlaydilar
IV. Darsga yakun yasash va baholash
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
V. Uyga vazifa.
11-mashq. Rasmni kuzatib, rasm mazmuniga mos to‘rt-beshta gapdan iborat hikoya yozib kelish va unga sarlavha topib, yozib kelish topshirig‘i beriladi


Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə