Ona tili fanini o‘qitish metodikasi 1- ma’ruza


A1+ Nutq o‘stirish (1 soat)



Yüklə 58,34 Kb.
səhifə4/10
tarix23.12.2023
ölçüsü58,34 Kb.
#156431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu 2s nazariy

A1+
Nutq o‘stirish (1 soat)
Husnixat (1 soat)
NUTQ O‘STIRISh. Matn. Matnning o‘zaro mazmunan bog‘langan ikki va undan ortiq gaplardan tuzilishi. So‘roqlar yordamida matnni qismlarga bo‘la olish. Kichkina matnga va matn qismlariga sarlavha qo‘yish.
Bayon haqida tushuncha. Matnni savollar yordamida qayta hikoya qilish. Uncha katta bo‘lmagan matn yuzasidan uch-to‘rt so‘roq gaplardan tuzilgan reja asosida bayon yozish.
Rasmlarga qarab savollar yordamida gaplar tuzish va uni imloviy tayyorlikdan so‘ng yozish. O‘qituvchi rahbarligida bir mavzuga oid bir necha gap tuza olish. Bolalarning o‘yinlari, o‘qishlari, qiziqishlari haqida kichik hikoya tuzish.
3-sinf. O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
o‘qituvchi nutqini video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;
rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi;
nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi;
mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi;
gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari va gaplarning ifoda maqsadga ko‘ra turlarini biladi, gapda so‘zlarni o‘zaro bog‘lab kichik matn yoza oladi, matn qismlariga sarlavha qo‘ya oladi, matnning kirish qismi, asosiy fikr, oxirgi xulosa qismlarini topa oladi;
shaxs va narsani bildirgan otlarga, yasama otlarga, shaxs va narsalarning belgisini bildirgan so‘zlarga, shaxs va narsalarning miqdori, tartibini va harakatini bildirgan so‘zlarga, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llarga mos so‘zlarni topib yoza oladi;
-la, -illa (-ulla) fe’l yasovchi qo‘shimchalari bilan fe’l yasay oladi;
savollarga yozma javob yoza oladi, matndagi gaplarni mazmunan o‘zaro bog‘lay oladi, xatboshiga, imlo va husnixat qoidalariga amal qila oladi, tabriknoma, qisqa xatlar va 50-60 so‘zli diktant yoza oladi.

Yüklə 58,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə