Ona tili ta’limi jarayonida qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlar



Yüklə 68,5 Kb.
səhifə1/3
tarix22.02.2023
ölçüsü68,5 Kb.
#101301
  1   2   3
1405689181 56329


Ona tili ta’limi jarayonida qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlar
Reja:



  1. Didaktik o‘yin tushunchasi va uni qo‘llashdan maqsad.

  2. Didaktik o‘yin turlari

  3. Ayrim didaktik o‘yinlar sharhi

  4. Ona tili darslarida didaktik o‘yinlarin qo‘lash bilan bog‘liq ishlanmalar, tavsiyalar.


Tayanch tushunchalar: ta’lim jarayoni, didaktik o‘yin, o‘zaro bog‘lovchi o‘yinlar, rag‘batlantiruvchi o‘yinlar, yakunlovchi o‘yinlar, innavasion metod.

Ta’lim jarayoni, uni rivojlantirish va o‘zgartirish


o‘qituvchi va sinf o‘quvchilarining o‘zaro ochiq muloqoti va
ishonchi muhitida samarali bo‘ladi. Dars davomida didaktik
o‘yinlardan foydalanilsa, o‘quvchilarning ona tili darslariga
bo‘lgan qiziqishlari ortadi hamda ularning nutqiy
ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan o‘yinlar qisqa vaqtga mo‘ljallangan bo‘lib, bular orqali o‘quvchilar guruh bo‘lib mashq qilishga odatlantiriladi. O‘yinlar vositasida kichik guruhlar faolligi ortadi, ta’lim ishtirokchilarning diqqati ishga (ta’lim jarayoniga) to‘liq jalb etiladi.
O‘yinlar vositasida o‘quvchilarga yangi bilimlar berish. ko‘nikma hosil qilish, kichik guruhlar a’zolarining ijodiy qobiliyatlariii rag‘batlantirish mumkin. O‘yinlarni maqsadiga ko‘ra etti to‘rga ajratish mumkin.

  1. Guruh bo‘lib ishlash uchun soglom muhit tashkil etishga qaratilgan o‘yinlar.

  2. Umumiy qiziqishlarni aniqlashga qaratilgan o‘yinlar.

  3. Guruhlarning birligini qo‘llab-quvvatlovchi o‘yinlar.

  4. O‘zaro bog‘lovchi o‘yinlar.

  5. Rag‘batlantiruvchi o‘yinlar.

  6. Ijodkorlikka da’vat etuvchi o‘yinlar.

  7. Yakunlovchi o‘yinlar.

Dunyoga boshqacha ko‘z bilan qarash ta’limda innovasion
metodlarni ko‘llashga yordam beradi.
Katta mavzularni o‘rganishni yakunlash, egallagan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi. Ta’lim jarayonida qo‘llanilgan har bir o‘yin yakunida o‘qituvchining sharhiga vaqt ajratiladi. Bunda u yoki bu o‘yin guruh a’zolari tomonidan qanday g‘oyalar tug‘dirganini sharhlashga e’tibor beriladi.
Quyida ona tili darslarida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan ayrim o‘yinlar xususida so‘z yuritamiz.



Yüklə 68,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə