Ona tili va uning jamiyatda tutgan o'rni Reja


So'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi ana shunday axborot uzatish va axborotni qabul qilish faoliyati nutqiy faoliyat sanaladi



Yüklə 59,9 Kb.
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü59,9 Kb.
#164056
1   2   3   4
Ona tili va uning jamiyatda tutgan o\'rni

So'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi ana shunday axborot uzatish va axborotni qabul qilish faoliyati nutqiy faoliyat sanaladi.
Nutqiy faoliyat yozma ravishda ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda ham nutqiy jarayon qatnashchilari ikki gu-ruhga boiinadi. Xat yoilovchi shartli ravishda so'zlovchi, uni qabul qiluvchi (o'quvchi) esa tinglovchi hisoblanadi.
Nutqiy faoliyat muayyan jamiyatning aloqa vositasi hisob-lanuvchi til yordamida yuzaga chiqadi. Ana shuni e'tiborga olgan holda mashhur Shveysariya olimi Ferdinand de Sos-
syur nutqiy faoliyatning til va nutq zidlanishi asosida amalga oshishini ta'kidlaydi va tilshunoslikda til va nutq tushunchalarini farqlaydi. Nutq faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til sanaladi.
Hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi, ma'Ium jami-yat a'zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi — til, shu tilning muayyan shaxs nutqiy faoli-yatida bevosita namoyon bo'lishi, voqelanishi — nutqdir.
Til va nutq umumiylik — xususiylik, imkoniyat — voqelik, mohiyat — hodisa zidlanishini o'zida namoyon etib, bir-biriga zidlanadi va bunday zidlanish har bir til sathlariga xos birliklarning nomlanishida ham o'z ifodasini topadi.
-Tilning fonologik (fonetik) sathining birligi fonema bo'lsa, fonemaning real talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko'rinishi fon (allofon) yoki tovush hisoblanadi.
Kundalik hayotingizda har xil tovushlarni eshitasiz: mashinalar signali, hayvonlarning qichqirig'i, parrandalarning sayrashi, suvning shildirashi va boshqalar. Havo to'lqinlari orqali qulog'imiz bilan eshitiladigan barcha hodi-salarga tovush deymiz. Inson tomonidan talaffuz qilinadigan tovushlar ham ana shunday tovushlar sirasiga kiradi.
Har qanday tovush ma'lum tashqi ta'sir yordamida havo oqimining tebranishi natijasida hosil boiadi. Masalan, ip yoki simni tarang tortib, uni qo'lingiz bilan chertsangiz havoni tebratadi va tovush chiqadi.
Tovushlar tabiiy va inson tovushlariga bo'linadi. Tabiatdagi insondan tashqarida paydo bo'lgan barcha tovushlar tabiiy tovushlar sanaladi.


Tabiiy tovushlardan inson tovushlarining farqi shundaki, u inson nutq a'zolari harakati yordamida ma'lum maqsad-da ketma-ket talaffuz qilinadi. Bu esa har qanday nutq tovushining uch tomoni mavjud ekaniigidan dalolat beradi.
Birinchidan, nutq tovushlari insonning nutq a'zolari harakati natijasida maydonga keladi. Nutq tovushlarining bu tomoni uning talaffuz (fiziologik) belgisi hisoblanadi va u fiziologiya fani bilan uzviy bog'liqlikda o'rganiladi. Nutq apparati o'pka, bo'g'iz, tovush paychalari, og'iz bo'shlig'i, tanglay, til, lab, burun, tish kabi a'zolarni o'z ichiga oladi.
Ikkinchidan, har qanday tovush havoning tebranishi natijasida hosil bo'ladi. Shuning uchun ularning hammasi ma'lum sifat belgisiga: balandlik, kuch (yoki tezlik), miqdor (yoki uzunlik) va tembr belgilariga ega bo'ladi. Tovushlarning bu tomoni akustik tomon deyiladi va u fizika fani bilan aloqada o'rganiladi.
Uchinchidan, nutq tovushlari ma'lum maqsadda talaf­fuz etiladi. Tovushlarning ketma-ket talaffuz qilinishidan ma'lum axborot uzatiladi. Demak, tovushlar ma'noli birliklar tarkibida ularni moddiy tomondan shakllantirish va ma'nosini bir-biridan farqlash vazifasini bajaradi
-12-
. Masalan,soli bilan sholi so'zlari birinchi tovushlari bilan, sot bilan soch so'zlari oxirgi tovushlari bilansot bilan sut so'zlari o'rtasidagi tovushlari bilan farqlanadi.

Tovushlarning bunday belgilari vazifaviy belgisi sanaladi va u faqat inson tovushlarigagi na xos belgi hisoblanadi.


Demak, yuqorida sanalgan belgilardan birinchisi tabiiy tovushlarga ham, inson tovushlariga ham xos belgi bo'lsa, ikkinchi va uchinchi belgilar faqat inson tovushlarigagina xosdir.
Shunday qilib, nutq tovushlarining uch tomoni mavjud: a) akustik; b) talaffuz (fiziologiya); d) vazifaviy tomonlari. Har qaysi nutq tovushini tavsif qilishda ana shu uch tomon e'tiborga olinadi. Masalan, k tovushi til o'rtasining yuqori tanglayga tegishi va o'pkadan chiqiyotgan havoning bu to'siqdan portlab chiqishi natijasida hosil bo'ladi. Bu to-vushning nutq a'zolarining qayerida va qanday yo'l bilan hosil bo'lishi talaffuz (fiziologik) tomoni sanaladi. Uning sof shovqindan iborat ekanligi, jarangsizligi akustik belgisi, k ning g dan va boshqa tovushlardan farqlanishi esa va­zifaviy belgisi hisoblanadi. Tilshunoslik fani uchun vazifaviy tomoni muhim sanaladi. Shuning uchun vazifaviy belgi lingvistik (tilshunoslik) belgi deb ham yuritiladi. Nutq tovushlari bir qancha akustik va artikulatsion (talaf-fuz) belgilariga ega bo'ladi. Bu belgilarning barchasi fone-tika uchun muhim sanaladi, chunki bu belgilarni to'Ja hisob-ga olgandagina u yoki bu tovushning xususiyatiga to'g'ri javob berilgan boiadi. Lekin fonologiya uchun yuqoridagi belgilarning ko'pchiligi muhim sanalmaydi. 


Yüklə 59,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə