Ona tili va uning jamiyatda tutgan o'rni Reja


Hozirgi o’zbek adabiy tili ta’limi asoslari



Yüklə 59,9 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü59,9 Kb.
#164056
1   2   3   4
Ona tili va uning jamiyatda tutgan o\'rni

Hozirgi o’zbek adabiy tili ta’limi asoslari 
Hozirgi kunda yer yuzida o'n milliarddan ko'proq aholi yashaydi. Agar siz Toshkentdan poyezdga o'tirib Moskva va u orqali Parijga safar qilsangiz, yo'lingizda qozoq, tatar, boshqird, rus, belorus, mojor (venger) singari tillardagi so'zlashuvlarni eshitishga musharraf bo'lasiz. Eshitish jarayonida ayrimlarining ona tilingizga qandaydiryaqin, shu bilan birga nimasi bilandir farqli ekanligini, ayrimlarining esa tamomila boshqa, yaqin jihatlari umuman yo'qligining guvohi bo'lasiz.
Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko'p bo'lgan tillar qarindosh, bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari boimagan tillar esa qarindosh bo'lmagan tillar hisoblanadi. Masalan, o'zbek, qirg'iz, qozoq, tatar, uyg'ur, boshqird, ozarbayjon, qorachoy-bolqar kabi tillar qarindosh tillar sanaladi. Qarindosh kishilar bir ajdoddan tarqalgani kabi, qarindosh tillar ham bir bobo tildan kelib chiqqandir. Shuning uchun ham dunyo tillari qarindoshligiga ko'ra til oilalariga boiinadi. Til oilalarining nomlari bobo til nomi bilan yuritiladi. Masalan, slavyan tillari oilasi, german tillari oilasi, roman tillari oilasi, eroniy tillar oilasi, somiy tillari oilasi, turkiy tillar oilasi va boshqalar.
Bu til oilalarining har qaysisi o'z ichida yana kichik gu-ruhlarga bo'linadi. Xususan, turkiy tillar oilasi qipchoq tillari guruhi, o'g'uz tillari guruhi, qorluq tillari guruhiga bo'linadi. O'zbek va uyg'ur tillari qorluq guruhiga; qozoq, qoraqalpoq, qirg'iz, tatar, boshqird, xakas, yoqut, chuvash kabi tillar 
-1- 
qipchoq guruhiga; ozarbayjon, turkman, usmonli turk tillari esa o'g'uz guruhiga kiradi.
Ko'rinib turibdiki, o'zbek tili dunyo tillari tizimida o'zining muayyan o'rniga ega bo'lib, turkiy tillarning qor­luq guruhiga mansubdir
O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning tarixiy ahamiyati.
Sobiq Sho'rolar Konstitutsiyasida SSSR dagi barcha elat, xalq, millatlar va ularning tillari teng huquqli ekanligi ta'kidlangan bo’lsa ham, lekin amalda rus tili davlat tili edi. Barcha ish qog'ozlari, pochta, telegraf ishlari, turli darajadagi yig'ilishlar, qiirultoylar, simpoziumlar rus tilida olib borilardi. Rus tilini вilmaydigan shaxslar uzoqdagi qarindosh-urug'lariga, tanish-bllishlariga oddiy bir telegramma ham jo'nata olmas edilar. Bunday holat rus tilidan boshqa tillar qo'llanish doirasining cheklanishiga olib keldi va bu til vakillarining haqli ravishda noroziligiga sababchi bo'ldi.
1988-yildan boshlab o'zbek ziyolilari ham matbuotda o'zlarining qator maqolalari bilan tilimiz haq-huquqini tiklash, uni davlat tiliga aylantirish muammosini ko'tarib chiqdilar. Bu masalaga bag'ishlangan bir qancha anjumanlar bo'lib o'tdi. Nihoyat, 1989-yilning 21-oktabrida o'zbek tili O'zbekistonning Davlat tili sifatida rasman e'lon qilindi. Burning natijasida o'zbek tili respublikamizda o'tkaziladigan oliy darajadagi davlat anjumanlarida ham qo'llaniladigan, davlatning rasmiy hujjatlari yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga aylandi. Ana shu nuqtayi nazardan bu qonunning tarixiy ahamiyati kattadir. J «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingandan ikki yil vaqt o'tgach, respublikamiz hayotida katta o'zgarish ro'y berdi. Ajdodlarimizning asriy orzusi ro'yobga chiqdi. Mustaqillik qoiga kiritildi. Dunyoning bir yuz yigirmadan ortiq davlati mustaqil respublikamizni rasman e'tirof etdi va u bilan diplomatik munosabatlar o'rnatdi. O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Qisqa muddat ichida respublikamiz-ning jahon hamjamiyati o'rtasidagi obro'-e'tibori oshdi. O'zbek degan millat va uning milliy tili jahon jamoatchiligining diqqatini tortdi.
Ana shunday sharoitda mustaqillik qo'lga kiritilgunga qadar qabul qilingan «Davlat tili haqida»gi Qonunning ko'p moddalari o'z kuchini yo'qotdi yoki tahrirtalab bo'lib qoldi. Shuning uchun ham amaldagi Qonunni isloh qilish ehtiyoji paydo bo'ldi. Natijada 1995-yilning 21-dekabrida O'zbekiston Rcspublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasi «Davlat tili haqida»gi Qonunning yangi tahririni qabul qildi.
Yangi tahrirdagi Qonunning muhim jihati shundaki, unda o'zbek tilining bugungi jahon hamjamiyatidagi mavqeyi hisobga olindi. Bu Qonunda O'zbekiston Respublikasining demokratik, tinchliksevar siyosati o'zining aniq ifodasini topdi. O'zbek tili O'zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu narsa respublika hududidagi boshqa tillarning faoliyat ko'rsatishi, rivojlanishi, O'zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarining o'z ona tillarida erkin aloqa qilishlari uchun aslo monelik qilmaydi. Qonunning 2-, 4-, 6-, 10-, 14-moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoya qilinadi. Bu esa yangi Qonunning naqadar xolis ekanligini ko'rsatadi.
Topshiriq. Matnni o'qing, unda ilgari surilgan fikr haqida bahs uyushtiring.
O'tmishini unutgan xalq qullikka mahkumdir
Har bir xalq hozirgi darajasiga yetgunga qadar juda katta taraqqiyot bosqichini bosib o'tgan. Bundan o'zbek xalqi ham mustasno emas.
Markaziy Osiyo hududlarida azaldan yashab kelgan o'g'uz, qipchoq, uyg'ur, nayman, uyshin, barlos, yuz, qirq, ming kabi ko'plab qabilalar o'zbek xalqining shakl-lanishida muhim o'rin tutgan.
Otashzabon shoir Turdi Farog'iy:
— Tor ko'ngullik beklar, «man-man» demang, kenglik qiling,
To'qson ikki bovli o'zbek yurtidir, tenglik qiling, —deb yozganida o'zbek xalqining tashkil topishida 92 urug' vakillari ishtirok etganligini nazarda tutgan edi.
Darhaqiqat, O'zbekistonning qayeriga borsangiz, dar-xon, kenagas, jaloyir, bahrin, nayman kabi joy — urug' nomlariga duch kelishingiz mumkin. Bu nomlar shu joylarda muayyan qabila vakillarining yashab o'tganligidan aks-sado berib turadi.
Birgina «qipchoq» atamasini olib ko'raylik. Qipchoq-mahalla, Qipchoqqishloq, Qipchoqovul, Qipchoqariq singari nomlar har bir tumanda,
hatto har bir jamoa xo'jaligida mavjud. Bu nom o'zbek xalqining shakllanishida qipchoq qabilalarining munosib o'rin tutganligidan dalolat
berib turibdi. Bu gapni o'g'uz, qorluq-chigil-uyg'ur qa-bilalariga nisbatan ham aytish mumkin.
Naql qiladilarki: «0'tmishini unutgan, avlod-ajdodlarini bilmagan kimsalarning quldan farqi yo'q». Aziz o'quvchi! Xalqimizning kechmishini, uning tarixini puxta bilib olish-ga intiling. Zotan, kelajak Sizdan shuni talab qilmoqda.
Jamiyat oilalardan tashkil topganidek, tillar ham turli-tuman oilalarga bo'linadi. Til oilalari shu oilaga asos bo'lgan til nomi bilan yuritiladi. O'zbek, uyg'ur, qirg'iz, qozoq kabi tillarning turkiy til deyilishiga sabab shuki, ularning ham-masi qadimgi turkiy tildan ajralib chiqqan. Demak, hozirgi barcha turkiy tillar (o'zbek, uyg'ur, qirg'iz, qozoq, turk-man, ozarbayjon, usmonii turk, tatar, xakas, yoqut va boshq.) uchun qadimgi turkiy til umumiy til (bobo til) sanaladi.
Hozirgi turkiy tillarning shakllanish tarixini ko'pchilik olimlar bir necha davrlarga bo'ladilar. 1. Oltoy davri. 2. Eng qadimgi turk davri. 3. Qadimgi turk davri. 4. O'rta turk davri (hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllani-shi hamda rivojlanishi davri) va boshqalar.
Mutaxassislarning fikricha, turkiy tillar qadimda mo'g'ul va tungus-manjur tillari bilan birgalikda bitta oilani tashkil etgan va bu til oltoy tili deb atalgan. Keyinchalik oltoy tili tarmoqianib ketgan. Afsuski, bu davrdan xabar beruvchi yozma yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan, Iekin qadim­gi turkiy til davriga oid bir qancha yozma manbalarga egamiz. O'rxun-enasoy, uyg'ur (qisman moniy), sug'd yozuvlari shular jumlasidandir. Mazkur yozuvlar hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiy sanaladi.
Qoraxoniylar sulolasi hukmronligida-gi o'zlarining davlatlarini tashkil etdi.
Qoraxoniylar Sirdaryo havzalari hamda Somoniylarga qarashli boigan Buxoro va Samarqandlarga ham o'z ta'sirini o'tkazadi. Qoraxoniylar davlati mayda uyg'ur qabilalarini hamda Sirdaryo va Amudaryo oralig'idagi turk-eron aholisi yashaydigan madaniy yerlarni o'ziga bo'ysundirgan holda X asr oxirlarida islom dinini qabul qilib, Markaziy Osiyoning eng madaniy turk davlatiga aylandi.
Qoraxoniylar tomonidan ikki rivojlangan madaniy markazning sharqda uyg'ur madaniyatining va g'arbda, Markaziy Osiyoda, turk-eron madaniyatining birlashtirili-shi uning yozma madaniyatida ham o'z ifodasini topdi. Qoraxoniylar davrining eng asosiy adabiy va lingvistik yodgor-liklaridan biri Mahmud Koshg'ariyning «Devonu Iug'atit-turk» nomli qomusiy asaridir. Bu asar turkiy tillarning o'sha davrdagi fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, dialektal xu-susiyatlari haqida to'la ma'lumot beruvchi qimmatli man-badir. Shu bilan birga turkiy xalqlarning xalq og'zaki ijodi namunalarini aks ettirgan yirik badiiy asardir.
Mahmud Koshg'ariy tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarning bir necha guruhlarini tasniflab, ular o'rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni aniqlagan holda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik deb nomlanuvchi tilshunoslik yo'rialishiga asos soldi.
Qoraxoniylar davrining ikkinchi yirik yozma yodgorli-gi — bu Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilik» («Baxt kel-tiruvchi bilim») asaridir. Bu asar yirik badiiy-tarbiyaviy asar bo'lib, turkiy adabiyot tarixida juda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, Xo'ja Ahmad Yassaviyning hikmatlari, Ah­mad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq» asarlari shu davr-ning eng buyuk adabiy durdonalaridir.
Qoraxoniylar davri adabiy tili hozirgi Markaziy Osi-yodagi barcha turkiy tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo'lgan til sanaladi va shuning uchun bu davr tili ko'pchilik turkiyshunoslar tomonidan eski turkiy tii deb yuritiladi.
Mahmud Koshg'ariy Chindan tortib to Rumga qadar yashagan turkiy qabilalar haqida shunday deb yozadi:
— Turklar aslida yigirma qabiladir. Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha urugiari bor. Men bulardan asosiy-larini — ona urugiarini yozdim, shaxobchalarini tashladim.
«Devonu lug'atit-turk»dagi ma'lumotlarga qaraganda, o'sha davrda bajanak, qipchoq, o'g'uz, boshqird, basmil, yabaqu, tatar, qirg'iz, chigil, tuxsi, yag'mo, ig'raq, uyg'ur kabi turkiy qabilalar tili umumturkiy adabiy tilni tashkil qilgan. Ulardan «eng yengili — o'g'iz, eng to'g'risi, yaxshi-si — yag'mo, tuxsi, eng ochiq, ravon til — haqoniy o'lkasida yashovchilarning tili» ekanligi ta'kidlangan.
Eski turkiy til eski o'zbek tilining shakllanishi va rivojida muhim o'rin tutgan. 

Eski o'zbek adabiy tili


Qoraxoniylar davri adabiy tili o'zbek tilining shakllani-shi uchun ham asos bo'ldi. Bu davrdagi ikki adabiy til an'anasi sharqiy (qorluq-uyg'ur) adabiy tili va g'arbiy (qipchoq-o'g'uz) adabiy tili o'zbek tilining shakllanishida xizmat qildi.
Xususan, g'arbiy til an'anasida yozilgan Qui Alining «Qissai Yusuf» dostoni (1239-yil) hamda sharqiy til an'anasida yozilgan Rabg'uziyning «Qisasi Rabg'uziy» (1309—1310) asarlari o'zbek adabiy tilining shakllangan davrini ifoda etuvchi badiiy asarlardir. A. Borovkovning e'tirof etishicha, «Tafsir» (XIII asr) tili eski o'zbek tilining yorqin namunasidir.
«0'g'uznoma», «Tafsir» (Qur'onning so'zma-so'z tar-jimasi, izohlar, sharhlar, tushuntirishlar), Qutbning «Xus-rav va Shirin», Sayfi Saroiyning «Guliston», Xorazmiy-ning «Muhabbatnoma» asarlari eski o'zbek tilida yaratilgan dastlabki namunakrdir.
Arab, fors-tojik tillariga xos boigan fonetik, leksik va grammatik xususiyatlar eski o'zbek tiliga kp'plab o'zlashdi. Bu davrda o'zbek qabilalari boshqa
qabilalarga nisbatan si-yosiy hayotda yetakchilikni o'z qoilariga ola boshladilar.
O'zbek atamasi tarixda ilk bor XII asrda Rashididdin-ning «Mo'g'ulIar tarixi» asarida atoqli ot ma'nosida tilga olinadi. Jaloliddin Manguberdining qo'shin boshliqlaridan biri O'zbektoy deb atalgan.
O'zbek degan so'zning «o'ziga bek», «otliq qo'shin», «sod-da», «to'g'ri», «insofli», «saxiy», «odamoxun», «diltortar», «suyukli» kabi ma'nolari ham
mavjud. O'zbek atamasining unga qadar ishlatilgan turk, sart, chig'atoy singari atamalarga nisbatan tilimizda barqaror bo'lib qolishi Shayboniyxon boshchiligidagi o'zbek urug'larining Markaziy Osiyoda o'troqlashuvi, hokimiyatni o'z qo'llariga olishi bilan bog'liq.
O'zbek tilining takomillashuvida Atoiy, Sakkokiy, Lut-fiy singari o'nlab, yuzlab so'z ustalari xizmat qilgan bo'lsalar, Mavlono Alisher Navoiy uning obro'yini dunyoga tanitdi. Navoiy davri va Navoiygacha boigan davrda o'zbek tili turk lafzi, turkiy til nomi bilan yuritilgan. XVI asrdan o'zbek urug'larining nomi butun xalqning nomiga aylanib ketdi. Shuningdek, o'zbek tili mo'g'ullar bosqinidan so'ng shu yerga egalik qilgan Chig'atoy nomi bilan, rus bosqini davrida esa ruslar tomonidan sart tili nomi bilan ham yuritilgan.
Eski turkiy tildan ajralib to hozirgi o'zbek tilining shakl-lanishigacha (XX asr boshlarigacha) bo'lgan o'zbek tili eski o'zbek tili deb nomlanadi.
Demak, eski o'zbek tili XII—XIII asrdan to XX asrning boshlarigacha bo'lgan o*zbek tili tarixini o'z ichiga oladi va juda katta yozma manbalarni o'zida mujassam etadi.
Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Turdi Farog'iy, Boborahim Mashrab, Zokirjon Holmuhammad o'g'li Furqat, Muhammad Aminxo'ja Muqimiylarning eski o'zbek tilini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishda xiz-matlari katta. Ayniqsa, bu borada Alisher Navoiy ulkan ishlar qildi. U o'zbek tilini xazina deb bildi. Bu xazinaniilonlar va tikonlar o'rab turganligini
ta'kidladi. Navoiy eski o'zbek adabiy tilini ana shu «ilon»lardan va «tikon»lardan tozalab berdi.
Eski o'zbek adabiy tili hozirgi o'zbek adabiy tilining vujudga kelishida muhim
O’zbek tilining tovush tizimi.Nutqiy faoliyat.Tovushlarning farqlovchi va birlashtiruvchi belgilari
Nutqimizni bo'laklarga ajratadigan bo'lsak, uning oxirgi bo'linish nuqtasi tovushlar bo'Iadi. Masalan, O'zbekiston — jannatmakon o'lka jumlasi O'zbekiston, jannatmakon, o'lka so'zlariga, bu so'zlar o'z navbatida O'z-be-kis-ton, jan-nat-ma-kon, o'l-ka bo'g'inlariga, bo'g'inlar esa O'-z-b-e-k-i-s-t-o-n j-a-n-n-a-t-m-a-k-o-n o'-l-k-a singari to-vushlarga bo'iinadi. Bo'linishning oxirgi nuqtasi bo'lgan, boshqa mayda bo'laklarga bo'lish mumkin boimagan nutq bo'lagi (akustik-artikulatsion birlik) tovush hisoblanadi va u bilan bog'liq hodisalar tilshunoslikning fonetika boiimida o'rganiladi.
Fonetika so'zi yunoncha phone «tovush» so'zidan olingan.

Inson doio o'zini qurshab turgan olamni bilishga in-tiladi. Kishilarning barcha faoliyati markaziy asab sistemasi yordamidaboshqariladi. Olamni bilishjarayoni markaziy asab sistemasiga turli sezgi a'zolarimiz (tana, ta'm-maza, ko'rish, eshitish kabi sezgi a'zolari) yordamida uzatilgan axborot orqali amalga oshiriladi.


Tana, ta'm-maza, ko'rish, eshitish kabi sezgi a'zolari orqali olamni bilish vositasi barcha jonzotlarga xos xususi-yatdir. Inson jonzotlarning eng oliy shakli sifatida ularga nisbatan yana bir qo'shimcha bilish vositasiga — nutq or­qali bilish qobiliyatiga ega.' Birinchi bilish vositalarini mash-hur ruhshunos
P. Pavlov birinchi signal sistemasi, ik-kinchisini esa ikkinchi signal sistemasi deb nomlagan.
Ko'rinadiki, inson ikkinchi signal sistemasiga egaligi bilan boshqa jonzotlardan ajralib turadi, shuning uchun ham hazrat Alisher Navoiy barcha maxluqotlarning zoti sharifi inson ekanligini ta'kidlaganlar,
Har bir shaxs ma'lum bir jamiyat vakili sanaladi. Jami-yat a'zolari o'zaro doimo aloqada boiadilar. Biri obyektiv olamda o'z sezgi a'zolari orqali his etgan ma'lum narsa va hodisa haqida boshqalariga tovush toiqinlari (yozma nutqda esa harflar ketma-ketligi) yordamida axborotni yetkazadi. Axborot uzatuvchi — so'zlovchi, eshituvchi esa tinglovchi sanaladi. Tinglovchi olamdagi narsa va hodisaning umum-lashgan obrazini so'zlovchi uzatgan tovush signallarini eshitish sezgi a'zosi yordamida markaziy asab sistemasida tiklaydi. 


Yüklə 59,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə