Optik tolali lazerlar? Ularning kristallarning xossalariga ta’sirini o’rganish


Yarimo‘tkazgichli nanotizilmalarning optik xususiyatlari



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/29
tarix21.10.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#130622
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat

1.3. Yarimo‘tkazgichli nanotizilmalarning optik xususiyatlari 
Nanotuzilmalar va nanoklasterlar muhim optik va elektro‘tkazuvchanlik 
xususiyatiga ega. Nanometrik o‘lchamli bilan kata o‘lchamli qattiq jism holatlari 
oralig‘ida zaryad ko‘chish jarayonlari bir-biridan farq qiladi. Nanometrik 
o‘lchamda alohida sathda electron holati kata o‘lchamli qattiq jismlarda uning 
erkin yugirish yo‘li e‘tiborga olinadi. Bashqacha aytganda, nanotuzilmaning 
xossasi matrisadagi klasterlar bilan izohlanadi. Ularda zarrachaning holati ma‘lum 
bir spektrga ega. Bu ular asosida ma‘lum bir yorug‘lik diapazonidagi diodlar
ularning to‘lqin uzunligini boshqarish orqali turli lazerlar olish imkonini beradi. 
Bundan tashqari, optik aylantirgichlar uchun nochiziqli optik nanotuzilmalar olish 
mumkin. 
Metal va yarimo‘tkazgichlar optik xossalari bilan bir-biridan tubdan faq 
qiladi. Ularda Fermi sath, valentlik va o‘tkazuvchanlik zonalari turlicha 
joylashgan. Bularga bog‘liq holda metal va yarimo‘tkazgichli nanoklasterlarda yuz 
beradigan o‘lchamli effektlar ham bir-biridan farq qiladi. Yarimo‘tkazgichlarda 
asosan electron xossalari ko‘p o‘rganilgan. Kremniy va germaniy nanozarrachasi 
yarimo‘tkazgich hisoblanmaydi. Si
n
nanozarrachasi geliy dastasi bilan lazerli 
bug‘lantirilganda kremniy asosida hosil bo‘ladi.
Foton energiyasi yarimo‘tkazgich taqiqlangan zona kengligi energiyasiga 
tenglashishi yoki undan ortishi bilan electron-kovak juftlik hosil bo‘ladi. Electron 
va kovak bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘chadi. Ba‘zi hollarda Kulon o‘zari 
ta‘sir tufayli electron va kovak birga saqlanib qolib, yangi elektrik jihatdan neytral 
yangi turdagi kvazizarra ekistonlarini hosil qiladi. Ekistonlar moddaning 
elektro‘tkazuvchanligiga ta‘sir qilmaydi. Chunki, ular elektr zaryadiga ega 
bo‘lmaydi.
Yarimo‗tkazichlar fizikasining hozirgi zamon taraqqiyotiga nazar solsak, ayni 
paytda asosiy izlanishlar murakkab zonali yarimo‗tkazgichlardan hosil qilingan 
ko‗p qatlamli geteroo‗tishlarga qaratilgan. Buhol, tabiiyki, yarimo‗tkazich 
texnologiyasiga qay daraja bog‗liq bo‗lsa, uning fizikasiga ham shu darajada 


25 
bog‗liqdir. Bunday geteroo‗tishlarda kechadigan elektronli fizik jarayonlari 
o‗lchamli kvantlashgan o‗rachalar yoki o‗ta panjarali yarimo‗tkazichlar fizikasi 
yordamida tushuntirish mumkin. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə