Optik tolali lazerlar? Ularning kristallarning xossalariga ta’sirini o’rganish


 Optik tolalar va ularning, tuzilishi, fizik xususiyatlari



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/29
tarix21.10.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#130622
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat

2. Optik tolalar va ularning, tuzilishi, fizik xususiyatlari 
Optik tola – shaffof materialdan ya‘ni, oyna, plastikda iborat bo‘lib, 
yorug‘likni uzatish uchun qo‘llaniluvchi ip hisoblanadi (1.5-rasm). U fan va 
texnika taraqiyotidagi muhim yutuqlardan biri hisoblanadi. U yorug‘likni o‘zining 
ichidagi atom yoki molekulalar yordamida uzatadi. Hozirgi kunda optik tolalar 
turli ma‘lumotlarni uzatishda keng qo‘llaniladi. Bunday usulda ma‘lumotlarni 
uzatish o‘tgan asrning 50 yillarida taklif etilgan. Lazerlarning kashf etilishi optik 
tolalar imkoniyatlarini yanada oshirdi. Oynali optik tolalar kvars oynalar asosida 
tayorlanadi. 
Infraqizil 
nurlarni 
uzatishda 
bashqa 
materiallar, 
ftorsirkon, 
ftoralyuminiy va xalkogen oynalardan foydalaniladi. Hozirgi kunda plastik turdagi 
optik tolalar ishlab chiqildi. Uning asos ichki qismi polimetilmetakrilat, sirto esa 
ftor polimer materiallardan iborat. Quyida optik tolalarning ishlash prinsipini 
ko‘rib chiqaylik. 


20 
1.5-rasm. 
Optik tolalarning ishlash prinsipi 
Uzoq masofalarga yorug‘likni uzatishda ularning quvvatini asrash 
muhimdir. Uzatish jarayonida isrofni kamaytirish uchun birinchidan, nurning 
sochilish jarayonida optik shaffoflikni oshirish zarur. Bunda yutilish minimum 
qiymatga ega bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, nur yo‘nalishi troyektoriyasini to‘g‘ri 
tanlash lozim. Bularga bog‘liq holda, birinchi vazifa yuqori tozalikdagi 
texnologiyani qo‘llagan holda sof kvars oynadan foydalanish maqsadga muvoffiq. 
Ikkinchi vazifa optik qonunlarni to‘g‘ri qo‘llash orqali amalga oshiriladi. 
Yorug‘likning 
to‘la 
qaytish 
effektiga 
asosan 
nurlanishni 
manbadan 
istemolchigacha erkin harakatlanadi. Biroq, buning uchun turli zichliklarga ega 
bo‘lgan ikkita yopiq sistema kerak bo‘ladi. Ko‘p hollarda bunday yopiq ikki 
sistema sifatida turli zichliklarga ega bo‘lgan kvars oynalar qo‘llaniladi. To‘lqin 
nisbatan zichroq bo‘lgan sistemada uzatiladi. Bu holatni batafsil tushunish uchun 
optik tola tizilishini ko‘rib chiqaylik (1.6-rasm). 
Uning o‘zagi zichligi nisbatan yuqoriroq bo‘lgan oyna (1) bo‘lib, u yorug‘lik 
uzatuvchidir. U nisbatan zichligi kichikroq bo‘lgan oyna bilan (2) qoplangan. Unda 


21 
signallar to‘la qaytadi. Mexanik ta‘sirlardan saqlash uchun ularning sirti maxsus 
qoplama (3) bilan qoplanadi.
1.6-rasm.
Nurni istemolchiga yetib borishini ta‘minlash uchun manbadan nur ma‘lum 
burchakda yo‘naltiriladi. Bunday holda to‘liq qaytish effekti yuz berib nazariy 
jihatdan nur signallari to‘liq iatemolchiga yetib boradi. Biroq, amalda nurning 
ma‘lum foizi sinishi kuzatiladi. Bu birinchidan, manbadan yorug‘likni bunday 
uzatishni amalga oshirish qiyin. Ikkinchidan, nazariy talabga javob beradigan optik 
tolani tayorlash murakkabligidir. Uchinchidan, optik kabelni bunday to‘ri chiziqda 
joylashtirib bo‘lmaydi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə