Optik tolali lazerlar? Ularning kristallarning xossalariga ta’sirini o’rganish


Nochiziqli optik metodlar va ularning fizik mohiyati



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/29
tarix21.10.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#130622
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat

Nochiziqli optik metodlar va ularning fizik mohiyati
Optik metodlar yordamida mikro- va nanotuzilmalarni o‗rganishning samarali 
usullaridan biri nochiziqli optik metod hisoblanadi [15, 18]. Bu metod ham 
o‗rganilayotgan modda hajmidan qaytgan nurlar signallarini taxlil qilishga 
asoslangan. Nochiziqli optik metod yuqori vakuum sharoitida olib boriladi. Bu 
metod 
moddadan qaytgan nurlarining ikkilangan chastotada tarqalishiga 
asosalangan. Nurlar dastasi modda hajmida yutilganda turli yo‗nalishlarda 
tarqalishi mumkin. Nurlar dastasining kristal sirtiga tushishi va uning hajmida 
tarqalishi sxemasini 2.4 – rasmdagidek tasavvur qilish mumkin.
Nurning modda sirtiga tushgan hamda uning hajmida tarqalishini asosan uch 
qismga bo‗lish mumkin. Sirtga tushayotgan nur uyg‗otuvchi nur bo‗lib, sirtdagi 
namunaning atomar yoki molekulyar tuzilmalari bilan o‗zaro ta‘sirlashadi. Modda 
hajmidagi yutilgan nurlar bo‗ylama hamda ko‗ndalang holatlarda tarqaladi. Nur 
dastasining modda hajmida turli yo‗nalishlarda tarqalishi va qaytishi moddaning 


49 
atomar yoki molekulyar tuzilishiga bog‗liq. Bu jarayonda ularning to‗lqin 
uzunliklari va chastotalari o‗zgaradi.
Nochiziqli optik metodda nurlar manbasi sifatida elektron va ion nurlar 
dastasida keng foydalaniladi. Bu nurlar moddalarning turli xossalarini o‗rganishda 
qo‗llaniladi. Dastlab, elektron nurlar dastasidan foydalanish va uning 
mexanizmlarini ko‗rib chiqaylik.
2.4 – rasm. Nurlar dastasining moddada tarqalish sxemasi.
2.5 – rasmda moddaga yuborilgan elektron nurlarining sochilishini 
ifodalovchi 
sxema 
keltirilgan. 
Mikroskoplarda 
elektron 
nurlar 
dastasi 
qo‗llanilganda asosan quyidagi fizik jarayonlar yuz beradi. Manbadan moddaga 
yo‗naltirilgan nurlar birlamchi elektronlar hisoblanadi. Moddaga elektron nurlar 
dastasi tushishi hisobiga katod nurlanish vujudga keladi. Atom yoki molekulalar 
bilan o‗zaro ta‘sirlashgan birlamchi elektron nur dastalari turli ko‗rinishda 
tarqaladi. Modda sirtidan qaytgan elektronlar ikkilamchi elektronlar hamda rentgen 
nurlarini hosil qiladi. Birlamchi elektronlarning ma‘lum bir qismi modda hajmida 
yutilishi hotto uni teshib o‗tishi ham mumkin. 
Moddalarning tuzilishi va morfologiyasini o‗rganishda ion nur dastalaridan 
foydalanish ham samarali usullardan biri hisoblanadi. 2.6 – rasmda moddadan 
qaytgan nurlarning sxemasi tasvirlangan Ion nurlar dastasi modda atom yoki 


50 
molekulalar bilan o‗zaro ta‘sirlashganda emissiya jarayonlari yuz beradi. Bunda 
qaytgan nurlar bir – biridan emissiya hodisalariga mos holda farqlanadi. Emissiya 
hodisalari modda tarkibidagi atomar yoki molekulyar bog‗lanishlarga bog‗liq. 
Yuqorida, nurlar dastasining modda hajmidagi atom yoki molekulalar bilan o‗zaro 
ta‘siri haqida aytib o‗tgan edik. Biroq, nurlar dastalarining atom yoki molekulalar 
bilan o‗zaro ta‘siri mexanizmlari ochiq qolgan edi. Quyidagi bandda bu 
mexanizlarni ko‗rib chiqaylik.
2.5 – rasm. Skaner qiluvchi elektron nur mikroskopining sxemasi. 
 


51 
2.6 – rasm. Ion nur dastalaridan foydalanish sxemasi 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə