Optika 1-Laboratoriya ishi yorug’likning qaytish va sinish qonunlarini o’rganish



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə6/45
tarix28.11.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#134143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Optika labaratoriya

ISHNING BAJARILISH TARTIBI

1. Buyum bilan ekran orasiga linzani shunday joylash­tiringki, bunda shkalali ekranda strelkasimon tirqishning va to’rning ancha kattalashgan aniq tasviri hosil bo’lsin, so’ngra linza va ekranning vaziyatini aniqlang.


2. Buyumning kattaligini chizg’ich yordamida o’lchang.
3. Ekran shkalasidan tasvir kattaligini aniqlang.
4. Tasvir bilan linza orasidagi masofani o’lchang.
5. (2.5) formula yordamida yig’uvchi linzaning bosh fo­kus masofasini toping va tajribani 7-10 marta takrorlang.
6. Linzaning optik kuchini aniqlang.
7. Absolyut va nisbiy xatoliklarni hisoblang.
8. Natijalarni 3-jadvalga yozing.
3-jadval

Tajriba nomeri

d, m

f, m

F, m

D, dp



2-mashq. Botiq linzaning fokus masofasini aniqlash


Kerakli asbob va materiallar: sochuvchi linza, masofani o’lchovchi asbob (shkalalangan uzun chizg’ich), yorug’lik man­bai, yig’uvchi linza, optik taglik.


ISHNING BAJARILISH TARTIBI

1. Optik taglikka chizg’ichni gorizontal o’rnating.


2. Optik taglikka yoritgich, yig’uvchi linza va yarim shaffof ekranni o’rnating va ekranni surib, unda strelka­simon tirqishning aniq tasvirini hosil qiling.
3. Ekran vaziyatini chizg’ich yordamida aniqlab oling va ekranni chapga-o’ngga surib, yana shu ishni 7-10 marta takror­lang.
4. Ekranni chapga surib, ekran bilan qabariq linza ora­siga botiq linzani 7-rasmda ko’rsatilganidek kiriting va tirqishning yaqqol tasvirini hosil qiling. Bunda botiq linza ekranning dastlabki (3-punkt) vaziyatidan biroz o’ng­rokda bo’lishiga erishing.
5. Linza va ekranning vaziyatlarini chizg’ich shkala­sidan aniqlang va linza yoki ekranni surib, tajribani 7-10 marta takrorlang. Ekranning ikkinchi vaziyati (7-rasm), E nuqtani topib EС=a, DC=b larni aniqlang va
(2-6)
(2-6) formuladan botiq linzaning fokus masofasini to­ping.

7-rasm. Botiq linza fokus masofasini aniqlash
7. Olingan natijalarni 4-jadvalga yozing va o’lchash xatoli­gini baholang.

4-jadval.



Tajriba nomeri

A, m

b, m

F, m

D, dp



ESLATMA: botiq linza uchun G’ manfiy ekanligini (2.6) formulani chiqarishda hisobga oling.



Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə