Optika 1-Laboratoriya ishi yorug’likning qaytish va sinish qonunlarini o’rganish



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə5/45
tarix28.11.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#134143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Optika labaratoriya

ASBOBNING TAVSIFI

Gorizontal holatda joylashtirilgan optik taglik ustida surgichlarga mahkamlangan ko’rish trubasi, linza, shkalali ekran va maxsus g’ilofli yoritgich bemalol sil­jiydigan qilib o’rnatilgan bo’ladi. Maxsus tirqish g’ilofning old devorida bo’lib, bu tirqish g’ilof ichiga o’rnatilgan elektr lam­pochka yordamida yoritiladi. Bu tirqishga ixtiyoriy shaklga ega bo’lgan ob’ekt o’rnatiladi va linza yordamida uning tasviri hosil qilinadi. Bu ishda biz strelka shaklidagi predmetdan foydalanamiz. Tasvirni fokuslash, aniqli­gini oshirish uchun tirqishga to’r tutiladi, to’r oldiga esa xromatik aberratsiyani susaytirish uchun yorug’lik filtri (odatda, qizil rangda bo’lgan parda) o’rnatiladi. To’rning markaziy qismlaridagi kataklarni aniqroq fokuslash mum­kin. Aniqlash kerak bo’lgan kattaliklar buyumdan linzagacha bo’lgan masofa d, linzadan tasvirgacha bo’lgan masofa f, optik taglikka o’rnatilgan shkalaning (masshtabli) chizg’ichiga qarab topiladi. Zarur bo’lganda bunday taglik va optik sistemani yoritgich bo’lganda laboratoriyada qo’lda yasash mumkin.


1-mashq. Yig’uvchi linzaning bosh fokus masofasini aniqlash

Linzaning bosh fokus masofasi ikki xil usulda aniqlanadi. Uni linza bilan buyum va linza bilan tasvir orasidagi masofalarga qarab aniqlash mumkin. Ma’lum­ki, yig’uvchi linzaning bosh fokus masofasi (2.3) formula yordamida topiladi.


Kerakli asbob va materiallar: yig’uvchi linza, optik skamya yoki darajalangan chizg’ich, taglikka o’rnatilgan lam­pochka, ekran, o’lchov lentasi, pasaytiruvchi transformator.


ISHNING BAJARILISH TARTIBI

1. Strelkali karton o’rnatilgan yoritgichni optik skamyaning bir tomoniga, ekranni esa ikkinchi tomoniga o’rnating. Ular orasiga linzani qo’ying.


2. Lampani yoqing va linzani optik skamya bo’ylab su­rib, ekranda buyumning aniq tasvirini hosil qiling.
3. Buyumdan linzagacha va linzadan ekrangacha bo’lgan d va f masofalarni o’lchang.
4. (2.3) ifodadan foydalanib, linzaning bosh fokus ma­sofasi F ni hisoblang.
5. Buyum va ekran orasidagi masofani o’zgartirib, taj­ribani 7-10 marta takrorlang.
b. Bosh fokus masofaning o’rtacha qiymatini, absolyut va nisbiy xatolikni hisoblang.
7. Tajriba natijalarini 2-jadvalga yozing.
2-jadval

Tajriba nomeri

d, m

f, m

F, m

D, dp

Fokus masofani buyum va uning tasviri kattaligiga hamda linza bilan tasvir orasidagi masofaga qarab ham aniqlash mumkin. Quyidagi belgilashni kiritamiz: buyumning kattaligi l, tasvirning kattaligi L, buyumdan linza­gacha bo’lgan masofa d, linzadan tasvirgacha bo’lgan masofa f bo’lsin. 6-rasmdan bu kattaliklarning o’zaro quyidagi muno­sabatini olamiz:


(2.4)
(2.4) ifodadan d ni aniqlab, uni (2.2) formulaga qo’ysak, bu uchta kattalik orqali F ning quyidagi ifoda­sini topish mumkin:




Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə