Optika 1-Laboratoriya ishi yorug’likning qaytish va sinish qonunlarini o’rganish



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə8/45
tarix28.11.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#134143
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Optika labaratoriya

ISHNING BAJARILISH TARTIBI


Kerakli asbob va materiallar: ko’rish trubasi, milli­metrli chizg’ich, romb yoki strelka shaklidagi tirqish, lupa, yoritish lampasi, millimetrli qog’ozdan tayyorlangan ekran.
1-mashq. Kattalattirishni masshtabli chizg’ich vositasida aniqlash
1. Ko’rish trubasini maxsus taglikka o’rnating va uni gorizontal holatga keltiring.
2. Ko’rish trubasidan bir necha (4-6) metr uzoqqa mas­shtabli lineykani vertikal holda o’rnating va ko’rish trubasini unga to’g’rilang.
Z. Bir ko’zingiz bilan ko’rish trubasi orqali chizg’ichni kuzating va aniq tasvirini hosil qilib oling.
4. Ikkinchi ko’zingizni ochib, u bilan bir vaqtda chizg’ichni kuzating va ko’rish trubasini jildirib, tasvir­ni chizg’ich shkalasi bilan ustma-ust tushirishga erishing.
5. O’ng ko’zingiz bilan truba orqali qarab va chap ko’z bilan to’g’ridan-to’g’ri chizg’ichga qarab turib, chizg’ichdagi n ta bo’limni tasvirdagi kattalashgan n ta bo’lim bilan solish­tiring va ularning har ikkisini ham sanab yozing (10-rasm).
6. Chizgichdagi N ta va tasvirdagi n ta bo’laklarning qiymatini (3.3) formulaga qo’yib, kattalashtirishning qiymatini aniqlang.
7. O’lchashni 7-10 marta takrorlang va olingan natija­larni 5-jadvalga yozing va o’lchash xatoligini baholang.
5-jadval



n

N

K



2-mashq. Kattalashtirishni tirqish va millimetrli ekran vositasida aniqlash

1. Ko’rish trubasini cheksizlikka sozlang. Buning uchun uzoqdagi biror buyumni tanlab oling. Masalan: dera­zadan ko’rinib turgan uzoqdagi simyog’och shunday buyum vazi­fasini o’tay oladi.


2. Ko’rish trubasi ob’ektivini chiqarib, ehtiyot qilib olib qo’ying va uning o’rniga oldindan tayyorlab qo’yilgan romb shaklidagi tirqishni o’rnating. Bunday tirqishni kartondan o’zingiz tayyorlang.
3. Millimetrli ekranni vertikal holda o’rnating va ko’rish trubasini unga qaratib, biron masofada joylashti­ring.
4. Lupani shtativga o’rnatib, yoritish lampasini ko’rish trubasining okulyariga to’g’rilab qo’yilgan holda, rombning aniq tasvirini ekranda hosil qiling.
5. Romb dioganallari ekrandagi tasvirining kattalik­lari l1 va l2 ni aniqlang.
6. Romb tirqishi diagonallarining o’lchami L1 va L2 ni aniqlang.
7. formula yordamida ko’rish truba­sining kattalashtirishini aniqlang.
8. O’lchashlarni 7-10 marta takrorlab, olingan nati­jalarni 6-jadvalga yozib boring va o’lchash xatoliklarini baholang.
6-jadval





L1

L2

l1

l2

K






















Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə