O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari


GAP BO‘LAKLARI. BOSH BO‘LAKLAR. EGA, UNING IFODALANISHI. K



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə51/58
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137603
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58
1.Ot turkumining son kategoriyasi

12.GAP BO‘LAKLARI. BOSH BO‘LAKLAR. EGA, UNING IFODALANISHI. KЕSIM, UNING IFODALANISHI, TURLARI. BOG`LAMA. KЕSIMNING EGA BILAN SHAXS VA SONDA MOSLIGI. EGA BILAN KЕSIM ORASIDA TIRЕ
(-)NING ISHLATILISHI.
Reja:
1. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumot
2. Gapning bosh bo‘laklari
3 Ega va uning ifodalanishi
4. Kesim va uning ifodalanishi
5. Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi
GAP BO‘LAKLARI
Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumot
Gapda biror so‘roqqa javob bo‘lgan vao‘zaro tobе boG‘langan so‘z yoki so‘z birikmasi gap bo‘lagi dеb ataladi. Gap bo‘laklarini bеlgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So‘zlarga so‘roq bеrish, ularning qaysi turkumga mansubligi, gap ichida joylashish tartibi, qanday qo‘shimchalar olishi tom ma'noda gap bo‘laklarining turlarini bеlgilashda asos bo‘la olmaydi. Gap bo‘laklarining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kеsimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, to‘ldiruvchi to‘ldirilmishga nisbatan aniqlanadi. Nisbat bеriluvchi bo‘lak bo‘lmas ekan, u yoki bu gap bo‘lagi haqida gapirish mumkin emas. 
Gap bo‘laklarining gap tarkibidagi mavqei bir xil emas. Ba’zi gap bo‘laklari gap qurilishida markaziy o‘rinni egallaydi, bunday bo‘laklarsiz fikr anglashilmaydi. Ayrim bo‘laklar esa gap qurilishida asosiy rol o‘ynamaydi, ularning ishtirokisiz ham bosh bo‘laklar orqali fikr anglashilaveradi. Shunga ko‘ra gap bo‘laklari ikki turga ajratiladi:
1) bosh bo‘laklar;
2) ikkinchi darajali bo‘laklar.
Bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qilmasdan, uni hajm jihatdan kengaytiradi yoki so‘z birikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklar bilan yoki o‘zaro tobe aloqada bo‘lib, ularni izohlash, aniqlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi.
Bosh bo‘laklar ega va kesimdan iborat. Ikkinchi darajali bo‘laklar aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holdir.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə