O‘quv dastur


O‘quv dasturi umumiy talablari



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə2/174
tarix11.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#145962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174
O‘quv dastur-fayllar.org

1. O‘quv dasturi umumiy talablari

Dastur nomi


O‘zbek tili


Ajratilgan soat


40

Mavzular soni

20

Dasturning maqsadi

Ixtisoslik ta’lim yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalardan tashqari kundalik muloqot bilan bog‘liq hamda ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni o‘z ichiga oladigan mavzularga ham e’tibor qaratish. Amaliy mashg‘ulotlarda leksik mavzular,jonli muloqotlar o‘z fikrini mustaqil yozma va og‘zaki nutq orqali ifodalay olish,so‘z va iboralarning tarjimasi,talaffuzi va ixtisosligiga oid so‘z boyligi hamda zarur til ko‘nikmalarini egallashga o‘rgatish.


O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari


Akademik yozuv va lug‘at bilan ishlash, o‘zbek tilidagi inson organizmini ifodalovchi so‘zlar va tibbiy atamalardan unumli foydalana oladilar;


tibbiy matn mazmunini ochib berish, unda ishlatilgan tibbiy terminlarni izohlay oladilar;
odam anatomiyasini o‘zbek tilida tasvirlash, o‘zbek tilida tibbiy mavzularda erkin muloqotga kirisha oladilar.

Bilim

O‘qish sohasida: turli uslubiy ko‘rinishdagi matnlarni o‘qib, mazmunini tushinish, kerakli ma’lumotlarni olish, o‘qib chiqilgan manba asosida reja, tezis, annotasiya tuzish.
Tinglash sohasida: nutqni eshitish va dialogda qatnashib, unga munosib javob qaytarish, eshitish davomida berilgan ma’lumotni reja, chizma, rasm sifatida ajrata olish.
So‘zlash sohasida: o‘zlashtirilgan mavzuning mazmun mohiyatini og‘zaki nutqda yetkaza olish, o‘z fikrlarini mustaqil bayon eta olish, tibbiy adabiyotlarga annotasiya, rezyume, referat tuzish.
Yozma nutq sohasida: tibbiy matnlarni rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qila olish.

Ko‘nikma


O‘zbek tilida ravon so‘zlay olish, mustaqil fikrini og‘zaki va yozma nutq orqali erkin ifodalay olish;


so‘z va iboralarni tarjima qilish, tibbiy atamalar va ixtisoslikka oid so‘z boyligini oshirish;
zarur til ko‘nikmalarini egallash, o‘zbek tili grammatikasidan unumli va to‘g‘ri foydalanish;
imlo qoidalaridan amaliyotda to‘g‘ri foydalanish.

O‘quv rejasnga muvofik o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi


Kasbiy faoliyatda rus tili, kasbiy faoliyatda xorijiy til, anatomiya,fiziologiya va patalogiya, hamshiralik ishi.


O‘qitishning tashkiliy shakli


N -nazariy ta’lim;


A -amaliy ta’lim;
NA -birgalikda tashkil etilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
MX -maxsus xonalarda mashg‘ulot.

Dasturga qo‘yilgan talab


Majburiy


O‘qitish tili




O‘zbek tili

Baholash tartibi


Joriy baholash tartibiga asoslanib


O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash


Yozma,og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshiriq





Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə