O'quv ishlari bo’yicha prorektor



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə21/36
tarix11.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#146446
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
ЮТИБ Лаборатория дафтари lotincha 2

5-laboratoriya ishi


Mahalliy yo‘nalishlarda – temir yo‘lining bir uchastkasida joylashgan stansiyalar orasidagi tarif masofalarini aniqlash


Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga mahalliy yo‘nalishlarda – temir yo‘lining bir uchastkasida joylashgan stansiyalar orasidagi tarif masofalarini aniqlashni o‘rgatish, bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish.
Tarif masofalarini aniqlash uchun, uchta (1, 2 va 3) kitobdan iborat bo‘lgan №4 Tarif qo‘llanma [2], [3] va [4] laridan foydalaniladi.
Agar jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalar temir yo‘lining bir uchastkasida joylashgan bo‘lsa (5.1-rasm), tarif masofa №4 Tarif qo‘llanmani 1-kitob [2] dagi jo‘nash-kelish jadvalining 4 yoki 5-grafasidan aniqlanadi. Buning uchun 2-kitob [3] ning temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxatidan yukni jo‘natatuvchi va tayinlangan stansiyalari qidirib topiladi. Har bir stansiyaning qarshisida temir yo‘lining nomi, 1-kitobdagi jo‘nash-kelish jadvalining betlari (Страница) va qatorlari (Строка), tranzit punktlarni (uzel stansiyalarni) nomi va ulargacha bo‘lgan masofa hamda ushbu stansiyaning kodi ko‘rsatilgan.
1-kitobda ko‘rsatilgan betidagi jo‘nash va kelish jadvalidan yukni jo‘natatuvchi va tayinlangan stansiyalarini qidirib topib, ular qaysi uchastkalarda va qaysi uzel (tranzit punkt)lar o‘rtasida joylashganligi aniqlanadi. Jo‘nash-kelish jadvalida (3-grafa) uzelning nomi keltirilgan. Temir yo‘lining bir uchastkasida joylashgan jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalar orasidagi tarif masofa jo‘nash-kelish jadvalining 4 yoki 5-grafasida ko‘rsatilgan yukni jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalardan uzel stansiyalarigacha bo‘lgan masofalarning ayirmasiga teng bo‘ladi.

dh = ℓAh – ℓAd, km







5.1-rasm. Temir yo‘lining bir uchastkasida joylashgan stansiyalar orasidagi tarif masofalarini aniqlash chizmasi

bu yerda AB– temir yo‘l uchastkasi;


A, B – uzel stansiyalari (tranzit punktlar);
d – jo‘natuvchi stansiya;
h – tayinlangan stansiya;
Ad – A uzel stansiyasidan d jo‘natuvchi stansiyagacha bo‘lgan masofa;
Ah – A uzel stansiyasidan h tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan masofa;
dh – d jo‘natuvchi stansiyagacha h tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan masofa;

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə