O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev


Tergovchiga erkin hikoya qilib berish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə104/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

Tergovchiga erkin hikoya qilib berish:
-so’roq qilinuvchining shaxsi, intellektual qobiliyati, tabiati va boshqa sifatlari, shuningdek, ish holatlaridan xabardorlik darajasi, so’roqda ochiqlik va xolisligi to’g’risida xulosa chiqarish;
-shu shaxsdan olinishi kutilayotgan ma’lumotlarga qo’shimcha ravishda bosh­qa muhim axborotlarga ega bo’lish;
-olingan ma’lumotlarga aniqlik kiritish imkonini beradi.
Tergovchi so’roq qilinuvchining erkin bayonini ting­laganidan so’ng, u o’ziga ma’­lum barcha ma’lumotlarni aytganligiga ishonch ho­sil qilgach, tergov uchun mu­him bo’lgan masalalar yuzasidan savollar berishi kerak.
Savollar maqsadga qarab asosiy, aniqlashtiruvchi, yo’naltiruvchi va nazorat savollariga bo’linadi. Ayrim shaxslar tashqi ta’sirga beriluvchan bo’lishi, haqiqiy holatni buzib yoki ko’pirtirib ko’rsatishi mumkinligi sababli yo’naltiruvchi savollar berilishiga yo’l qo’yilmaydi.
So’roq qilinuvchining ko’rsatmalarini tahlil qilish va tanqidiy baho berish lozim.
Amaliyotda so’roq davomida ko’rsatmalarga baho berishning bir necha usullari mavjud:
-so’roq qilinuvchiga ko’r­satma berayotgan holatlarini qanchalik darajada bilishini aniqlash imkonini beruvchi aniqlashtiruvchi va nazorat savollarini berish;
-so’roqda olingan ma’lumotlarni dalillar va tezkorqidiruv materiallari bilan solishtirish;
-bir holat yuzasidan so’roq qilinuvchi turli vaqt­larda bergan ko’rsatmalarni taqqoslash (agar, shaxs haqiqatni yashirgan bo’lsa, ko’rsatmalari o’rtasida qarama-qarshiliklar mavjud bo’ladi).
Tergovchining vazifasi to’planayotgan ma’lumotlarning haqiqiyligini ta’minlashdir. Chunki xatoga yo’l qo’yish jamiyat uchun, ayrim fuqarolar uchun og’ir oqibat keltirib chiqaradi.
So’roq natijalarining bayonnomada to’liq va xolis qayd etilishi daliliy axborotlarni saqlashning muhim sharti hisoblanadi. Bayonnomada so’roq bilan bog’liq barcha holatlar (qachon, qayerda, kim tomonidan, qaysi vaqtda, kimni, qanday holatda, kimlar ishtirokida, huquq va burchlari tushuntirilganligi va h.) to’liq, aniq, to’g’ri va xolis qayd etilishi shart.
Bunda yo’l qo’yilgan juz’iy xato ham muhim dalilni yo’qqa chiqarishi mumkin. Masalan, so’roq vaqti, joyi va kimlar qatnashganligi bayonnomada to’g’­ri aks ettirilmagan bo’lsa, har qanday kuchli dalil ham sud tomonidan ishonchga sazovor emas deb baholanishi mumkin.
So’roq jarayonida berilayotgan savollar va ularga javoblar so’zmaso’z yozilishi shart. Ammo amaliyotda ko’pincha «Berilgan savolga javob» tarzida savolning o’zi umuman yozilmasdan faqatgina javobning qisqacha mazmunigina yozilib jiddiy kamchilikka yo’l qo’yiladi. Bunda savolning mazmuni, shakli va qaysi maqsadda berilganligi noaniq bo’lib qoladi.
So’roq jarayonida kriminalistik texnika va vositalarni samarali qo’llash juda muhimdir, ammo muayyan prosessual va texnik murakkabliklar ularni keng qo’llash imkoniyatini cheklab ham qo’yadi.
So’roq qilinuvchining ko’rsatmalari ish uchun juda muhim bo’lganda, masalan, tergov qilinayotgan jinoyat bo’yicha jiddiy fakt va holatlar aniqlanayotganida, so’roq qilinuvchi o’zining haqqoniy ko’rsatmasini o’zgartirishi xavfi mavjud bo’lsa, shaxs sudga kela olmay qolishi mumkin bo’lsa ovoz yozish, videotasvirga olish texnikalarini qo’llash maqsadga muvofiq.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə