O’quv materiallari ( ma’ruzalar t o’plami )


 – mavzu. Demokratik jamiyat barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə26/30
tarix11.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#145558
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va-fayllar.org

12 – mavzu. Demokratik jamiyat barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat 

birlashmalarining o’rni.

REJA: 
1.Demokratik jamiyat barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va 
birlashmalarining asosiy vazifalari.
2.O’zbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda nodavlat 
notijorat tashkilotlari va birlashmalarining ahamiyati.
3. Demokratik jamiyat barpo etishda jaoat tashkilotlari va birlashma- 
larining roli.
Nodavlat notijorat tashkilotlar dastlab jamiyatni o’zini o’zi boshqarishi va uni mustaqil 

ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta’minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi.


XX asr o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim va 
asosiy institutlaridan biriga aylandi. Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va
mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy 
institutlaridan biri ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni o’rganishga ehtiyoj sezilmoqda.
Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi to’g’risidagi tasavvurlar nodavlat notijorat 
tashkilotlarni chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi.
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi (2002 yil 29-30 avgust) mamlakatda fuqarolik 
jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sessiyadagi mamlakat Prezidenti


I.A.Karimov «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik


jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari»ga doir ma’ruzasi adolatli demokratik 
jamiyat qurishning kontseptual nazariy asoslarini yanada boyitdi. Ayniqsa, Prezident
I.A.Karimovning quyidagi fikr va mulohazalari mamlakatda fuqarolik jamiyati barpo etishning eng 
asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini belgilab berdi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish fuqarolik
jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat 
tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda,
bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. 
Hammamizga ayonki, bu yo’nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog’liq ko’p masalalarni hal
qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat 
tashkilotlariga o’tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalambor, davlatning iqtisodiy
sohaga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini 
cheklash lozim»
1

Mamlakatda XX asr boshlarida “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” kontseptual siyosiy


dasturni amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, markaziy davlat organlarining ayrim 
vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, o’zini o’zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlariga
bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlari boshlandi. Bu 
sohada quyidagi yo’nalishlarda islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda:
-birinchidan, jamiyat a’zolarining ongi, irodasi, madaniyati, ma’naviyati va bilimi yuksak 
darajada bo’lishiga erishish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiga alohida e’tibor berish;
-ikkinchidan, jamiyat a’zolarining manfaatlari uyg’unlashuvi jarayonlarini shakllantirish, jamiyat 
manfaatlarini shaxsiy manfaatlar bilan mushtarakligiga erishish;
-uchinchidan, jamiyatning takomillashuvi va yangilanishi uchun kuchli va real siyosiy, iqtisodiy, 
madaniy imkoniyatlarni shakllantirish;
-to’rtinchidan, jamiyat a’zolari va tuzilmalari o’rtasidagi hamkorlik asosida jamiyatning umumiy 
manfaatlarini uyg’unlashtirish;
-beshinchidan, jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar ta’sirini 
kuchaytirish, ularga ongli ravishda bo’ysunish amaliyotini vujudga keltirish;
-oltinchidan, siyosiy hokimiyatning o’z vazifalarini to’liq bajarishiga kengroq va qulayroq 
imkoniyatlar yaratish, siyosiy hokimiyatga nisbatan jamiyat a’zolari ishonchini kuchaytirish, uning
aholi tomonidan keng va faol qo’llab-quvatlanishiga erishish kabi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi. 
Mamlakatda kuchli demokratik jamiyat barpo etish maqsadlarida davlat hokimiyati vakolatlarini
kamaytirish, ya’ni, davlat hokimiyati tasarrufida asosan konstitutsion tuzumni, mamlakatning 
mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofaa qobiliyatini
ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat 
erkinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi
vazifalarni qoldirish ko’zda tutilmoqda.

Shuningdek, strategik ahamiyatga molik masalalar, muhim iqtisodiy va xo’jalik masalalari, pul


va valyuta muomalasi bo’yicha qarorlar qabul qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining 
huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, ekologiya masalalari, umumrespublika transport va
muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab 
chiqarishni barpo etish masalalari davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha
vazifalarni bajarishga doir vakolatlari esa mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolar o’zini o’zi 
boshqarish organlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlariga berib borish jarayonlari boshlandi.
Shuningdek, davlat organlari faoliyatini nazorat qilish vakolatlari ham asosan o’zini o’zi boshqarish 
organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish belgilandi.
O’zbekistonda davlat mustaqilligi e’lon qilingan dastlabki yillardan boshlab, mamlakat
Prezidenti I.A.Karimov boshchiligidagi hukumat fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat kurish
1
Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуєурлаштириш ва фуєаролик жамияти 

асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари.. «Халқ сўзи», 2002, 30 август.




maqsadlaridan kelib chiqib, nodavlat notijorat tashkilotlarni demokratik tamoyillar asosida isloh


etishga muhim e’tibor berib kelmoqda. 
“-qonun ustuvorligini, hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud tarmoqlari o’rtasida
muvozanatni, ulardan har birining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash; 
-xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan printsiplari va normalari asosida inson huquqlari va
erkinliklari kafolatlarini ta’minlash; 
-siyosiy hayotning, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini izchil erkinlashtirish;
-nodavlat notijorat, jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa demokratik institutlari 
yanada mustahkamlanishi hamda rivojlantirilishi uchun kafolat va sharoitlarni ta’minlash;
-fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini har tomonlama mustahkamlash va davlat 
hokimiyati markaziy organlarining vakolatlarini joylardagi boshqaruv organlariga bosqichma-
bosqich o’tkazish, ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlikni 
ta’minlovchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoat nazorati mexanizmini shakllantirish va
kuchaytirish”. 
Mustaqillik davrida mamlakatda demokratik jamiyat qurishning huquqiy asoslari yaratildi.
Konstitutsiyaning g’oyalari, maqsadlari, ruhi, uning har bir qoidasi BMTning «Inson huquqlari 
umumjahon Deklaratsiyasi», asrlar mobaynida ilg’or va etakchi mamlakatlarda shakllangan
demokratik qadriyatlar, milliy davlatchilik, shuningdek, bir necha ming yillardan buyon avloddan 
avlodga meros bo’lib kelayotgan ìèëëèé va sharqona davlat va jamiyatni adolatli idora etish,
mamlakatni boshqarishda xalqning ham bevosita ishtirok etishi an’analarini o’zida 
mujassamlashtirdi.
Milliy mustaqillikning dastlabki davridayoq mamlakatda fuqarolik jamiyati qurish va uning 
muhim institutlari bo’lgan nodavlat notijorat tashkilotlarning erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari
uchun huquqiy asoslar yaratildi. Konstitutsiyaning alohida «Jamoat birlashmalari» bobi 
respublikada fuqarolik jamiyati va ko’p partiyaviylik tizimini qaror toptirish uchun ham huquqiy,
ham amaliy jihatlardan shart-sharoitlar yaratdi. Unga binoan jamoat birlashmasi, kasaba 
uyushmalari, siyosiy partiyalar kabi tushunchalarga huquqiy aniqliklar kiritiladi. Endi ular
demokratik talqinlar asosida ta’riflana boshlandi. Ayniqsa, Konstitutsiyaning 58-moddasidagi 

Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, 




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə