Ayni vaqtda dars o‘zining mazmuni, metodlari va tashkil etilishi bilan
o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, ularda ilmiy dunyoqarashni, g‘oyaviy
e’tiqodni, shaxsiy ma’naviy sifatlarni shakllantirib katta tarbiyaviy qimmatga ega
bo‘lishi zarur.
Darsda o‘quvchilarni tarbiyalash, o‘qitish,
rivojlantirish, ijodiy kamol
toptirish, ularga ta’lim berish bilan birgalikda va o‘zaro aloqada amalga oshirmog‘i
kerak. Bu musiqa darsi o‘quvchilarning mamlakat kelajak istiqboli har tomonlama
rivojlangan komil insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazishiga bog‘liq ekanligi
bugungi kunda sir emas. Buni har bir pedagog aniq va ravshan his qilishi zarur.
Xalqni
buyuk
kelajak
va
ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish,
mamlakatimizda yashaydigan millati, tili, dini va e’tiqodidan
qatiy nazar har bir
fuqaroning yagona vatan baxti uchun doimo masuliyat sezib yashashga chorlash
ajdodlarimizning bebaho merosi va an’analarimizga munosib bo‘lishga erishish,
komil insonlarni tarbiyalash milliy istiqlol g‘oyasining bosh maqsadidir.
Umumta’lim maktablarining asosiy vaziyatlaridan nafosat olamiga olib
kirish va ma’naviy tarbiya berish. Musiqa darslarining mazmunida faqatgina
o‘zlashtirish emas, balki o‘quvchilar ongini,
voqelikka munosabatini
rivojlantirish, estetik madaniyatini tarkib toptirish va boshqa ichki his-
tuyg‘ularning shaklan tuzilishi nazarda tutiladi. O‘qituvchining darsga ijobiy
tarzda yondashishi muhim ahamiyat kasb etadi va qancha vazifalarni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘yadi:
-
musiqa tarbiyasida yangi metod va vositalar izlaydi.
-
hayot va san’at o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ifodalaydi.
Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda o‘qituvchi jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi,
o‘z ustida tinmay ishlashi, ya’ni bilim saviyasini oshirishi uchun ilmiy
adabiyotlar, teatr, muzeylarga borib ongini oshirish yo‘llarini
takomillashtirib
borishi lozim.
Xulosa qilib aytganda musiqa o‘qituvchisi cholg‘u asbobini jozibali chalsa,
qo‘shiqni yoqimli kuylasa, musiqa janrlari va kompozitorlar haqidagi hikoyalari
bolalani maftun etsa, 45 daqiqalik darsda o‘zini o‘qituvchilik
rolini qoyilmaqom
qilib ijro etsa, har qanday vaziyatda bolalar bilan ijodiy va ijobiy munosabatlar
o‘rnatib, bolalar qalbiga yo‘l topa olsa, bunday o‘qituvchi bolalar mehriga
muyassar bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: