O`quvchilarning ovqatlanish gigienasi


O`quv binosi, jihozlari va obodonligiga bo`lgan gigienik talablar



Yüklə 288,5 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü288,5 Kb.
#161989
1   2   3   4   5
OVQATLANISH GIGIENASI

2. O`quv binosi, jihozlari va obodonligiga bo`lgan gigienik talablar.
O`quv binosi transport qatnovi katta bo`lgan yo`l yaqiniga, shovqin, tutun va chang chiqariladigan zavod, fabrika va boshqa kinoteatr, bozorlardan uzoqroqda qurilishi kerak.
SHahar joylarida maktab bilan o`quvchilarning uyi o`rtasidagi masofa 1-1,5 km dan oshmasligi kerak. Qishloq joylarida esa bu masofa 3-5 km dan oshgan bo`lsa maxsus transport ajratilishi kerak.
Umumiy o`rta ta`lim maktab yer uchastkasining sathi kamida 1,7-3,0 gektar bo`lishi kerak. Atrofdagi yer sathiga nisbatan maktab joylashgan joy biroz balandroq bo`lsa yomg`ir suvlarining oqib ketishiga qulaylik tug`iladi. Bu joyning tuprog`i quruq bo`lmog`i kerak.
O`quv binosi bilan ko`cha o`rtasida 15-20 m kenglikda manzarali daraxtlar ekiladi. Bu uchastka himoya zonasi deyiladi. U o`quv binosini ko`cha shovqini, shamol va changdan to`sib turadi.
Axlat to`planadigan yashik, hojatxona va xo`jalik zonasi o`quv binosidan 25 m masofada joylashishi kerak.
Sinf xonasi tarkibidagi karbonat angidrid miqdori 0,07-01 protsentdan oshmasligi kerak, aks holda talabalar nerv sistemasining tez charchab qolishiga va o`zlashtirishining pasayishiga sabab bo`ladi. Harorati 16-180 S, nisbiy namlik 40-60 % ga teng bo`lishi kerak.
Xona jixozlari: parta, doska va boshqalar talabalarning yoshiga moslashgan bo`lishi kerak. Bu narsa yoshlarni mashg`ulotlar bajarishi uchun qulay bo`ladi, uning gavdasi, ko`krak qafasi, umurtqa pog`onasi normal taraqqiy etadi.
O`quv maskanlarida fizika ximiya laboratoriya kabinetlari 1 yoki 2 o`rinli stol -stullar bilan jihozlanadi. Stol elektr shtepsellari, gaz va suv krani bilan ta`minlanadi. Havoni tozalab to`rish uchun murili shkaf bilan ta`minlanishi kerak.
Har bir talaba yoshni uyida dars tayyorlash uchun maxsus ajratilgan burchagi bo`lishi kerak. Bu burchak derazaga yaqin joylashgan bo`ladi. Stol ustida 60-70 vatt quvvatga ega bo`lgan elektr lampasi bo`lib, u yashil soyabon bilan qoplangan bo`lishi kerak. Deraza va lampa yorug`ligi chap tomondan tushgani ma`qul.
Ovqatlanish gigiyenasi-gigiyenaning tarmog'i,sog'lom odamning to'fi va bekamu ko'st ovqatlanish muammolarini o'rganadigan fan.Uning mustaqil bo'limi diyetologiya bemorlar ovqatini o'rganadi va parhez ovqatlar tarkibini ishlab chiqadi.Go'daklik davridagi ovqatlanishni o'rganish ham ovqatlanish gigiyenasining mustaqil bo'limidir.
O vqatlanish gigiyenasi odamning ovqatlanishini jins,yosh,kasb,mehnat xarakteri,jismoniy zo'riqish,iqlim sharoiti,milliy va boshqa xususiyatlari,turli hududlardagi aholi ovqatining miqdori va sift tomonlariga bog'lab o'rganadi va kishilarning mehnat sharoitiga qarab oziq moddalarga ehtiyojini belgilab beradi.Ovqatlanish gigiyenasi korxonalarning jamoalari,maktablardagi,maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va boshqa muassasalarning bolalar jamoalari uchun rational ovqat ishlab chiqish,umumiy ovqatlanish va ovqat sanoati korxonalarida oziq-ovqat masalliqlarini zararli moddalar qo'shilishidan saqlashga doir ta'sirli sanitariya nazorati usullarini ishlab chiqish,ovqat sanoati,savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini loyihalash kabilar ovqatlanish gigiyenasining amaliy vazifalaridir.
O vqatlanish gigiyenasi o'z tadqiqotlarida kimyo, mikrobiologiya, fiziologiya, stomatologiya, iqlimshunoslik va boshqa fanlarning ilmiy ma'lumotlariga tayanadi.O'zbekiston Respublikasida ovqatlanish gigiyenasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni respublika diyetologiya markazi, ToshTIning ovqatlanish gigiyenasi kafedralari,shuningdek,sanitariya gigiyena ilmiy tadqiqot instituti,laboratoriyalari va bo'limlari,don,go'sht va sut,konserva va sabzavot quritish ,konditer sanoati va boshqalarning nazorat tarmoqlari olib boriladi.
Bolalar va o'smirlar gigiyenasi-gigiyenaning bir sohasi. Go'dasohasi.Go'daklikdan boshlab to 17-18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarning salomatligini saqlash va mustahkamlash masalalari bilan shug'ullanadi.Hayot sharoiti,o'quvtarbiya va mehnatning o'sayotgan organizmning kamol topishi va salomatligiga qanday ta'sir qilishini o'rganish va shunga asoslanib,yosh avlodning sog'lom o'sishiga hamda har tomonlama to'g'ri rivojlanishiga yordam beradigan gigiyena tadbirlarini ishlab chiqish bolalar va o'smirlar gigiyenasi vazifasidir.
Bolalar va o'smirlar sog'lig'ini o'rganish va saqlashda biologik va ijtimoiy omillar,tashqi music hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va o'smirlar organizmiga ta'sirini o'rganish talab etiladi. Har bir yoshga oid kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash va kasalliklarning oldini olish chora tadbirlarini belgilash va hayotga tatbiq etish imkonini beradi.Hozirgi yosh avlodning sog'lig'ini belgilangan muddatda tekshira borish bilan birga antropantropometrik usullarni qo'llash orqali ularning jismoniy rivojlanishi aniqlanadi.
Katta yoshli odam uchun 1 kecha kunduzda o'rta hisobda 100 Gramm yog' kerak.Iste'mol qilingan yog'ning 70-75%hayvon,25-30%o'simlik yog'idan iborat bo'lishi shart.6 oylikdan 4yoshgacha bo'lgan bolalarning har kg vazniga 3,5-4gr ,maktabgacha yoshda2-2,5gr yog' zarur Yog'lar yetishmaganda bola ozib ketadi ,ortiqcha qabul qilinganda esa oziq moddalar va oqsillarni o'zlashtirish buziladi.
Zaharlanish bakterial va bakteriyasiz turlarga bo'linadi .Bakterial zaharlanish turiga salmonella kiradi.Zaharlanish belgilari:bir kun o'tgach o't pufagi atrofida og'riq paydo bo'ladi,qusadi,ich ketadi,bosh og'riydi,Teri shipshape,sovuq ter bosadi.
Botulizm kasaligi Tabiatda keng tarqalgan botulinum tayoqchasi bilan zararlangan ovqatni iste'mol qilish orqali odam o'to'tkir zaharlanadi.Bir necha soat o'tgach zaharlanish belgilari paydo bo'ladi:muscular bo'shashadi,ko'zi yaxshi ko'rmaydi,og'zi quriydi,nutqi buziladi,nafas olish qiyinlashadi,bemor halok bo'lishi mumumkin.
Tananing gigienasi haqida hamma biladi. Ovqatlanish gigienasi haqida-chi? Ushbu tushuncha oziq-ovqat mahsulotarini saqlash, tayyorlash va iste’mol qilishning bir qator qoidalarini o’z ichiga oladi. Ovqatlanishda gigienik bo’lish va zaharlanish yoki ifloslanish ehtimolini oldini olish nimani anglatishi haqida batafsil bilib oling.

Yüklə 288,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə