O`quvchilarning ovqatlanish gigienasi


OVQATLANISH GIGIENASI NIMA?



Yüklə 288,5 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü288,5 Kb.
#161989
1   2   3   4   5
OVQATLANISH GIGIENASI

OVQATLANISH GIGIENASI NIMA?


Ovqatlanish gigienasi gigiena fanining kichik bo’limidir. Bu oziq-ovqat mahsulotlarining inson salomatligi va rivojlanishiga ta’siri, organizmning to’yishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlarni oldini olish, iste’mol qilinadigan oziq-ovqatning foydasini oshirish va insonning jinsiy, yosh va konstitutsion xarakteristikasidan kelib chiqib uning ovqatlanish xususiyatlarini o’rganadi.
Aynan «ovqatlanish gigienasi» yo’nalishining rivojlanishi natijasida shifobaxsh va to’g’ri ovqatlanishni o’rganadigan dietologiya kabi fan yuzaga kelgan.
Ovqatlanish gigienasining asosiy talablari:

  1. Sutkalik ratsionning energetik qiymati va kun davomida energiya sarfi miqdori tengligi (sarf miqdori kishining yoshi, jinsi, turmush tarzi va kasbiga bog’liq).

  2. Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat proportsiyalari va organizmning xususiyatlari mos kelishi. Ovqatlanishning asosiy komponentlari (oqsil, yog’lar va uglevodlar) nisbati o’rtacha 1 : 1 : 4 bo’lishi kerak, ko’p jismoniy faollikda 1 : 1 : 5, aqliy faoliyat mehnat bilan shug’ullanuvchilarda 1 : 0,8 : 3.

  3. Sog’likka zarar keltirmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish (kimyoviy moddalar va boshqalarsiz).

  4. Ovqatlanishlarni kun davomida taqsimlash — optimal variant 4-5 soatlik intervallar bilan kuniga 4 marta ovqatlanish. Bunda nonushta sutkalik ratsionning 25 foizini, tushlik — 35%, ikkinchi tushlik — 15% va kechki ovqat — 25 foizini tashkil etishi kerak.

  5. Sanitariya-epidemiologiya normalari nuqtai nazaridan ovqatlanishning bexatarliligiga rioya qilish.

NIMA SABABDAN OVQATLANISH GIGIENASIGA RIOYA QILISH MUHIM?


Atrofimizdagi dunyo, shu jumladan iste’mol qiladigan taomlar, biz uchun doimo foydali va xavfsiz bo’lmasligi mumkin bo’lgan ko’p sonli mikroorganizmlar bilan to’la. Ularning aksariyati agar buning uchun qulay sharoitlar mavjud bo’lsa ko’payishi va kuchli zaharlar ishlab chiqarishi mumkin, bu zahar oziq-ovqat bilan birgalikda organizmga tushganda inson salomatligiga juda salbiy ta’sir ko’rsata oladi. Bunday mikroorganizmlar bakteriyalar, achitqi zamburug’lari va mog’or hisoblanadi.

Yüklə 288,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə