Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences



Yüklə 131,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix28.11.2023
ölçüsü131,15 Kb.
#136645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
budjet-tashkilotlarida-buxgalteriya-hisobi-va-hisobotini-xalqaro-standartlar-asosida-takomillashtirish

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
919 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
foydalanish davri davomida ularning xizmat kilish muddatiga mutanosib ravishda 
eskirish hisob lanib, bu eskirish summasi xarajatlarga amortizatsiya sifatida qo’shib 
boriladi.
Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, davlat sektorida kassa metodiga 
asoslangan buxgalteriya hisobi yuritilganda sodir bo’lgan hodisalar bo’yicha pul 
mablag’iaoining kelib tushishi yoki pul mablag’la-rining tulanishchi paytida tan 
olinsa, davlat sektorida xisoblash metodiga asoslangan buxgalteriya hisobi 
yuritilganda esa sodir bo’lgan hodisalar aktivlarning qiymati va majburiyatlarning 
summasi paydo bo’lgan yoki ularning iqtisodiy qiymati o’zgargan paytda tan olinadi.
Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining hisoblash metodida aktivlarning 
sof qiymatini ko’paytiruvchi hodisalar daromadlar deb, aktivlarning sof qiymatini 
kamaytiruvchi hodisalar esa xarajatlar deb tan olinadi.
Davlat boshqaruv sektorining aktivlari sof qiymati hamda ular faoliyatining 
natijalari bo’lib davlat boshqaruv sektorining aktivlari kiymati bilan majburiyatlari 
summasi o’rtasidagi farq hisoblanadi.
Hisoblash metodi – buxgalteriya hisobida sodir bo’lgan barcha operatsiyalar va 
boshqa hodisalar, ular sodir bo’lgan paytda qayd etiladigan (pul mablag’lari va uning 
ekvivalenti kelib tushgan ѐki to’lanishidan oldin) buxgalteriya hisobi metodi.
Hisoblash metodi moliyaviy hisobotlar ular oldiga qo’yilgan maqsad va 
vazifalarni bajarishi uchun hisoblash usuli bo’yicha tuzilishi kerak. Bu usulga binoan, 
voqea va hodisalar ular ro’yobga chiqarilishi bilanoq tan olinishi (pul to’langani yoki 
olinganida emas) va moliyaviy hisobotda ular amalga oshirilgan davrda aks ettirilishi 
kerak. Hisoblash tamoyiliga binoan tuzilgan hisobot nafaqat o’tgan voqea xodislar
balki tashkilotning uzishi kerak bo’lgan majburiyatlari, olishi kerak bo’lgan iqtisodiy 
resurslari haqida ma’lumotlar beradi. Shunday qilib, foydalanuvchilar iqtisodiy 
qarorlar qabul qilishi uchun muhim axborotni taqdim etish imkoniyati paydo bo’ladi.
Hisoblash usulidagi Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari 
hisoblash (moliyaviy hisobotlar ular oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarni bajarishi 
uchun hisoblash usuli bo’yicha tuzilishi kerak) hamda faoliyatni uzluksizligi 
(moliyaviy hisobot odatda tashkilot faoliyat ko’rsatyapti va operatsion faoliyatini 
bundan keyin ham davom ettiradi degan taxmin asosida tuziladi) tamoyillariga 
asoslangan.
Hisoblash usuliga asoslangan moliyaviy hisobot tarkibi:
moliyaviy holati haqida hisobot;
faoliyatning moliyaviy natijalari haqida hisobot;
sof aktiv/kapital o’zgarishi xaqida hisobot;



Yüklə 131,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə