Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences



Yüklə 131,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix28.11.2023
ölçüsü131,15 Kb.
#136645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
budjet-tashkilotlarida-buxgalteriya-hisobi-va-hisobotini-xalqaro-standartlar-asosida-takomillashtirish

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
916 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Ma’lumki, budjet tushinchasi keng qo’llaniladigan tushunchalardan biri 
hisoblanadi. Shunday ekan eng avvalo Budjet tushinchasiga aniqlik kiritib olishimiz 
zarur. Budjet - maqsad uchun mo’ljallangan pul jamg’armasi bo’lib unda daromadlar 
va xarajatlar manbaalari va yo’nalishlari nazarda tutiladi. Shu jihatdan oila Budjeti, 
korxona Budjeti, davlat Budjeti, davlat jamg’armalari Budjeti va boshqalar bo’lishi 
mumkin. Hisob – jarayon, hodisalarni miqdor jihatdan tavsiflash sifat jihatdan aks 
ettirishdir. Hisobni ham bir qancha turlarga ajratish mumkin, ya’ni tezkor hisob, 
statistik hisobi, buxgalteriya hisobi va boshqalar. Hisobni tashkil etish asosida 
axborotlar shakllantiriladi. Bu axborotlar jarayonni borishini nazorat qilishga
boshqaruv qarorlarini qabul qilishga, joriy va uzoq muddatli rejalar tuzishga asos 
bo’lib hizmat qiladi.
Budjet hisobi - Budjet tizimi Budjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda 
ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va 
majburiyatlarni o’zgartiruvchi operatsiyalarning holati to’g’risidagi axborotni 
to’plash, ro’yxatdan o’tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir.
Budjet hisobi standarti – Budjet hisobini yuritishga belgilangan talablarni aks 
ettirgan hujjatdir.
Budjet hisobi standarti milliy hamda xalqaro standartlarga bo’linadi.
O’zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi” ga muvofiq Budjet hisobini yagona 
uslubiyoti Budjet hisobining xalqaro standartlariga, shuningdek boshqa qonun 
hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari (DSBHXS) – davlat 
sektoridagi tashkilotlarda (davlat ishtirokidagi tijorat korxonalaridan tashqari) yuqori 
sifatda jahon standartlari asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish bo’yicha xalqaro 
miqyosda umumqabul qilingan qoidalardir.
Budjet ijrosi jarayonida aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur 
aktivlar va majburiyatlarni o’zgartiruvchi operatsiyalarning holati to’g’risidagi 
axborotni to’plash, ro’yxatdan o’tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan 
tizimi bo’lgan Budjet hisobini yuritishga qo’yilgan yagona talab Budjet hisobi 
standartlari belgilaydi.
Jumladan Budjet tashkilotlarida hisob siyosatini shakllantirishga qo’yiladigan 
talablar, hisob ob’ektlar (asosiy vositalar, zaxiralar va boshqalar) ni tan olish 
me’zonlari, baholash, hisobotlarda aks ettirish me’yorlarini belgilab beradi.
Budjet hisobi standartlarining bo’limlari quyidagilardan iborat:
- Hisob ob’ekti - Hisob ob’ektini aniqlash, umumiy tushinchalar;



Yüklə 131,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə