Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 68,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix27.12.2023
ölçüsü68,54 Kb.
#161885
1   2   3   4   5   6
so-z-birikmasi-moslashuvli-so-z-birikmasi-haqida-ba-zi-mulohazalar

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Grammatika morfologiya va sintaksisni o‘z ichiga oladi. Morfologiya so‘zning 
strukturasini: so‘z formalarini, ularning hosil bo‘lish yo‘llarini, so‘zning nutqda 
o‘zgarish qoidalarini belgilaydi – so‘zlarning morfema sostavini va leksik-grammatik 
katergoliyalarini, so‘z turkumlarini o‘rgatadi. Morfologiya odatda so‘z yasalish 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 12 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1244 
w
www.oriens.uz
December
2022
 
masalalarini ham tekshiradi; sintaksis esa so‘z birikmasida va gapda so‘zlarning 
birikish yo‘llarini, gapning strukturasini, tiplarini, gap bo‘laklarini tekshiradi. 
So‘zning o‘z formasini o‘zgartirishi odatda uning boshqa so‘z bilan 
bog‘lanishini ko‘rsatadi. Masalan, uning daftari, maktabga bor. Yana bir misol: 
kelishik affikslari morfologiyada so‘zning turli formalari sifatida o‘rganiladi, 
sintaksisda esa bu kabi formalarning qo‘llanishi – so‘z birikmasi va gapdagi vazifasi 
tekshiriladi, ular sintaktik munosabatning vositasi sifatida qaraladi. So‘zning har bir 
konkret formasi butun sistemaning bir ko‘rinishidir. Har bir gapda ma’lum funksiyani 
bajaruvchi so‘z har gal shu ayrim formaga ega bo‘ladi. So‘zlar turli formalarda o‘zaro 
bog‘lanib, o‘z morfologik xususiyatlaridan tashqari, ma’lum sintaktik xususiyatlarga 
ega bo‘ladi: tilning fikr bayon qilish sistemasida biror grammatik funksiyani bajaradi 
(ega, kesim va boshqalar). Demak, morfologiyadagi so‘z turkumlari nutqda gap 
bo‘laklari vazifasini bajaradi. Bu narsa so‘z turkumlari bilan gap bo‘laklarining 
bog‘lanishini ko’rsatib turadi. 
Nutqda, gapda so‘zlar ma’lum grammatik qoidalar asosida bir-biri bilan 
bog‘langan bo‘ladi. Masalan, uning qizi (gapirdi), yosh bola (yugurdi), sekin gapirdi. 
Misollardagi har bir juft grammatik butunlikni hosil qilgan bo‘lib, yaxlit, biroq o‘z 
ichida qismlarga bo‘linadigan tushunchani, bir butun tushunchani bildiradi. Bu 
kompleksdagi – qo‘shilmadagi so‘zlarning aloqasi grammatik jihatdan shakllangadir. 
Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘z dan tuzilib, bir grammatik butunlik, 
semantik yaxlitlik tashkil qilgan har bir kompleks so‘z birikmasi sanaladi. Nutqdagi 
har qanday butunlik bir so‘z birikmasi bo‘lavermaydi, bu bog‘lanishning boshqacha 
ko‘rinishlari ham bor. 
Moslashuv. Bunda bog‘langan har ikki so‘z bir-biriga muvofiqlashib, tobe so‘z 
shu aloqaga mos hokim so‘z formada keladi; ulardan birining o‘zgarishi bilan 
boshqasi ham o‘zgarib, shunga mos formaga o‘tadi – o‘z shakllanishini unga 
barobarlashtiradi. Masalan, terimchining hikoyasi. 
Qaratqich bilan qaralmish moslashuv yo‘li bilan bog‘lanadi; shaxs va sonda 
moslashadi. Bunday tobelanishning asosiy xususiyati tobelanish bir qismning 
boshqasini aniqlashga xizmat qildirishidir. Tobe so‘z bilan hokim so‘z bir-biriga 
moslashadi, harakat, belgi va predmetning qaysi predmetga tegishliligi ko‘rsatiladi. 
Masalan, mening vatanim, gullarning guli, talabalarning o‘qishi. Gullarning guli -
Nargis . Bunda guli (hokim) so‘z talaba bilan gullarning (tobe so‘z ) qaratqich 
kelishik qo‘shimchalarini olib kelgan. Dutorimning torlari qo‘sh bulbuldek sayraydi 
kabi. Moslashuv hodisasi so‘z birikmasining doirasi bilangina cheklanmaydi. Ega 
va kesim moslashuv yo‘li bilan bog‘lanadi.



Yüklə 68,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə