«O`rta osiyoarxeologiyasi» fanining o`quv dasturi bilim sohasi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix11.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#144115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
31874 O`rta Osiyo Arxeologiyasi-1

5-mavzu:Eneolit 
Eneolit davri umumiy tavsifi. Dastlabki metall-misning kashf etilishi. Kishilik 
jamiyati va madaniy taraqqiyotida metallning tutgan o'rni. Metaldan yasalgan 
mehnat qurollarining ahamiyati. Metall qurollarining jamiyat iqtisodiy va
madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta'siri. Ilk metall davri iqtisodiy va ijtimoiy
sohalarda erishilgan yutuqlar. Yevrosiyoda iqlimning quruqlashishib borishi. 
Qurg'oqchil iqlim sharoitiga ega janubiy hududlarda sug'orma 
dehqonchilikning paydo bo'lishi. Dehqonchilik va chorvachilik xo'jaliklari 
taraqqiyoti. Hunarmandchilik sohalarining rivojlanishi va ixtisoslashishi.
Ayrboshlash. Ilk shahar markazlarining vujudga kelishi. Madaniy aloqalarning
kengayishi va texnik yangiliklarning tarqalishi. Shimoliy o'lkalarda
chorvachilik xo'jaligining namoyon bo'lishi.
Janubiy Turkmaniston.
Janubiy Turkmanistonda eneolit davri arxeologik 
o'rganilishi. Ilk eneolit. Anov IA va uning genezisi. Nomozgoh madaniyati va
uning mansubligi. Anov IV, NMZ I. Rejalashtirilgan qishloqlar.
Rivojlangan eneolit
. NMZ II. Geoksur vohasinin o'zlashtirilishi. Manzilgohlar
va me'morchilik tuzilmasining takomillashishi. Muhofazalangan manzilgohlar. 
Metallurgiya sohasida erishilgan yutuqlar. Zargarlik san'atining shakllanishi.
Dehqonchilikda sug'orish tizimidan foydalanishning boshlanishi. So'nggi
eneolit. NMZ III. Yirik manzilgohlar. Nomozgohtepa, Oltintepa, Qoratepa,
Geoksur I. Manzilgohlarning tuzilishi va me'moriy yechimi. Ko'pxonali uy-
joylar. Mahobatli imoratlar. Issiqlikni ta'minlaydigan texnologiyaning vujudga 
kelishi. Misni eritish usulining takomillashishi. Kulolchilik xumdonlari.
Hunarmandchilik turlari. Diniy qarashlar. Dafn marosimlari. Xo'jalik 
xususiyatlari. 
Sug'orma 
dehqonchilik 
taraqqiyoti. 
Ortiqcha 
iste'mol
mahsulotlarinin to'planishi. Ijtimoiy tabaqalanish va mulkiy tengsizlik
alomatlarining moddiy ashyolarda namoyon bo'lishi.Ilk sivilizatsiya
kurtaklarining vujudga kelishi. G'oyaviy qarashlar va ibodatxonalarning
jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o'rni. Janubi-g'arbiy Turkmaniston. Sumbar



va Atrek vohalarining eneolit davri yodgorliklari. Parxay II mozori. Moddiy
madaniyati. Kulolchilik. Janubi-g'arbiy Turkmanistonning eneolit davri 
madaniyati genezisi masalasi. Sarazm madaniyati. Zarafshonning yuqori
oqimida Sarazm qishlog'ining qaror topishi. Sarazm madaniyati bosqichlari va 
xronologiyasi. Sarazm I davri uy-joy imoratlari. Kulolchilik, moddiy madaniyat.
Sarazmning quyi qatlamidan aniqlangan dafn inshooti va uning etnik
mansubligi masalasi. Sarazm II davri manzilgoh taraqqiyoti. Kulolchilik.
Misga ishlov berishning takomillashishi. Tosh qurollari. To'qimachilik.
Xo'jalik xususiyatlari. Uy ibodatxonasi. Aholining g'oyaviy qarashida 
otashparastlikning o'rni.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə