«O`rta osiyoarxeologiyasi» fanining o`quv dasturi bilim sohasi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix11.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#144115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
31874 O`rta Osiyo Arxeologiyasi-1

So'nggi paleolit
. So'nggi pleystotsen. Iqlim sharoiti, o'simlik va hayvonot
dunyosi. Antropogonez jarayoning tugallanishi. O'rta Osiyodagi so'nggi
paleolit davri g'or va ochiq turdagi joy makonlari. Ko'lbuloq, Obirahmat,
Samarqand, Angillak va boshqalar. So'nggi paleolit davri sun'iy turar
joylarning paydo bo'lishi. O'rta Osiyoda paleolit davri paleantropologik
topilmalari va antropogenez masalalari. So'nggi paleolit davri tosh qurollariga
ishlov berish texnikasining takomillashishi. Tosh qurollari turining ko'payishi. 
Prizma texnikasi. O'rta Osiyo uchun xos protoprizma texnikasi tarqalishi.
Siqib retushlash texnikasining takomillashishi. Suyak ishlov berish. 
O'zlashtiruvchi xo'jalik shakllari. So'nggi paleolit davri odamlarning diniy 
qarashlari. Ibtidoiy san'atning rivojlanishi. 
3-mavzu:Mezolit 
Mezolit davri umumiy tavsifi. Mezolit davri tavsifi. Mezolit davri iqlim
sharoitining o'zgarishi. Fauna va flora o'zgarishlari. O'q-yoyning kashf etilishi. 
Mezolit davri tosh qurollari texnikasi. Mikrolit va makrolitlar. Mezolit davri
o'zlashtiruvchi xo'jaligi asosida ilk ishlab chiqarish kurtaklarining paydo bo'lishi. 
O'rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlari. Sharqiy Kaspiybo'yi mezoliti.
Jebel, Damdamchashma I, II, Qaylu va boshqalar. Ustyurt mezoliti.
Jayronquduq va Aydobol makonlari guruhi. Qo'shilish makoni. Qo'shilish 
madaniyati. Farg'onada mezolit davrining ikki bosqichi: tog'li hududdagi ilk
bosqichi-Obishir. Obishir I,V va Toshko'mir g'or-makonlari. Ovchilik xo'jaligi.
Tekislikdagi so'nggi Farg'ona bosqichi. Ashiko'l, Toypoq guruhi makonlari va
Yangiqadam Ijoy makonlari. Baliqchilik. Machay g'or-makoni. Xo'jaligi va
moddiy madaniyati. Sazag'on madaniyati. Sazag'on I makoni. Xo'jalik va



moddiy madaniyat. Janubiy Tojikistonda Kofirnahr, Vaxsh va Panj vohalari 
mezoliti. Asosiy arxeologik yodgorliklar: Tutquvul, Chilchorchashma, 
Daraisho'r, Quyi Bulyon va Obi Kiyik, Shug'nou, Pomir mezoliti. Alichur va
Oshxona makonlar. Mezolit makonlaridan topilgan dastlabki xonakilashtirilgan
xayvonlar suyaklari. Mezolit davri jamoalari ijtimoiy munosabatlari. Qoya tosh 
tasvirlari. Zarautkamar, Siypontosh va Shaxta. Qoya tosh tasvirlarining mezolit 
davri xo'jaligi va g'oyaviy qarashlarini o'rganishdagi ahamiyati. 
4-mavzu:Neolit 
Neolit davri umumiy tavsifi. Neolit-tosh asrining so'nggi bosqichi. Neolit
davri tabiiy iqlim sharoiti. O'zlashtiruvchi xo'jalikdan ishlab chiqaruvchi xo'jalik 
shakllariga o'tish. Neolit davri ishlab chiqaruvchi xo'jalik shakllarining qaror
topishi. Neolit inqilobi va kishilik jamiyati taraqqiyotidagi ahamiyati. Tosh 
qurollariga ishlov berish texnikasining takomillashishi. Kulolchilik va 
to'qimachilikning paydo bo'lishi. O'rta Osiyoning neolit davri lokal madaniyati 
majmualari. Janubiy Turkmanistonda ishlab chiqaruvchi xo'jalik shaklidagi
madaniyati. O'rta Osiyoning janubi-g'arbiy hududlarida ishlab chiqaruvchi
xo'jalikning shakllanish shart-sharoitlari. O'rta Osiyoda ishlab chiqaruvchi
xo'jalik shaklining qaror topishi. Joytun madaniyati va uning bosqichlari.
Arxeologik yodgorliklar. Joytun, Pessejiktepa, Chigiltepa manzilgohlari. Uy-
joy imoratlari qurilishi. Ilk dehqonchilik va chorvachilik. O'zlashtiruvchi 
xo'jalikning o'rni. Tosh qurollari. Sopol buyumlari. Haykalchalar.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə