«O`rta osiyoarxeologiyasi» fanining o`quv dasturi bilim sohasi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix11.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#144115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
31874 O`rta Osiyo Arxeologiyasi-1

6-mavzu:Bronza davri 
Bronza davri tavsifi. Bronzaning kashf etilishi. Bronza davri ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy o'zgarishlar. O'rta Osiyoning janubiy hududlarida o'troq dehqonchilik 
madaniyati hududlarining kengayishi.Janubiy Turkmaniston bronza davrida.
Janubiy Turkmanistonda bronza davri Nomozgoh IV, V bosqichlari. Arxeologiya 
yodgorliklari. Oltintepa, Nomozgohtepa va boshqalar. Mudofaa inshootlari.
Bronza davri manzilgohlarining ilk shahar sifatidagi ahamiyati. Qurilish va
me'morchilik. Diniy inshootlar va sag'analar. Kulolchilik. Kulolchilikda
charxidan foydalanishning boshlanishi. Metalga ishlov berish. Zargarlik
san'atining shakllanishi. Haykalchalar. Muhrlar. Hunarmandchilik ishlab
chiqarish darajasi. Bronza davri jamiyatida ijtimoiy tabaqalanishning kelib
chiqishi. Ekologik inqiroz va Oltintepa va Nomozgohtepa kabi ilk shahar
turidagi markazlarining inqirozi. Marg'iyona bronza davrida. Quyi Murg'ob
hududining o'zlashtirilishi. Dehqonchilik mikrovohalarining qaror topishi. 
Arxeologiya yodgorliklari. Gonurtepa Murg'ob vohasining ilk shahar markazi. 
To'g'oloq I va 21 yodgorliklari diniy markaz. Mudofaa tizimi. Qurilish va
me'morchilik. Ibodatxona inshootlari. Zodogonlar sag'analari. Dafn
marosimlari. Moddiy madaniyati xususiyatlari. Metall hunarmandchiligi, 
kulolchilik, toshga ishlov berish. Gliptika va sfragistika xususiy mulkchilik va
dunyoviy hokimiyat shakllanishining muhim belgisi sifatida. Badiiy san'at.
Zargarlik. Terrakota xaykalchalari, Marg'iyona aholisining diniy qarashlari. 
Otashparaslik. Muqaddas ichimlik-xaomaga topinishning ahamiyati. 
Marg'iyonada Qadimgi sharq sivilizatsiyasiga xos madaniyatning qaror topishi 
va uning genezisi masalalari. Baqtriyaning bronza davri arxeologiyasi. Dashtli-
Sopolli madaniyati va ularning kelib chiqishi masalasi. Janubiy Baqtriyada 
Dashli 3 manzilgohi. Dashli 3 doira shaklli ibodatxona, to'g'ri to'rtburchak
shaklli saroy-ibodatxona majmualari. Mudofaa tizimi. Dashtli 3 inshootining
diniy ahamiyati va afsonaviy mazmuni. Shimoliy Baqtriyada Sopolli
madaniyatining shakllanishi. Sopolli madaniyati bosqichlari va ularning



xronologiyasi. Sopolli bosqichi. Sopollitepa qishlog'i. Mudofaa inshootlari
qurilish va me'morchiligi. Hunarmandlar mahallalari. Jarqo'ton bosqichi. 
Jarqo'ton ilk shahri va uning tuzilishi. Qal'a, saroy, ibodatxona, turar joy
mahallalari. Ibodatxona majmuasi va diniy masalalar. Ko'zali va mulali
bosqichlarida jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi ijobiy
o'zgarishlar. Madaniy aloqalar. Dashtli-sopolli madaniyat oid qabrlar
yodgorliklari. Dafn marosimlari. Kulolchilik, metal va toshlarga ishlov berish. 
Muhrlar xususiy mulkning namunasi sifatida. Jarqo'ton manzilgohining 
vatanimiz hududida shakllangan ilk shahar sifatidagi ahamiyati. Xususiy
mulkchilik. Ijtimoiy munosabatlar. Bronza davri ilk davlatchilik masalalari. 
Sumbar madaniyati. Janubi-g'arbiy Turkmanistonning so'nggi bronza davri 
Sumbar madaniyati. Sumbar madaniyatiga oid yodgorliklar. Kulolchilik san'atining 
rivojlanishi. Kursisimon sopol otashdonlar. Sumbar madaniyatining dafn
marosimlarining o'zgarib borishi, katakomba shaklidagi qabrlarning paydo 
bo'lishi. Zarafshon vohasi bronza davrida. Zamonbobo madaniyati. Zomonbobo
manzilgohi yarim yerto'la uylarning qurilmasi. Zamonbobo qabristoni. Dafn
marosimlari. Zamonbobo madaniyati jamoasi xo'jaligi va moddiy madaniyati.
Kulolchilik. Bronza buyumlari. Tosh qurollari. Xo'jalik xususiyatlari. Sarazm
madaniyati bronza davrida. Uy-joy imoratlari va ibodatxona inshootlari.
Hunarmandchilik taraqqiyoti. Sopol buyumlari bezagining murkablashib borishi. 
Bronza va toshdan ishlangan buyumlar. To'qay bronza davri metallurglar 
manzilgohi. Zarcha Xalifa mozorlari So'g'd hududlaridagi madaniy 
aloqalarning namunasi sifatida. O'rta Osiyoning dasht va tog' oldi hududlarida
chorvador va yarim dexqon xo'jaligining shakllanishi. Dashti Qozi, 
Mo'minobod, Chakka va boshqa mozorlar. Kuzatuv buyumlari.Suvyorgan
madaniyati. Qadimgi Xorazm o'lkasida bronza davri madaniyatining
shakllanishi. Suvyorgan madaniyati manzilgohlari. Xo'jalik va moddiy 
madaniyati. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə