Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


RAHBAR SHAXSINING AXLOQIY MADANIYATI -



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

RAHBAR SHAXSINING AXLOQIY MADANIYATI - 
individ tomonidan 
axloqiy ong orqali jamiyat madaniyatini idrok yetish darajasi; axloq talablari inson 


237 
hatti-harakatlari jamiyatning shakllantiruvchi ta’siri ostida qay darajada chuqur va 
uyg‘un ekanligi ko‘rsatkichidir. 
RAHBAR SHAXSINING MA’NAVIY FAZILATLARI - 
deganda uning 
tilida aytilib, dilida, va barcha hatti-haraktlarida namoyon bo‘ladigan barcha ijobiy 
ko‘rsatgichlari tushuniladi. Rahbar shaxs ma’naviy fazilatlari unda mavjud 
bo‘ladigan iste’dod, izlanish, zamonaviy bilimlilik, vatanparvarlik, imon, diyonat, 
adolat, mehr-shafqat, e’tiqod, poklik, halollik, vafodorlik kabilarni tashkil qiladi.
 
RAHBAR SHAXSINING MADANIYATI -
madaniyat, avvalo, ma’naviy 
boylik hosilasidir. Siyosiy madaniyati yuksak rahbar millat, davlat, xalq manfaati 
nuqtai nazaridan ish tutadi, umum manfaatini o‘z shaxsiy ehtiyoj va manfaatlaridan 
ustun qo‘yadi. 
RAHBAR 
SHAXSNING 
MAS’ULIYATI - 
mas’uliyat
 

rahbar 
madaniyatining asosiy belgilaridan biri bo‘lib, uning ma’lum sohaga javobgarligini 
aks ettiradi. Alohida Shaxs, xodim mas’uliyatidan farq qilib, ko‘lami kengligi ushbu 
mas’uliyatni unutish oqibatlari salmog‘i bilan ajralib turadi. Shu bois, rahbar 
mas’uliyati hamisha muhim sanalgan. Mas’uliyat, avvalo, har bir kishining vijdoni, 
iymoni, qolaversa, o‘zgalar oldiga, jamoa, jamiyat, Vatan, millat oldidagi burchini 
teran anglashdir. 
RAHBAR SHAXSNING MA’NAVIYATI -
rahbarning ma’naviy madaniyati 
bu – rahbarda shakllangan (ichki) ruhiy quvvatdir. Rahbar shaxs ma’anviyati qanday 
bo‘lishi kerak? Uning asosini qanday g‘oyalar tashkil qiladi? Prezidentning har bir 
chiqishlarida ana shu masalalar ham o‘z aksini topa boshladi. Davlatimiz rahbari 
deydi: “Kuchli ijroiya hokimiyati bo‘lmasa, hatto eng demokratik yo‘l bilan qabul 
qilingan qarorlar ham bajarilmasligi mumkin”. Demak, rahbar shaxs ma’naviyatida, 
avvalo, mas’uliyat hissi yuksak bo‘lishi lozim. Bu hisni nimalar tashkil qiladi? Uni 
“inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarini 
oliy qadriyat” deb bilish tashkil qiladi. Shu ma’noda rahbar shaxs ma’naviyati 
g‘oyasining birinchi elementi insonni qadrlashdir. Bu ulkan mas’uliyat hissini paydo 
qiladi.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə