Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T., O‘zbekiston, 2017. 
2.
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - T., Ma’naviyat, 2008. 
3.
Abu Homid Muhammad al-G‘azzoliy. Kimiyoi saodat. - T., Adolat. 2005. 
4.
Arastu. Poetika. Axloqi Kabir. - T., Yangi asr avlodi, 2004. 
5.
Komilov N. Komil inson haqida to‘rt risola. - T. Ma’naviyat. 1997. 
6.
Sharq donishmandlari hikmatlari. –T., Sharq, 2006. 
9
Sharq donishmandlari hikmatlari. –Toshkent: Sharq, 2006 . – 134 b. 


30 
4-MAVZU. MUOMALA MADANIYATI, TANISHISH VA 
TANISHTIRISH ETIKETI. MUOMALADA YUZAGA KELADIGAN 
ZIDDIYATLAR VA ULARNI BARTARAF YETISH YO‘LLARI 
 
Donishmandlarning “Yuziga boqma, so‘ziga boq”

degan hikmatlari ayni 
haqiqatdir. Til – inson tafakkuri mahsuli U inson madaniyati fikriy go‘zalligini 
yaxshi, ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga chiqaruvchi vositadir.
Muomala esa insonlarni bir – biriga bog‘lovchi, yaqinlashtiruvchi, katta – kichik 
xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonning go‘zal hayot kechirishida, jamiyat 
orasida o‘z o‘rnini topa olishida, boshqalarning hurmat extiromiga erishishda 
muomalaning o‘rni kattadir. Insonning shirinso‘zligi kishining tarbiyalangan-ligidan
guvohlik bersa, so‘zga boyligi, chechanligi, ma’nodorligi uning o‘qimishli, 
bilimdonligini ko‘rsatadi. Go‘zal muomala inson dilini qanchalik xushnud etsa, 
aksincha achchiq so‘z, qo‘pol muomala inson qalbini larzaga soladi. Shirin 
muomalada bo‘lish ham katta san’at. Shirin so‘z bilan kishining ishonchi va qalbini 
egallash mumkin. So‘z, yuz va ko‘z, tilning ko‘rki hisoblanadi.
Insonning boshqa inson bilan muloqotiga qarab, uning axloqiga ham baho 
beriladi. So‘z orqali insonlarning tafakkuri, fikri anglashiladi, muomala madaniyati 
orqali u kishining odobi, kelib chiqishi, naslu–nasabi, ota–onasi va ustozining 
bergan ta’lim tarbiyasi namoyon bo‘ladi. Insonnning ichki dunyosi, shahsi, aqli va 
his–tuyg‘ulari uning tashqi qiyofasi – ko‘zlari, chehrasi, shuningdek qaddi-qomati va 
yurish-turishida to‘la aks etadi. Insonning ichki dunyosi qanchalik mukammal bo‘lsa, 
yurish–turishi ham shunchalik madaniyatli bo‘ladi. 
Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday 
kuchga egaki, suyaksiz bo‘lsa ham suyakni tebratadi. Muomala odobi boshqa 
kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, an’anaviy axloqiy me’yoriy 
talablarini bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni 
namoyon yetishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng 
sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z, nutq vositasida ro‘y beradi. 
So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini 
tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o‘zini, eng avvalo, shirinsuxanlik, 
kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llilik singari axloqiy me’yorlarda namoyon qiladi.
Ayniqsa, bu axloqiy madaniyatda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uni ko‘proq 
namoyon qiladigan eng muhim unsurlaridan biri – muomala odobidir. Bu borada 
mutasavvif olimlarimizdan Imom G‘azzoliy bir qancha o‘rinli fikrlarni 
bildiradilar:«Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Haq subhonahu va taolo ochiq 


31 
yuzlilarni do‘st tutar». Va yana aytibdurlar: «Hech bir yaxshi amal yo‘qki, maxfiratga 
sabab bo‘lmoqg‘a ochiq chehralik va shirinzabonliqdan ziyoda»
10

Uning fikricha shirinsuxanlik va bosiqlik odobli insonni odobsizdan ajratuvchi 
me’yordir. Zero, odobsizlik badxulqlikka, badxulqlik axloqsizlikka olib keladi. 
Yomon insonlarning yomonligi aynan muomaladan kelib chiqadi. Ya’ni yomonga 
yomonlik bilan qilingan muomala vaqtincha bo‘lsa ham o‘sha yomonning yo‘lida 
yurishga chorlaydi.
Donishmandlarning 
“Yuziga boqma, so‘ziga boq”
degan hikmatlari ayni 
haqiqatdir. Til – inson tafakkuri mahsuli. U inson madaniyatining fikriy go‘zalligini 
yaxshi, ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga chiqaruvchi vositadir. 
Muomala esa insonlarni bir – biriga bog‘lovchi, yaqinlashtiruvchi, katta-kichik xayrli 
ishlarga undovchi fazilatdir. Insonning go‘zal hayot kechirishida, jamiyat orasida o‘z 
o‘rnini topa olishida, boshqalar tomonidan hurmat ehtiromga eriShuvida 
muomalaning o‘rni kattadir. Insonning shirinso‘zligi kishining tarbiyalanganligidan 
guvohlik bersa, so‘zga boyligi, chechanligi, ma’nodorligi uning ziyoliligi, 
bilimdonligini ko‘rsatadi. Go‘zal muomala inson dilini qanchalik xushnud etsa, 
aksincha achchiq so‘z, qo‘pol muomala inson qalbini larzaga soladi.
“Muomala shahslararo munosabatning shunday ko‘rinishiki, uning yordamida 
odamlar bir-birlari bilan axloqiy, estetik, madaniy, siyosiy va ruhiy jihatdan aloqaga 
kirishadilar, ta’sir o‘tkazadilar va ta’sirlanadilar”.
11
Etiket kengqamrovli tushuncha bo‘lib, u ma’lum ma’noda, umumbashariy 
miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o‘z ichiga oladi. Ulardan bizga 
odat bo‘lib qolgan ko‘rishish etiketidir. 
Salom berish kundalik hayotimizda eng ko‘p qo‘llaniladigan odat bo‘lib, 
xushmuomalalikni talab qiladi. Salomlashish kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, 
muomala munosabatlarining avval boshi bo‘lgani uchun uning bajarilishini ham 
alohida qoidalar bor. Salomlashganda aytiladigan so‘zlarga «
Assalomu aleykum», 
«salomatmisiz», «omonmisiz», «yaxshimisiz», «salomat bo‘ling»
deyiladi. Bu 
so‘zlarda, insonlarning bir-biriga hurmat ehtiromi, xayriholik izhori bilan birga 
chuqur mazmun va mulohaza bor. Kundalik hayotimizda ishlatib turadigan 
“marhamat qiling”, “baraka toping”, “rahmat”, “behad minnatdorman”, “uzr”, 
“avf etasiz”, “kechiring”
va shu kabi tushunchalar borki, ularning barchasi 
mulozamatni, insonlarga bo‘lgan kamoli ehtiromni bildiradi. Shunga e’tibor berish 
kerakki, insonga qo‘yiladigan talab bilan unga ko‘rsatilayotgan iltifot bir-biri bilan 
bevosita bog‘lanib ketganligidan ular orasiga chegara qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan, 
birovning eshigini taqqillatib ruxsat so‘rab kirish, boshqa insonni noqulay vaziyatga 
solib qo‘yishni oldini oladi. 
10
Husanov B., G‘ulomov V. Muomala madaniyati.- T.,Iqtisod – moliya.- 2009, B.8. 
11
Husanov B., G‘ulomov V. Muomala madaniyati.- T.,Iqtisod – moliya.- 2009, Б.17. 


32 
Salomlashish insonning insonga bildirgan hurmati, odamlarning o‘zaro 
muomala munosabatlarini boshlanishi, bir-biri bilan suhbatlashayotgan ikki dilning 
kalitidir. Salom berilganda sizga yoqimsiz qarab turgan inson ham alik oladi. Qo‘l 
berib ko‘rishayotgan vaqtda bir-birlarini qo‘llarini qattiq siqib, qo‘lini og‘ritib yoki 
qo‘lini uchinigina berib qo‘yish o‘ta odobsizlikka kiradi. Yoshlar o‘zidan katta 
odamlar bilan ko‘rishganlarida, albatta ikki qo‘lini berib ko‘rishadilar. Ayniqsa, yosh 
bolalarning katta yoshdagilarga qo‘lini uzatib ko‘rishishlari ham odobsizlik sanaladi. 
Kim birinchi bo‘lib so‘rashishi lozim? Buning ham etiketda o‘ziga yarasha qoidalari 
mavjud: 
-
yoshi kichiklar yoshi kattalarga; 
-
erkaklar ayollarga; 
-
xonaga kirgan inson u yerdagi barchaga umumiy; 
-
zinadan chiqayotgan inson yuqori pag‘onadagilarga; 
-
agar ikki oila uchrashib qolsa, ayollar birinchi bo‘lib so‘rashishlari keyin esa 
erkaklar so‘rashishlari lozim; 
-
qanday jamoat joylarida fikr bildirilishidan qat’iy nazar, salomdan boshlash 
kerak; 
-
yoshi va xizmat pog‘onasi teng insonlar uchrashib qolganlarida birinchi 
bo‘lib tarbiyali inson so‘rashadi; 
-
uyga kelgan mehmon eshikni ochgan insonga salom berishi, keyin uyning 
kattalari va boshqa mehmonlar bilan so‘rashishi kerak; 
-
uy egalari hamma o‘tirganlar bilan bir xil so‘rashishlari lozim. Ulardan 
kimgadir alohida munosabat bilan so‘rashish odobsizlik hisoblanadi. 
-
biror bir insonga yuzlanishdan avval salomlashish lozim. 
-
kechga qolib kelgan inson jamoatga birinchi bo‘lib salom beradi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə