Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
KIYINISH MADANIYATI
- Kiyim ma’lum davr va ijtimoiy sharoitda 
kishilarning go‘zallik haqidagi qarashlari mujassamlashadigan moda bilan bog‘liq.
Kishilik jamiyati rivoji jarayonida bu qarashlar o‘zgara boradi, shu munosabat bilan 
moda ham uzluksiz o‘zgarib turadi. O‘zbek xalqining milliy madaniyati, urf – 
odatlari asrlar davomida davr va sharoitga, jamiyat taraqqiyotiga moslashib o‘zgarib 
kelgan. Inson tug‘ilishidan boshlab yo‘rgaklanadi. Yo‘rgakka kirgan dastlabki 
kunlardanoq kiyina boshlaydi. Kiyim insonning suratini emas, balki uning butun 


228 
ichki dunyosini siyratini ham ko‘rsatadigan omildir. Madaniyatlilikning asosiy 
belgilaridan biri ham, bu – kiyinish odobidir. Kimning qanday kiyinishiga qarab,
uning did–farosati, moddiy va ma’naviy darajasini, hatto kasbini ham aniqlab olish 
mumkin. Kiyinish madaniyati, kiyinish odobi kishilarning o‘zaro muomalasiga, bir 
– biriga bo‘lgan munosabatiga, yurish – turishiga ham ta’sir qiladi. Kiyinish 
shaxsning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, hamma vaqt go‘zallik, uyg‘unlik, noziklik, 
odob, xushmuomalalik, odamshinavandalik haqidagi tushuncha darajasining 
belgisidir. Insonning tashqi go‘zalligi kiyim rangining bir–biriga mosligidir, 
tabiiyligi va soddaligidadir 
 
XUSHOMADLAR
- insonning tashqi qiyofasi, chiroyli so‘zlari, hatti- 
harakatidan ta’sirlanib, ma’qullashni ifodalash, maqtovning maxsus shaklidir. Nafis 
shaklga o‘rangan bu ifoda bilan hammamiz ham lazzatlanamiz – har birimizda ozgina 
miqdorda bo‘lsa ham o‘zimizga nisbatan muhabbat hamda g‘urur mavjud. 
Xushomadlar jamoatda yoqimli kayfiyat uyg‘otadigan hissiyotda asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Xushomad yengil, sho‘x, oddiy, tabiiy va asosiysi, haqqoniy bo‘lishi lozim. 
Agar xushomadlarni kam, ammo o‘tkir va nazokatli qilib aytilsa, unda ular suhbatga 
ajib bir tarovat qo‘shadi. Aksincha, agar xushomadlarda bir muncha tayyorgarlik, 
ta’ma, oshirib yuborishlik bo‘lsa, ular kulgulik va yoqimsiz xususiyat kasb etadi. 
Qo‘pol xushomad doimo o‘rinsizdir va uni ifodalovchi odam yaxshi ko‘rsatmasligi 
aniq. Uni qabul qilish ham odamni kamsitadi. Xushomad o‘z vaqtida va joyida 
qo‘llanishi nur ustiga a’lo nurdir. Bunday nazokatga ko‘milgan xushomad hamisha 
odamga lazzat bag‘ishlaydi. U uyatchan odamga ishonch, odamovini ochiq 
bo‘lishiga, xomush odamni kayfiyatini ko‘tarishiga sabab bo‘ladi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə