O'simlik hujayrasining tuzilishini o’rganish


DNK qo`shaloq zanjirining replikatsiyasi



Yüklə 27,28 Kb.
səhifə5/7
tarix18.04.2022
ölçüsü27,28 Kb.
#85603
1   2   3   4   5   6   7
3-4

DNK qo`shaloq zanjirining replikatsiyasi: Prokariot organizmlar genomiga nisbatan eukariot organizmlar genomi juda murakkab tuzilgandir. Bu albatta tabiiydir. Chunki prokariot genomi faqat bir hujayraning tuzilishini belgilasa, eukariot organizmlar genomi butun

bir murakkab tuzilgan organizmning o` sishini, rivojlanishini va umuman butun ontogenez haqida ma’lumot tutganligi tufayli milliarlarcha informatsiya tutadi. Shu sababli ham evolyutsiya mobaynida xromosomalardagi DNK massasi ortib borib genlar ekspretsiyasi va boshqariluv sistemasi murakkablasha borgan.

Eukariot organizmlarning xromosoma apparati quyidagi hollar bilan xarakterlanadi,

1. Yadro xromatinida DNK molekulasi asosiy oqsillar kompleksi bilan (gistonli va gistonsiz) hamda qisman lipidlar va RNK molekulalari bilan bog`langandir. DNKning qo`sh zanjiri va gistonlar birgalikda nukleosomalar

va DNK zanjiridan tashkil topgan davriy tuzilmalar hosil qilgan.

Nukleosoma sakkiz juft giston oqsillaridan ya`ni H2A, H2B, H3 va H4 (bar biri 2 molekuladan) tashkil topgan bo`lib ularga 140-200 juft nukleotidlardan tashkil topgan DNK zanjiri «ushovlangandir». Nukleosomalarning diametri 10 nm atrofida bo`lib har bir nukleosama oralig`ida 30-50 juft nukleotidlardan iborat va uzunligi 10-20 nm bo`lgan hamda HI gistoni bilan bog`langan DNK molekulasi joylashgandir.

Xromatindagi DNK molekulasining mana shunday joylashishi unga yanada murakkabroq halqalar hosil qilishiga va juda ko`p informatsiya saqlashiga yordam beradi. Nukleosomalar tarkibidagi DNK molekulasi nukleosomalar oraliqlaridagi DNK molekulasiga nisbatan nukleazalar ta`siriga qiyin beriladi. Nukleosomalarning zanjiri yoyilgan holatda u faol bo`lib DNK yoki RNK molekulasining sintezi ro`y beradi. Agarda xalqa yoki kompakt yig`ilgan holda bo`lsa nukleosomalar faol bo`lmaydi.

2.Genlar (sistronlar) funktsional bog`langan oqsillar sintezini kodlaydi va ular prokariotlardagiga uxshash operonlarga birlashmagan hamda xromosomalarning har xil uchastklarida (giston genlari va RNK genlaridan tashqari) joylashgan.

3.RNK molekulasining ko`pchiligi avvalo RNK hosilalari holida sintezlanadi. Birlamchi transkripting hosil bo`lganidan sung uning protsessingi (etilishi) ro`y beradi. Protsessing ikki jarayonni o`z ichiga oladi ya`ni kepirovka (sar-inglizcha-shapkacha manosini anglatadi) va metillanish, poliadinlanish, fragmentatsiyalanish va splaysing (splicing-inglizcha-ikki uchidan uzayish). Eukariotlardagi RNK molekulasining yarim hayot davri 3-6 soatdan 48 soatgacha bo`lishi mumkin.

4.Eukariotlardagi DNK molekulasi zanjiri da odatda bir marotaba (mRNK molekulasini sintezlovchi ko`pchilik tuzilma genlari) uchraydigan ajoyib davriylikdan tashqari juda ko`p davriy qaytarilishlar ham uchraydi. Qaytrilishlarning soni unlab va yuzlab (o`rta chastotali qaytarilishlar) hatto genomlarda millionlab (yuqori chastotali qaytarilishlar) bo`lishligi mumkin. Yuksak o`simliklar genomlarida ajoyib uchastkalar miqdori 20-30% atrofida. Genomning katta qismini genning tarkibiga kiruvchi ammo ularning maxsus mahsuloti sintezida qatnashmaydigan DNK uchastkasi ya`ni intron tashkil qiladi. DNK uchastkasining berilgan genning maxsus transkripti sintezlanadigan qismi ekzon deyiladi. Shuningdek genlar tarkibiga speyser («o`rta plastinka») ham kiradi. Ammo speyser keyinchalik yemirilib ketadi.




Yüklə 27,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə