O’smirlarning kattalar bilan o’zaro munosabatlarining psixologik xususiyatlari mundarija kirish i-bob o’smirning kattalar bilan o’zaro munosabatlarining nazariy tahlili


II-BOB O’SMIRNING KATTALAR BILAN O’ZARO MUNOSABATLARINI O’RGANISHNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI



Yüklə 57,21 Kb.
səhifə5/7
tarix28.01.2023
ölçüsü57,21 Kb.
#99599
1   2   3   4   5   6   7
O’SMIRLARNING KATTALAR BILAN O’ZARO MUNOSABATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

II-BOB O’SMIRNING KATTALAR BILAN O’ZARO MUNOSABATLARINI O’RGANISHNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI
2.1 O’smir va kattalar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish usullari
Maktabda o’qitiladigan fanlar o’smir uchun o’z taxminlarini yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bo’lib xizmat qiladi. J.Piajening ta’kidlashicha, “Ijtimoiy hayot uch narsaning ta’siri - til, mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi”. Bu borada o’zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o’z-o’zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi. Ma’lumki, o’smirlik davrida o’smirning “meni” qaytadan shakllana boradi. Uning atrofidagilari ayniqs, o’z-o’ziga bo’lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo’nalishi keskin o’zgaradi. O’smir yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o’zini endi kichkina bola emas, balki katta bolib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iboratdir. Mustaqil ishlar qilishga uringan o’smir shunday qilishga haqqi borligiga o’zini-o’zi ishontiradi, chunki men endi “katta bo’lib qoldim” deb o’ylaydi. Shuning uchun ham psixologlar “katta bolib qolganlik tuyg’usi” ni shaxsning o’smirlik yoshdagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladlar. L.S.Vigotskiy o’smirlik davrida qiziqishlarining o’zgarishiga bog’liq ravishta ikki fazani (salbiy va ijobiy) ajratib ko’rsatgan. Salbiy faza ilgarigi qiziqishlarining so’nishi va yangi dastlabki jinsiy qiziqishlarning paydo bolishi bilan bog’liq. Bunda quyidagi salbiy xulq-atvor ko’rinishlari namoyon boladi: ish qobilyatining, o’zlashtirishining pasayishi, o’smirning qopolligi va yuqori qo’zg’aluvchanligi, uning o’zidan qoniqmasligi va xavotirlanish va boshqalar. Ijobiy faza keng, chuqur yangi qiziqishlarining paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. O’smirda boshqalarning va o’zining psixologik kechinmalariga qiziqish paydo bo’ladi. O’smirlik davridagi inqiroz - o’smir kechinmalari, uning strukturasi, mazmunining qat’iy o’zgarishi, buzilishidir. O’smirlik yoshida bolaning hayot sharoitlari va faoliyati ancha o’zgaradi, ruhiyatining qayta qurilishi roy beradi. Tengqurlari bilan muomala qilishning yangi shakllari paydo bo’ladi. Jamoada o’spirinning ijtimoiy maqomida o’zgarishlar ro’y beradi, ota-onalar va ustozlar tomonidan unga talablar kuchayadi. Bu yoshda o’spirinning vaqtinchalik oila va maktabda ruhiy ajralishi sodir boladi. O’spirinnig shakllanishida ota-onaning ahamiyati pasayadi. Odatda u rasmiy jamoa va norasmiy muomila guruhini tanlash bilan band boladi va oxir oqibat o’zini qulay sezadigan, unga hurmat bilan munosabatda bolinadigan guruhni tanlaydi. Bu sport, texnika togaragi bolishi mumkin. Shu bilan birga bu guruh o’smirlarning yig’ilishib, ichibchekib o’tirishidagan yerto’la ham bolishi mumkin. Bu yoshda o’smirlarning kattalar xususan ota-onalar bilan muammolari paydo boladi. Ota-ona o’z farzandiga yosh bolaga bolganday qarashadi, bola esa bu g’amxorlikdan chiqib ketmoqchi boladi. Shuning uchun uning kattalar bilan munosabatida kop nizolar kelib chiqadi, bolada kattalar fikrlariga tanqid bilan qarash kuchayadi. Kattalar bilan munosabatlar xarakteri ham o’zgaradi: bo’ysunish pozitsiyasidan bola tenglik pozitsiyasiga o’tmoqchi bo’ladi. Bir vaqtning o’zida tengdoshlar bilan ham o’zaro munosabatlarining xarakteri o’zgaradi. O’spirinda kattalik hissi tug’iladi va hissiyot mustaqil bolishiga intilish, kattalarning xoxish istaklariga qarshi chiqishida namoyon boladi. Kichkina bolaga qaraganda o’spirinning qiziqishlari ancha o’zgaradi. Ijodiy faoliyatiga intilish bilan bir qatorda o’spiringa qiziqishlarining beqarorligi ham xosdir. O’spirinlik yoshining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini ajratsak boladi: 1. Emotsional voyaga yetmaganlik; 2. O’z xulq-atvorini to’liq nazorat qila olmaslik; 3. O’z ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyat va xoxishlarni to’g’ri baholay olmaslik; 4. Katta bo’lishga intilish; O’spirin yetarlicha voyaga yetgan shaxs emas. U insonning eng muhim xislatlari va jihatlari shakllanishi bosqichida bo’lgan shaxsdir. Bu bosqish bolalik va kattalik o’rtasidagi davrdir. Shaxs hali o’zini katta deb hisoblashi uchun yetarli rivojlanmagan, biroq shu bilan birga atrofdagilar bilan munosabatga kirishishi va o’z harakatlarida ijtimoiy norma va qoidalariga amal qilishi uchun yetarli rivojlangan. O’spirin aqilli qaror qabul qilishga ongli harakatlar sodir etishga va ular uchun axloqiy va huquqiy jihatdan mas’ul bo’lishga qodir. Shuni takidlash joizki, o’spirin o’z xatti-xarakatlari uchun huquqiy javobgarlikka tortiladigan shaxsdir. Garchi qonun voyaga yetmaganlarning ijtimoiy psixologik rivojlanishini inobatga olib, ular uchun cheklangan javobgarlikni belgilasa ham katta o’spirinlik va o’smirlik davrini shaxsiy javobgarlik bilan xarakterlanadigan yosh deb qabul qilsak bo’ladi. Inson umrining o’smirlik bosqichida, bizningcha, asosan ikkita xatarli jihat paydo boladi. Uning bittasi - kattalarga taqlid qilish, ikkinchisi - o’smirning oilada va maktabdagi nazoratdan chetda qolish. Shu ikki jihat katta yoshdagi odamlar e’tiboridan tashqari, o’z oqimida, maqsadga muvofiq, tarzda kechadigan bolsa, oqibat tarbiyasi qiyin deb ataluvchi o’smirlar paydo bolishiga olib keladi. Birinchi jihatni tahlil qilib ko’raylik, chunonchi, o’smirlikning bosqichidagi o’g’il va qizlarda ilk “kattalik” hissi yuzaga keladi. Bu yoshdagi o’smir munosabat uslubini o’zgartiradi, axloq mazmuni ham keskin o’zgaradi. Kattalarning tashqi qiyofasi, yurish-turishi, ko’zga tashlanadigan ayrim tomonlari o’smir shu davriga tezroq yetish istagini uyg’otadi. Mo’daga qiziqish, o’ziga oro berish, o’zgacha “madaniy” hordiq chiqarish, mulozamat qilishga intilish kabilar. Ular kopincha talablariga, katta yoshdagi kishilarga, telivizor va kinolarda ko’rganlarga taqlid qiladi. O’z tasavurrida nimani ommabob hisoblasa, huddi shu narsani namuna tarzda qabul qiladi. O’smirda o’zinio’zi va o’zgalarni baholash mezoni anashu tariqa yuzaga keladi. Shuning uchun unda yangi his-tuyg’ular, orzu umidlar, sevgi haqidagi kitob sotib olish holatlari ko’zga tashlanadi. Psixologiya fanida inson xulq-atvoridagi o’zgarish, goho chetga og’ish hodisasi ijtimoiy hayot bilan bog’liqligi haqida umumiy qonuniyat mavjud. Jahon psixologlari olib borgan tadqiqotlar tarbiyasi qiyin o’smirlarning paydo bo’lishiga ijtimoiy muhitdan tashqari pedagogik psixologik omillar ham sabab bolishini ko’rsatmoqda. O’smirlar harakatlarini izchil va uzluksiz o’rganishlar ulardagi chetga og’ish ko’rinishlari turlicha bo’lishini takidlamoqda. O’smirlik davridagi yuqorida keltirilgan o’zgarishlar ro’y berishi haqidagi J.Piyajening fikrlari va L.S.Vigotskiy qarashlari, ya’ni o’smirlik davridagi qiyinchiliklarni oldini olishda ular yashaydigan tarbiya muhiti bolmish oila, o’smirlar uchun yuqori o’rinlarda turuvchi do’stlar davrasi va o’qish faoliyatini olib boruvchi ta’lim jarayoni bolib hisoblanishi va aynan o’sha ijtimoiy muhit o’smir hayotininig hal qiluvchi nuqtasi ekanligiga amin bo’ldik. O’smirlik davridagi qiyinchiliklar yuzaga kelishini oldini olishda otaonalarga quyidagi vazifalarni qo’yish maqsadga muvofiqdir: -farzandlarga e’tiborli bo’lish -ular bilan do’stona muloqot yaratish -qiziqishlarini inobatga olgan holda tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligini nazorat qilish va sharoit yaratib berish -o’smir yoshidagi bolalarga yetarlicha vaqt ajratish va ularning ko’proq kitob o’qishiga, ya’ni ta’lim jarayonlariga bee’tibor bo’lmaslik -OAV lardan ma’lum vaqtda va muayyan bir tartib asosida foydalanishlarini nazorat qilib borish va yuqoridagi barcha jarayonlarni to’g’ri amalga oshishini taminlashdan iborat. Maktab amaliyotchi psixologlari uchun tavsiyalar: -har bir yosh davrining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni qiziqqan sohalarga yo’naltirish;
-o’quv jarayonidagi nafaqat o’smirlar psixologiyasiga balki boshqa bolalar tarbiyasiga ham birdek e’tiborli bo’lish;
-o’smir yoshidagi o’quvchilarning ota-onalari va maktab jamoasidagi boshqa o’qituvchilar o’rtasidagi hamkorlikni tashkil etish;
-o’smirlardagi o’zgarishlarni doimiy nazorat qilish uchun turli xil metodikalarni tartib bilan qollay olish;
-o’smirning tengdoshlar davrasidagi muloqot jarayonini chetdan kuzatib borish;
-bolalar bilan ularning qalbiga yol topa oladigan o’zaro hurmat va ishonch muhitini yaratishlari lozim. Aynan yuqorida keltirilgan tavsiyalar o’z vaqtida va to’liq bajarilsa o’smirlikda yuzaga keladigan qiyinchiliklarning va ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etishga yordam beradi deb o’ylaymiz. O’smirlik davrining to’g’ri tashkil etilishi qolgan yosh davrlardagi muammolarga ham bee’tibor bo’lmaslikdan dalolat beradi.


Yüklə 57,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə