Ota-ona-bola” munosabatlari tizimi


Oilaviy munosabatlar tizimida trening tizimidan faol foydalanish usullari



Yüklə 74,16 Kb.
səhifə19/25
tarix15.06.2023
ölçüsü74,16 Kb.
#117338
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Ota-ona-bola” munosabatlari tizimi

Oilaviy munosabatlar tizimida trening tizimidan faol foydalanish usullari
Trener va unga qo`yiladigan talablar.

Eng muhimi trener o`qituvchi emasligini unutmaslik kerak. Uning vazifasi - sharoit, vaziyatni yaratish yoki ishtirokchilarga ko`maklashishdan iborat.


Trener quyidagilarni bajarmaslikka harakat qilishi lozim.
- Guruhga rahbarlik qilish.
- Guruhga tayyor axborotlarni berish.
- Guruh nima ish qilishi kerakligi to`g`risida maslahat berish yoki taklif kiritish.
Trenerning vazifasi - guruhning qiziqishini oshirib, ularni yo`naltirib va rag`batlantirib borishdan iborat. Ishtirokchilarning o`zi ishlashi uchun trener ularga faqat sharoit yaratib berishi lozim. Shunday qilinsa ishtirokchilar muammolarni tahlil qilish va ma`lum bir hulosalarga kelish jarayonida o`zaro ishonch va hurmat ko`nikmalarini egallab boradi. Ishtirokchilar mustaqil ravishda biror fikrga kelsa, trener uni to`g`ri qaror sifatida qabul qilishi kerak. Trener har bir ishtirokchining muvaffaqiyatini rag`batlantirib, ularning yashirin iste`dodlarini namoyon qilishlariga imkon yaratishi kerak. (M: ishtirokchi kechikib kelganda chiroyli qo`shiq yoki she`r aytishi; rolli o`yinda yaxshi rol bajarishi.)
Trener har qanday vaziyatda quyidagilarga amal qilishi kerak.

  • Mavzu doirasidan chetga chiqmaslik, muhokama etilayotgan mavzularga nisbatan o`z fikrini bildirish va mashg`ulot so`ngida albatta xulosa yasashi shart.

  • Trener har bir kishini eshitishi, sust ishtirokchilarni faollashtirishi va faol qatnashayotgan ishtirokchilarni rag`batlantirishi shart.

  • Trener iloji boricha ishtirokchilarni yaqindan bilishi, ishni yaxshi tashkil qilishi, guruhda do`stona muhitni tashkil qilishi, ziddiyatli holatlarga yo`l qo`ymaslikka harakat qilishi kerak.

Trenerda fikr almashish malakasi juda yaxshi rivojlangan bo`lishi kerak. Bu malakani egallash quyidagilarga bog`liq:
- diqqat bilan eshitish;
- eshitib bo`lgach o`z fikrini bildirish;
- o`z hissiyotlarini va kechinmalarini bildirish. Diqqat bilan eshitish malakasi quyidagilardan iborat:
- gapirayotgan kishiga qarab turish kerak va iloji boricha ko`zlariga boqib turishi kerak;
- uning gaplarini bo`lmaslik kerak;
- atrofdagi ta`sirlarga berilmaslik kerak;
- iloji boricha tinchlikni saqlashga harakat qilish kerak.
Guruhda ish jarayonida yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlarni hal etishga tayyor bo`lish.

Yüklə 74,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə