Ota-ona-bola” munosabatlari tizimi


Jim o`tiradigan, indamas ishtirokchilarni guruh ishiga jalb qilish



Yüklə 74,16 Kb.
səhifə21/25
tarix15.06.2023
ölçüsü74,16 Kb.
#117338
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Ota-ona-bola” munosabatlari tizimi

Jim o`tiradigan, indamas ishtirokchilarni guruh ishiga jalb qilish.
Boshlovchi ularga qiyin bo`lmagan savollar bilan murojaat qilishi mumkin, ularni juftliklardagi mashqlarga ko`proq jalb etishi, rolli o`yinlarda ularga yetakchi rollarni berishi, ularning tashabbuslarini qo`llashi, guruhning hamma a`zolarining fikrini davra bo`ylab so`rashi kerak.
Qarshilik ko`rsatish - o`zini himoya qilish. Ba`zi ishtirokchilar juda ko`p ichki muammolarga ega bo`lishi mumkin, bunday holat guruh qoidalariga bo`ysunmaslikda ko`rinishi mumkin. Masalan, bahsga chaqiruv; ishonchsizligini ochiq namoyon qilish; boshlovchini nizolarga undash (bunda ishtirokchi boshlovchi o`zini boshqalarday tutadimi yoki yo`qmi ekanligini tekshirib ko`rmoqchi bo`ladi); agar boshlovchi bunday "buzg`unchi" ishtirokchilarning qiliqlariga e`tibor bermasa, ular hech narsa gapirmay jim o`tirish reaksiyasi orqali javob berishlari mumkin. Ishtirokchining qarshiligi u konstruktiv ravishda namoyon eta olmaydigan ichki zo`riqishi bilan bog`liq bo`lishi ham mumkin.
Boshlovchi nima qilishi kerak? Ishtirokchi bilan alohida gaplashib olishi; agar guruhda bitta shunday ishtirokchi bo`lsa, uning ichidagi gaplarni ayta olishi uchun imkoniyat yaratishi; uni nima qiynayotgani, g`azablantirayotgani hakida gaplashish, faol ishlash uslublaridan foydalanish ya`ni zo`riqish, agressiyani susaytiruvchi o`yinlarni qo`llash kerak.
Bahslarda ko`pchilik ishtirokchilar har doim ham o`z fikrlarini muloyim bayon eta olmaydilar va nizolarni hal etish yo`l-yo`riqlarini bilmaydilar. Boshlovchi nima qilishi kerak? Bahsni munozaraga aylantirish, ishtirokchi qo`pol ravishda bayon etgan fikrni qaytadan to`g`rilab aytish, ishtirokchilar o`z fikrlarini ochiq bayon etishlarini so`rash va shundan so`ng boshqalardan biron tomonning fikriga qo`shilishlarini so`rash yoki shaxsiy fikrlarini aytishga undash kerak.
Guruh a`zolari o`rtasida, kichik guruhlar orasida yoki boshlovchi va ishtirokchi munosabatlarida nizoning paydo bo`lishi.
Agar guruhdagi ishtirokchilar yoki kichik guruhlar o`rtasida o`zaro nizolar kelib chiqsa, nizoni konstruktiv yo`l bilan hal etish lozim; agar boshlovchi va ishtirokchi o`rtasida nizo paydo bo`lsa, boshlovchi o`z hissiyotlarini bayon etib ishtirokchi bilan gaplashishga urinib ko`rishi, kompromissga kelishga urinishi va kezi kelganda o`z xatosini tan olishi kerak. U quyidagi qoidani esda tutishi kerak: "Boshlovchi hamma ishtirokchilarga albatta yoqishi va o`zi ham hammani yaxshi ko`rishi shart emas, ular bir-birlarini yaxshi ko`rishga ham majbur emaslar!"



Yüklə 74,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə