Ota-ona-bola” munosabatlari tizimi


Guruhdagi muammoli holatni hal qilish



Yüklə 74,16 Kb.
səhifə24/25
tarix15.06.2023
ölçüsü74,16 Kb.
#117338
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Ota-ona-bola” munosabatlari tizimi

Guruhdagi muammoli holatni hal qilish.
Ba`zida kichik guruhlarda berilayotgan topshiriqlarni hamma ishtirokchilar ham bir xilda bajarishni istayvermaydilar. Trener kichik guruhlarda ba`zi ishtirokchilar tomonidan yuzaga keltirilishi mumkin bo`lgan quyidagi ko`rinishdagi muammolarni hal qilishga tayyor turishi kerak:
- ishtirokchi suhbatga aralashaverib, qolganlarning jig`iga tegishi mumkin;
- ishtirokchi o`zini ko`rsatish uchun boshqalarni tanqid qilishi, noo`rin kamsitishi mumkin;
- ishtirokchi birovlarga nima qilishi kerakligini aytib, aql o`rgatishga harakat qilishi mumkin;
- ishtirokchi gapirayotgan ishtirokchining gapini bo`lishga harakat qilishi mumkin;
- ishtirokchi guruh ishida qatnashishdan bosh tortishi mumkin;
- ishtirokchi topshiriqda tegishli bo`lmagan narsalar haqida gapirib vaqt o`tkazishga harakat qilishi mumkin.


Guruxda bunday muammolarni hal etish uchun quyidagicha yo`l tutish mumkin:

  • Agar guruh ishida og`ishlar ro`y bersa, guruhga muloyimlik bilan vaqt behuda ketayotganligini va berilgan topshiriqni bajarish yoki muammoni muhokama qilish lozimligini eslatish lozim.

  • Muammo tug`dirayotgan ishtirokchi bilan alohida gaplashish kerak. Guruh qabul qilgan qoidalarga to`xtalib, keyin bir kishining xulq-atvori qolganlarga ham salbiy ta`sir qilishini tushuntirish lozim va undan keyingi mashg`ulotlarda guruh bilan hamkorlikda ishlashini so`rash kerak.

  • Boshqalarning so`zini bo`layotgan ishtirokchiga shunday ogohlantirish berish mumkin: "Meni kechirasiz-u lekin sizga shuni eslatib qo`ymoqchiman — guruhning har bir a`zosi gapirish huquqiga ega va uning so`zini bo`lish kerakmas".

  • Agar biror ishtirokchining xulq-atvori va xatti-harakati ishlashga halaqit berayotgan bo`lsa, uni guruhning o`zida ochiqchasiga muhokama qilish kerak. Qilingan harakat yoki aytilgan gapni tanqid qilinadi, uning salbiy tomonini va guruh ishiga halaqit berganligini ko`rsatib beriladi, lekin hech qachon shu ishni qilgan yoki gapirgan ishtirokchining o`zini tanqid qilinmaydi.

  • Mashg`ulot so`ngida guruhning o`zlashtirish darajasini muhokama
    qilish va bunda kimningdir hissiyotlariga tegib ketmaslikka harakat qilish lozim.


Yüklə 74,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə