Otning leksik-grammatik xususiyatlari. Tayyorladi: Tursunmurodova Nargiza 404 guruh



Yüklə 8,73 Kb.
səhifə2/4
tarix23.09.2023
ölçüsü8,73 Kb.
#123229
1   2   3   4
Otning leksik-grammatik xususiyatlari. Tayyorladi Tursunmurodov-fayllar.org

Otning ma’no guruhlari. Otlar ma’no jihatdan quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Atoqli otlar. Bir turdagi narsa yoki hodisalarning birini ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar shaxs ismlari, havonlarning atoqli nomlari, tashkilot va gegrafik makon nomlari, koinot jismlari nomlari, suv havzalari, tashkilot nomlari kabi guruhlar doirasida uchraydi: Alisher, Ulug‘Bek, Zarafshon, Toshkent, Samarqand, Mars kabi. Bunday atoqli otlar o‘zaro tub va yasamaligi hamda tuzilishiga ko‘ra farqlanishi mumkin. Masalan, Lola, Go‘zal, Amir, Gavhar Orol kabi otlar sodda tubIlonli, Do‘stlik, Paxtakor kabi atoqli otlar sodda yasamaUlug‘bek, Alisher, Nurato, Nurobod, Qo‘shrabot, Uchquduq kabi atoqli otlar qo‘shma otlardir. Atoqli otlarning asosiy qismini turdrsh otlar tashkil qiladi. Biroq ular boshqa so‘z turkumlari asosida ham yuzaga keladi. Masalan: Asal, Quvonch, Anor kabilar turdosh otdanO‘lmas, Sotiboldi, Turdi, Tursun kabilar esa fe’ldan, Aziz, Botir, Shirin, Vali kabilar sifatdanTo‘qsonboy, Oltibek kabilar esa sondan, Bultur, Avvalboy kabilar esa ravishdan hosil bo‘lgan atoqli otlardir.

Turdosh otlar bir jinsdagi otlarning umumiy nomini bildiruvchi otlardir. Masalan, inson, daryo, shahar, kitob, daftar. Turdosh otlar quyidagi ma’no guruhlarga mansubligi bilan o‘zaro farqlanadi:

 Aniq otlar bevosita narsa-buyum va shaxs, jon-zot anglatadigan otlardir. Aniq otlar bevosita sanash va ko‘rish mumkin bo‘lgan otlar hisoblanadi. Masalan: kitob, talaba, daraxt, qush

Mavhum otlar his qilish, sezish mumkin bo‘lgan otlardir. Ular ham ko‘plik affikslari bilan qo‘llanmaydigan otlar bo‘lib, ularga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda turlicha ma’no bo‘yog‘i yuzaga keladi. Masalan: sevgi, sezgi, qayg‘u, alam, qadr, oriyat

Jamlovchi va yakka otlar. Bir turdagi narsaning o‘zini ifodalaydigan otlar yakka otlar hisoblanadi: kitob, gul, daraxt kabi. Birlik shaklida bo‘lib, bir xil turdagi narsaning to‘dasi, jamini ifodalaydigan otlar jamlovchi otlardir: xalq, armiya, ko‘pchilik, poda, jamoa, o‘rmon kabilar.




Yüklə 8,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə