Ov. Bkkiston kkspl blikasi



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə4/53
tarix22.12.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#153984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Dinshunoslik. Maxkamov Q (2) (3)

beradigan o’zgarishlar sababli ko’p ming yillar mobaynida insonlar uchun sirli tuyilgan; natijada odamlaming aqli zaif va cheklangan, dunyoning barcha sirlari birgina xudoga ma’lum, undan boshqa hech kim dunyoni bilmaydi degan xulosa kelib chiqqan.


Dinning psixologik ildizi, bunda odamlardagi tashqi olam voqealaridan, jamiyatda ro’y berayotgan turli hodislardan iztiroblanishi, ezilishi, g’am-tashvishga tushib qolishi, qo’rquv vahima, umid va ishonch, shodlanish yoki ruhan tushkinlik holatlari dinning kelib chiqish va mavjud bo’lib turishida katta kuch hisoblanadi. Diniy pand- nasihatlar, turli diniy marosimlar ham diniy psixologiya bilan bog’liqdir.
Shunday qilib, har qanday dinning kelib chiqishi, yashab turishi va amal qilishi ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlari bilan izohlanadi.
Jamiyat hayotida amal qilib kelinayotgan dinlar o’z tashkiliy tizimiga ega bo’lgan murakkab va o’ta moslanuvchan g’oyalardan iborat bo’lib, din jamiyatni uyushtiruvchi, yo’naltiruvchi, safarbar etuvchi, intizomga soluvchi g’oyaviy kuch hisoblanadi. Diniy shiorlar ayrim inqilobiy harakatlami, ba’zi davrlarda g’azovot va salb urushlarini, milliy-ozodlik harakatlarining bayrog’iga aylangan. Dinning jamiyatda: l.Kompensatorlik, 2.Legitimlovchilik, 3, Integratorlik,
4. Kommunikativlik, 5. Regulyatorlik degan ijtimoiy funktsiyalari bor.
Turli diniy manbalarda din azaldan mavjud bo’lib kelgan, xudo esa hamma narsalami: osmon va Emi, koinotni, barcha odamlami, mo”jizaviy yo’qlikdan bor qilib yaratgani aytilgan. Demak, dinning tarixi jamiyat tarixidan awal boshlangan, degan xulosa kelib chiqadi.
Ilmiy adabiyotlarda ko’rsatilishicha, dinning tarixi 50-40 ming yildan ko’p emas, jamiyatning tarixi esa 3 million yildan ziyod. Demak, u tarixiy hodisa, din ibtidoiy jamiyatning quyi bosqichida kelib chiqqan. Biz bu ikkinchi qarashni analiz qilsak, dinning paydo bo’lishidan darak beradigan arxeologik va etnografik ashyoviy dalillarga murojaat etmog’imiz kerak. Arxeologiya fani odamlar yashagan turli tarixiy davrlarda er ostida qolib ketgan qadimiy manzilgoblarni kovlab topadi, ulardan uy-ro’zg’orga, zeb-ziynatga, ish qurollariga , kiyim kechaklarga, me’morchilikka, san’atga oid turli buyumlar, noyob topilmalami
aniqlaydi-lar, ba’zan ko’hna qabrlardan dafii qilish qoidalari, qabrdagi jasad yonida ov qurollari, eb-icbish idishlari, taqinchoqlarga ham duch kelingan, ba’zan esa qush va hayvon-Iaming, afsonaviy mahluqlaming, farishta, ma’budalaming haykallari, turli narsalardan yasalgan shakllari, niqoblar topilganki, ulaming ayrimlari diniy mazmunga ega bo’ladilar.
Din — “arabcha ishonch, ishonmoq”, “lotincha religion” insonni qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan uni va koinotdagi barcha narsalami yaratgan insonga to’g’ri odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o ’rgatadigan ilohiy borliqqa ishonch.
Diniy dunyoqarash - inson tabiavt va jamiyatning paydo bo’lishi tuzilish va kelajagi to’g’risidagi g’ayritabiiy qarashlar va tasawurlar majmui
Diniy kitoblar - ma’lum bir dinning mazmun-mohiyatini anglatuvchi, ta’limot, aqida va umuman dindomi hayot faoliyatini belgilab berilgan manbalar to’plami
Diniy marosimiar - diniy tasavvur va g’oyalami ifoda etuvchi hamda g’ayritabiiy, hayoliy ob’ektlarga qaratilgan jamoa bo’lib bajariladigan ramxiy xatti xarakatlar
Diniy tasalii - diniy e’tiqodning o’ziga hos xususiyati. Dinning kishiga xissiy-psixologik ta’sirida namoyon bo’ladi
Diniy timsol - rivojlangan diniy sistemalar uchun xarakterli bo’lgan belgilar majmui. Masalan: xristianlarda qo’zichoq - Isoni, kabutar - muqaddas ruxni, triratna - Buddizm, xayot g’ildiragi - lamaizmda
Dinning jamiyatdagi vazifalari Kompensatorlik(tasalii beruvchilik) insondagi doimiy extiyoj Integratorlik (birlashtiruvchilik) e’tiqod qiluvchilami shu ta’limot doirasida birlashtirishga xarakat qiladi
Regulyatoriik (nazorat qiluvchilik) urf-odat marosim bayramlarni qt’iy tartibda bajarilishini nazorat qiladi
Kommunikativ (aloqa bog’lovchilik) din o’z qavmlarining birligini jamiyat bilan shaxsning o’zoro aloqadorlikda bo’lishini ta’minlashga intiladi

8

Legitimlovchilik (qonunlashtiruvchilik) Parsons “har qanday ijtimoiy sistema muayyan cheklovlarsiz bo’lmaydi”.


Dinni ildizi haqidagi qarashlar
E. Taylor “faylasuflik qilgan yowoyi odamga borib taqaladi - savollar bergan o’ziga”, lchi yolg’onchi lchi nodonni uchratganida din paydo bo'ldi,
Dinlar tasnifl Tarixiy geografik jixatga ko’ra Etnik jixatga ko’ra E’tiqod qiluvchilar soniga ko’ra Hozirgi davrda mavjudligiga ko’ra Politeistik (ko’p xudolik), monoteistik (yakka xudolik)
Tarixiy geografik tasnif O’rta er denglzi xavzalari dinlari; yunon, rim, ellin Qadimiy Yaqin va O’rta Sharq dinlari; misr, shumer, akkad, somiy islomgacha bo’lgan arab dinlari _ Yaqin va O’rta sharq payg’ambarli dinlar; zardusbtiylik, yaxudiylik, xristianlik, islom Xindiston dinlari; Vedalar, Xinduizm, Buddizm, Jaynizm
Sharqiy va Janubi Sbarqiy Osiyo dinlari; Buddizm, Xitoy dinlari, Koreya va Yaponiya dinlari Amerika xindulari dinlari; toltek, atstek, ink, mayyalar Etnik tasnif; urug’ qabila dinlari, millat dinlari, jaxon dinlari

Eng qadimgi dinlar tabiat kuchlarini ilohiylashtirish asosida kelib chiqqan bo’lib, ularda xudolar, payg’ambarlar, ilohiy rivoyatlar shakllangan emas edi. Lekin boshidanoq o’sha dinlarda tabiatdagi hayvonlarni, o’simliklami, ayrim daryo-lar, tog’lar, osmon jismlari, avlodlar ruhini ilohiylash-tirish, ularga bag’ishlangan turli marosimlar mavjud bo’lgan.


O’sha davrda totemizm, animizm, fetishizm, zardo’shtiy- otashparastlik, magiya (sehrgarlik) dinlari kelib chiqqan.
9
TOTEM1ZM - Shimoliy Amerikada yashovchi Ojibva qabilasiga mansub aikonginlar tilidan olingan bo’lib “uning urug’i” ma’nosini bildiradi. Totem atamasi 1791 yil Dj. Long tomonidan ilmiy muomilaga kiritilgan. XIX-XX asrlarga kelib Dj Mak Lenan, Robertson Smit Frezerlar tomonidan keng tadqiq qilingan. Bugungi kunda e’tiqodning ushbu shakli Avstraliyada, Xindistonda va Afrikaning bir qator hududlarida keng tarqalgan. Etnograf olim A. Zolotarevning tarificha “totemizm - qarindoshlik munosabatlarining diniy anglashning dastlabki shaklidir”

Ma’lumki, odamlar tirikchiligi ibtidoiy jamiyatda dastlabki davrlarda tabiatda mavjud bo’lgan o’simliklarga va yowoyi hayvonlami ovlab ist’emol qilishga bog’liq edi. Ovchilar eng ko’p ovlagan hayvon yoki qushlami, jonivorlarni alohida hurmat qilganlar. Asta-sekin odamlar o’z urug’-avlodlari ana shunday hayvonlar bilan qon-qarindosh bo’lgan, hatto shu hayvonlardan kelib chiqqanmiz deb, o ’ylaganlar.
Totem hisoblangan hayvon yoki o ’simlik odamlar urug’ining homiysi deb, totemning “yordamiga” ko’z tikkanlar, raqs sehri bilan, ba’zan esa marosimlar qilish yo’li bilan totemga ta’sir qilish mumkin deb tasaw ur qilganlar. Masalan, maxsus marosimda totem hisoblangan huyvonni so’yib, uning qoni va go’shtidan tabarruk va muqaddas taom

10
sifatida iste’-mol etishgan. Bundan asosiy maksad totem bilan qon- qarindoshlikni yanada mustahkamlash bo’lgan.


Totem bo’lgan hayvon yoki qushlar, o’simliklar turli mintaqalarda, turli urug’larda turlicha bulgan. Ko’pincha kenguru, tuyaqush, ayiq, sher, yo’lbars, maymun, sigir, tog’ echkisi, baliq, ilon, hakka, qaldirg’och, fil, ho’kiz, ot, xo’roz, burgut, kiyik, musicha kabilar totem hisoblangan. Urug’lar nomi totem bo’lgan hayvon, qush yoki o’simlik nomi bilan atalgan. Hozir avstraliyalik tub-joylik aholi urug’lari kenguru, oq xo’roz, qora ho’kiz deb nomlanadi. Amerikadagi hindu urug’lari Katta Ilon, Burgut ko’z, Qora sirtlon kabi nomlar bilan atalgan. Totem shamol, quyosh, yomg'ir, momaqaldiroq, suv, temir, hattoki alohida hayvonlar yoki o'simliklaming qismlari, masalan, kaplumbaga boshi, cho'chqaning oshqozoni, barglaming uchlari va boshqalar bo'lishi mumkin, lekin ko'pincha bu - hayvonlarning sinflari va boshqalaran umumiy foydalanilgan. Masalan, Shimoliy Amerikadagi Ojibva qabilasi


23 ta avloddan iborat bo'lib, ulaming har bin o'z totemini maxsus hayvon (bo'ri, ayiq, qunduz, sazan, baqajon, o'rdak, ilon va boshqalar) deb hisoblaydi; Ganada anjir daraxti va makkajo'xori urug'i totem bo'lib xizmat qiladi. Totemizm ayniqsa gullab-yashnayotgan Avstraliyada, hatto butun tashqi tabiat ham mahalliy aholi totemlarining timsolidir. Shunday qilib, Gambir tog'idan kelgan avstraliyaliklar orasida yomg'ir, momaqaldiroq, chaqmoq, bulutlar, do'l qarg'a to'dasiga, ilonlar - baliq, muhrlar, ba'zi daraxt turlari ilon totemiga tegishli; Port Makkaydagi qabilalar orasida quyosh kanguroning totemini, oy alligator totemini anglatadi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə