Ov. Bkkiston kkspl blikasi


yoki tabiat hodisalariga ta’sir ko’rsatish maqsadida bajariladigan sehrgar hatti-harakatidir



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə7/53
tarix22.12.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#153984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53
Dinshunoslik. Maxkamov Q (2) (3)

J > / Y

yoki tabiat hodisalariga ta’sir ko’rsatish maqsadida bajariladigan sehrgar hatti-harakatidir.


Sehrgarlik harakatining shakllari turlicha bo’lib, ular hayotning har xil sohasida qo’llanilgan. Muhabbat sehri, ishlab chiqarish magiyasi, dushmanni engish sehri-avrash kabi turli ibodat va harakatlar ancha keng tarqalgan. Mehnat va ishlab chiqarish magiyasiga turli sehrli marosimlar bag’ishlangan. Oila-nikohga bag’ishlangan ko’pgina sehrgarlik marosimlari, rasm-rusumlar va odatlar mavjud. Masalan, kelin-kuyov boshidan tangalar, qandlar sochish, ulaming oyog’i ostiga oq poyondoz solish, shirin choy ichirish, kelinning oyog’ini kuyov bosishi yoki aksincha, kelin kuyov oyog’ini chaqqonlik bilan bosib olishi kabi qiziq odatlarda kelajakda oilaviy hayotni yaxshi, ahl, shirin, boy-badavlat bo’lishiga ko’maklashadi degan maqsadlar ko’zda tutilgan. Ovga borishdan awal hayvonlar rasmiga yoki terisiga ustalik bilan nayza sanchish mashqi yoki sehrli harakat raqsi eng qadimgi ovchilar
hayotida keng tarqalgan.
Xalqimiz o’rtasida chilyosin qilib kasalni davolash odati ham tez- tez o’tkaziladi. Bu marosim sehrgar-baxshilar tomonidan o ’tkaziladi. Odatda birorta qo’y yoki echki so’yiladi, uning qoni bemor kishining ko’kragiga, qomiga, oyoq-qo’llariga, peshonasiga surtiladi, nim qorong’u xonada Qur’onning Yosin surasini qixq marta tilovat qilib, kasal kishiga dam solinadi, uning atrofida «ha chiq, ha chiq!» deb zikr raqsiga tushiladi, sirli duolar o’qilib musiqa chalinadi, xipchin bilan kasalni engilroq darajada savalab, «uning ichiga kirib olgan ins-jinslar» haydaladi. Kasal ruhiga ta’sir qilishga mo’ljallangan bu sehrli marosimdan so’ng kasal yo tuzaladi yoki vafot qiladi. “Chilyosindan chiqibdi yoki chiqa olmabdi” degan xabar el orasida shu odat tufayli kelib chiqqan.
Sehrgarlik dini hozirgi zamonda ham folbinlik shaklida; dam solish, isitma-sovutma, qaytarma qilish, “ilmi-amal”, “oldini boylash” kabi shakllarda xalq orasida saqlanmoqda.
Umuman ibtiodiy jamiyatda totemizm, anemizm, feti-shizm, shomonizm va sehrgarlik kabi dastlabki dinlar paydo bo’lgan, ular
18

asosan tabiat kuchlarini ilohiylashtirgan, ammo bu dinlarda xudolar, payg’ambarlar, muqaddas kitoblar paydo bo’lmagan edi. Ibtidoiy dinlar ulardan keyin kelib chiqqan dinlarga kuchli ta’sir qilgan, ulaming ayrim ko’rinishlari hozir ham mavjud. Ov bilan, chorvachilik bilan shug’ullangan xalqlarga ayrim o’simliklar va osmon jismlarini ilohiylashtirish xos bo’lsa, hunarmandlar uchun pirlarga, ma’budalarga sig’inish xos edi.


Afsungarlik, jodu, duoxonlik, avlodlar ruhiga sig’inish ham o’sha davrdagi dinlarga xos edi. Din madaniyat tizimiga kirgan ko’pgina marosimlami o’sha ilk davrlarda vujudga keltirgan.


Munozara uchun savollar

    1. Din qanday kelib chiqdi?

    2. Totemizm nima?

    3. Animizm qanday e’tiqod?

    4. Shomonizm e’tiqodini maqsadi?

    5. Ko’p xudolik haqida gapiring?.



Adabiyotlar

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rif ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko’tarish to’g’risida” qarori Toshkent shahri, 2017 yil 28 iyul.

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevral kuni “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni

  3. Karimov I. Imon va inson. Т., “Fan” 1991 y.

  4. Karimov I. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat “O’zbekiston” 1992 у. -B.6-7.

  5. Jo’raev U, Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T. 1998.

  6. Dinshunoslik asoslari. T. “O’zbekiston”. 1995 y.

  7. Krivelov LA. Istoriya religiy. M. 1989.

19

  1. MAVZU: URUG‘-QABILA VA MILLIY DINLAR MILLIY DINLAR


Reja:

  1. Qadimgi Xitoy milliy dinlari: konfutsiychilik va daosizm.

  2. Qadimgi Xindiston milliy dinlari: xinduizm va jaynizm

  3. Yaponiya milliy dini: Sintoizm (Shintoizm)

  4. Yaxudiylik dini

Mavzuning o ’quv maqsadi: Talabalarga ilk diniy tasavvurlar natijasida paydo bo’lgan urug’ qabila dinlari va shu asosda shakllangan milliy dinlar haqida ma’lumot berish.
Tayanch iboralar: Ma’budlar, Rim xudolari, Zevs, Afina, Aid Set, Dao, Yaxve, Ameterasu.

Insoniyat tarixida quldorlik tuzumida dastlabki sinfiy antogonistik munosabatlar, xususiy mulkchilik munosabati hukmronlik qilgan, dastlabki davlat darajasidagi siyosiy kuchlar paydo bo’lgan edi.


Ishlab chiqarish jarayonida ovcliilik, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdogarlik, me’morchilik, harbiy kuchlar, urush harakatlari, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy hayotda sinfiy va tabaqaviy bo’linish, san’at turlari, sport musobaqalari, aqliy va jismoniy mehnat turlari paydo bo’lishi natijasida diniy tasawurlarda ham keskin o’zgarishlar yuz berdi.
Tarixiy jarayonlaming ob’ektiv rivojlanish qonuniyat-lari hali inson tomonidan anglab etilmaganligi, tabiat va jamiyatda sodir bo’layotgan yaxshi va yomon voqea-hodisalar sabablari odamlar uchun noma’lum bo’lganligi uchun ana shu sabablar ilohiyotdan qidirilgan, shunga muvofiq keladigan mifologik obrazlar, rivoyatlar to’qilgan. Shu tariqa ilohiyotning oliy obrazlari-xudolar to’g’risida, ma’budalar haqida tasavvurlar paydo bo’lgan.
Politeizm, ya’ni grekchada poli-ko’p, teos-xudo - ko’p xudolik dini quldorlik davrining klassik dini edi. Siyosiy hokimiyat, hukmron tabaqalar, quldor zodagonlar, sarkarda-lar, podsholar siyosatiga va ijtimoiy mavqeiga mos keladigan xudolar va ilohiy homiylar ham to’qilgan. Natijada Osmon, Quyosh, yulduz, yorug’lik va zulmat, oy, yil
20

fasllari, suv, shamol, o’rmon, tog’, bo’ran, dengiz, Er osti, dehqonchilik, uzumchilik, o’tloqlar, hayvon va o’simliklar, urush, adolat, omad, oila, muhabbat, go’zallik xudolari, ma’budalari, bosh xudolar, yaxshilik, yovuzlik xudolari kabi ko’pdan ko’p xudolarga sig’inish vujudga kelgan.


Qadimgi greklar dini (xristian dinigacha bo’lgan davrlardagi) politeizm - ko’p xudolikning klassik namunasi-dir. Osmon egasi, bosh (pontion) xudo Zevs qadimgi greklaming oliy xudosi edi. Uning ukasi Poseydon dengizlar xudosi edi, yana bir ukasi Aid er osti xudosi, Zevsning rafiqasi (xotini) Gera er-xotinlikning homiysi edi. Ares - urush xudosi, Afina - donolik ma’budasi, Apollon - Quyosh xudosi va san’at homiysi, Artemida - Oy ma’budasi va ovchilik homiysi, Dionis - uzumchilik, vinochilik va ayshu ishrat, hosil, dehqonchilik xudosi edi. Grek xudolarining “hayot yo’lini” o’zlarining hayot yo’lidan kam farq qiladi. Masalan, grek jangchilari jang oldidan Xudo - Aresga sig’inib undan g’alaba qozonishga ko’mak-madad kutadilar. Agar urushda zafar qozonsalar Ares sharafiga katta, tantanali, bayramona Marosim o’tkazadilar. Er osti xudosi Aid saltanatida vafot qilgan oliy tabaqa vakili joni-ruhi yaxshi nufuzli o ’rinni egallasa, qullar, qashshoq kishilar joni-ruhi ayanchli ahvolda yashaydi. Ya’ni Er yuzida tenglik bo’lmaganidek, oxiratda, Er ostida ham tenglik bo’lmaydi.Qadimgi rimliklarda ham greklamiki kabi ko’p xudolar mavjud edi. Rimliklaming bosh xudosi Yupiter, urush xudosi Mars, Yupiteming xotini Yunona, Donolik ma’budasi Venera, eng e’zozlanadigan xudolar edi. Rimliklar ajdod ruhiga ham sig’inganlar. Rimliklar tomonidan bosib olingan eronliklar xudosi Mitra, Misr ma’budasi Isida ham Rim xudolari qatorida hurmat qilingan. Milliy dinlar uzoq evolyutsion o’zgarishni boshidan kechirganlar.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə