Ovqatlanish maxsulotlari ishlab chiqarish texnalogiyasi’’ fanidan kurs ishi mavzu



Yüklə 2 Mb.
səhifə4/11
tarix11.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#143747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishi

Oqsilning birlamchi strukturasi
Oqsilning birlamchi strukturasi oqsil tuzilishining eng oddiy darajasi boʻlib, polipeptid zanjiridagi aminokislotalarning ketma-ketligi hisoblanadi. Misol uchun, insulin gormoni quyidagi diagrammada koʻrsatilgan ikkita A va B polipeptid zanjiriga ega. (Bu yerda koʻrsatilgan insulin molekulasi sigir insulinidir, uning tuzilishi inson insuliniga oʻxshash.) Har bir zanjir oʻzining maʼlum tartibda joylashgan aminokislotalar toʻplamiga ega. Masalan, A zanjir ketma-ketligi B zanjir ketma-ketligidan farq qiladi va A zanjirning N-oxiri glitsin bilan boshlansa, C-oxiri asparagin bilan tugaydi. 


Insulin rasmi. Insulin A zanjir va B zanjirdan iborat. Ular bir-biriga disulfid bogʻlar (sisteinlar orasidagi oltingugurt-oltingugurt bogʻlari) bilan bogʻlangan. A zanjirda ichki disulfid bogʻlanish ham mavjud. Insulin zanjirini tashkil etuvchi har bir aminokislota bir-biriga bogʻlangan doiralar koʻrinishida ifodalangan va har bir doira aminokislotaning uch harfli qisqartmasi bilan nomlangan..Oqsil ketma-ketligi oqsilni (yoki oqsilning bir qismini) kodlovchi gen DNKsi tomonidan belgilanadi. Gen DNKsi ketma-ketligining oʻzgarishi oqsil tarkibidagi aminokislotalar ketma-ketligining ham oʻzgarishiga olib kelishi mumkin. Oqsildagi hattoki bir aminokislota ketma-ketligining oʻzgarishi ham oqsilning umumiy strukturasi va vazifalariga taʼsir koʻrsatadi.Misol uchun, bitta aminokislotaning oʻrin almashinib qolishi qizil qon tanachalariga taʼsir koʻrsatuvchi irsiy kasallik hisoblangan oʻroqsimon hujayrali anemiyani keltirib chiqaradi. Oʻroqsimon hujayrali anemiyada qonda kislorod tashuvchi gemoglobinni tashkil qiluvchi polipeptid zanjirlaridan birining ketma-ketligida biroz oʻzgarish yuzaga keladi. Odatda gemoglobin β zanjirining (gemoglobinni tashkil etadigan ikki turdagi oqsil zanjirlaridan biri) oltinchi aminokislotasi boʻlgan glutamat kislota valin bilan almashadi. Quyidagi diagrammada β zanjirning bir qismidagi oʻzgarish koʻrsatilgan.

Normal gemoglobin zanjiri va oʻroqsimon hujayrali, mutant gemoglobin zanjirlari rasmi. Oʻroqsimon hujayrali zanjirda glutamat kislotaning oʻrniga valin almashgani koʻrsatilgan.Shuni eʼtiborga olish kerakki, gemoglobin molekulasi ikkita α va ikkita β zanjirdan iborat va ularning har biri 150 ta aminokislotani oʻz ichiga oladi, umumiy bitta oqsilda 600 ta aminokislota boʻladi. Normal gemoglobin molekulasi va oʻroqsimon hujayra molekulasi taxminan 600 ta aminokislotadan 2 tasida farq qiladi.Kimning tanasida oʻroqsimon hujayrali gemoglobin hosil boʻlsa, oʻsha odam oʻroqsimon hujayrali anemiya simptomlariga chalinadi. Buning sababi shuki, glyutamat kislotaning valin aminokislotaga oʻzgarishi gemoglobin molekulalarini uzun tolalarga aylantiradi. Tolalar disk shaklidagi qizil qon hujayralarini yarimoy shakliga oʻzgartiradi. Quyidagi qon namunasida normal hujayralar bilan aralashib ketgan “oʻroqsimon” hujayra koʻrsatilgan.

Manba: OpenStax Biology. Ed Usmonga tegishli material moslashtirib olingan; oʻlchov maʼlumoti Matt Rassell tomonidan taqdim qilingan.
Oʻroqsimon hujayra qontomirlardan oʻtishga urinayotganida tiqilib qoladi. Tiqilgan hujayralar qon oqimini pasaytiradi va natijada oʻroqsimon hujayrali anemiyaga chalingan insonlarni nafas qisishi, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi va qorin ogʻrishi kabi bir qancha muammolar bezovta qilishi mumkin.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə