Ovqatlanish va salomatlik



Yüklə 137,36 Kb.
səhifə3/7
tarix20.10.2023
ölçüsü137,36 Kb.
#128914
1   2   3   4   5   6   7
gigiyena fannidan 2-9 gacha

Meniral moddalarning turli ahamiyatli vazifalari mavjud:
- ko’pgina fermentativ tizimlarning vazifasi va strukturasini belgilaydi;
- alohida muhim fiziologik jarayonlarning normal kechishini ta’minlaydi;
- to’qima tuzilishi va plastik jarayonlarda qatnashadi;
- qondagi tuz tarkibini belgilaydi;
- suv-tuz almashinuvini normallashtiradi.
Organizmga mineral moddalar meva va sabzavotlar bilan kiradi. Ularning katta ahamiyati shundaki, ular biologik bog’liq tuzilmalarda bo’lib, bu komplekslar organizm tomonidan yaxshi hazm bo’ladi. Organizmga kirgan mineral moddalarning absalyut kirishigina emas, balki, ularning miqdori ham ahamiyatlidir. O’simlik mahsulotlari oksidlanadi, hayvon (tovuq, tuxum, mol go’shti) qaytariladi. Bu esa goleostoz uchun katta ahamiyatga ega. Tuzlarning (K ionlari) miqdori oshishi hazm bo’lish jarayonini ratsional kechishini ta’minlaydi. Na ionini oshishi esa hujayra, nafas olishini qiyinlashtiradi, himoya kuchlarini susaytiradi, anobolizm jarayonlari ham susayadi. Na miqdorining keskin oshishi organizmda suyuqlikni ushlanib qolishiga, qonda osmatik bosimini ko’tarilishiga, bu esa to’qimalardagi suyuqlikni qonga o’tkazishga, tomirlar to’lishiga, arteral bosimi oshishiga olib keladi.

Davolash-profilaktika muassasalari gigienasining qurilishining asoslari


Davolash-profilaktika muassasalari qurilishining gigiyenik asoslari
Zamonaviy kasalxona haqiqatan ham loyihalashtirishning engmurakkab obyektlariga kiritiladi, chunki u ko‘p komponentli injenerlikmajmuasi boiib, u turli davolash va davolash-tashxis bo’limlari,shuningdek, ma’muriy va xo‘jalik-maishiy ahamiyatga molik boiganbinolardan tarkib topgan.Davolash-profilaktika muassasalari oldida turgan vazifalar deyarlio‘zgarmagan. Bemorga o‘z vaqtida yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish va eng muvofiq davolovchi-himoyalovchi tartibni yaratish faqatgina bu muassasalarni rejalashtirish va jihozlashga boigan sanitargigiyenik talablarga qat’iy rioya qilish orqaligina erishishi mumkin.
Davolash-profilaktika muassasalarining arxitektura rejalashtiruvchiyechimi kasalxona ichi infeksiyalarining oldini olishda muhim ahamiyatkasb etadi, ular davolash komplekslarida kasallik qo‘zg‘atuvchilariningtarqalishini kamaytirish yoki oldini olishga qaratilgan.Kasalxona gigiyenasi davolash-profilaktika muassasalarini joylashtirish, loyihalashtirish sanitar-texnik ta’minoti bo‘yicha me’yor va talablarni ishlab chiqadi. Uning maqsadi bemorlar uchun eng muvofiq shartsharoitlar yaratish, samarali davolash jarayonlarini olib borish va tibbiyxodimlar uchun muvofiq mehnat sharoitlarini yaratishdir.
O‘zbekiston Respublikasida turli davolash-profilaktika muassasalarimavjud, ular turli vazifalar va qat’iy belgilangan funksiyalami amalgaoshiradilar. Ularga quyidagilar kiradi:
- kasalxona muassasalari (turli quvvatga ega boigan kasalxonalar vamarkazlar);
-dispanserlar (silga qarshi, teri-tanosil, onkologik, psixonevrologikva
- ambulator-poliklinika muassasalari (shahar, tuman, stomatologik poliklinikalar, tibbiy-sanitariya qismlari
-onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari (tug‘uruqxonalar,komplekslar, mehribonlik uylari va b.);- sanator-kurort muassasalari;
- tez tibbiy yordam muassasalari;
- sanitariya-epidemiyaga qarshi muassasalar (SEOA, dezinfeksiya stansiyalar, o‘ta xavfli karantin infeksiyalarga qarshi kurash markazi.
Aholiga davolash-profilaktika yordam ko‘rsatish tizimida statsionaryordam ko‘rsatish muhim o‘rin egallaydi.Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash zamonaviy yuqorisifatli tibbiy va injenerlik jihozlari bilan jihozlangan, tarkibida markazlashgan davolash-tashxislash va yordamchi xizmatlar, barcha tibbiytexnologik va sanitar-gigiyenik talablarga javob beradigan ko‘p profilliva ixtisoslashtirilgan kasalxonalarda olib borishni taqozo etadi.Kasalxona aholiga na faqat statsionar davolash xizmatini ko‘rsatadi,balki ixtisosliklar bo‘yicha maslahatlarni amalga oshiradi va profilaktikchora-tadbirlar o‘tkazadi.
Yirik kasalxonalar (viloyat, Respublika miqyosidagi) shuningdek, tashkiliy-metodik ishlarni olib boradilar.Kasalxonalar yuqori malakali va ixtisoslashtirilgan davolash faoliyati bilan birgalikda kasalliklarning qaytalanishini oldini olish, davolashning samarasini hisobga olgan holda profilaktik nazoratni tashkillashtiradi, mehnatga layoqatligini ekspertiza qilish bo‘yicha, bemorlarning sog‘lig‘ini tiklashga qaratilgan davolash va bemorlarni oddiyhayotga qaytarish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi.
Kasalxonalar viloyat (Respublika), shahar, markaziy, tuman qishloqva uchastka turlariga bo‘linadi. Kasalxonalar ko‘p profilli turliixtisoslashtirilgan bo‘limlarda va ixtisoslashtirilgan (bir profilli -yuqumli kasalliklar, sil kasalliklari va ruhiy kasalliklar va b.) kasalxonalarga boMinadi. 2000-yildan tez tibbiy yordam ko‘rsatish kasalxonasitashkil etilgan.Kasalxonalarni joylashtirish, loyihalashtirish va sanitar-texnikobodonlashtirish bo‘yicha gigiyenik talablarni ishlab chiqishda 2 taasosiy vaziyatni inobatga olish lozim.- Bemorlar uchun statsionarda eng maqbul sharoitlami yaratisdavolovchi-himoyalovchi tartibni ta’minlash, kasalxona ichi infeksiyalarining tarqalishini oldini olish va atrof-muhitning nomuvofiq ta’sirini(shovqin, atmosfera havosidagi toksik moddalar va b.) yo‘qotishgaqaratilgan tadbirlarni olib borish; Kasalxona muassasalari tibbiy xodimlar uchun ishlab chiqarismuhiti boiib, u yerda ionlantiruvchi nurlanishlar, rentgen nurlari, lazer,ultratovush, O‘YUCH-maydon, turli dori vositalari, anestetiklar vaboshqalar qoilaniladi.Tibbiy xodimlaming ishi o‘ziga xos boiib, u yuqori darajada asabruhiy zo‘riqish, tungi navbatchilik, ekstremal vaziyatlar va boshqalarbilan ta’riflanadi. Bu xususiyatlami hisobga olgan holda eng maqbulmehnat sharoitlarini yaratish, kasb kasalliklarning oldini olish muhimdir

Havo muhiti va quyosh radiatsiyasining gigienik tavsifi va ekologik ahamiyati.


Quyosh radiatsiyasi - Quyoshning elektromagnit va korpuskulyar (zarra) nurlanishi. Quyosh radiatsiyasi Yerdagi deyarli barcha jarayonlarning energiya manbai hisoblanadi. Korpuskulyar Quyosh radiatsiyasi asosan protonlardan iborat boʻlib, Yer yaqinidagi tezligi 300–1500 km/sek, oʻrtacha konsentratsiyasi 5—80 ion/sm2. Quyosh faolligi maksimum, boʻlganda va katta chaqnashlardan keyin Yer yaqinidagi protonlar konsentratsiyasi 103 ion/sm2gacha yetadi. Quyosh chaqnashlari paytida katta energiyali (7-103eV) zarrachalar (asosan, protonlar) paydo boʻladi. Yerga tushayotgan umumiy kosmik nurlar chaqnashini Quyosh radiatsiyasi koʻrini-shida ifodalaydi. Quyosh elektromagnit nurlanishining asosiy qismi spektrning koʻzga koʻrinadigan nurlari qismiga toʻgʻri keladi. Quyosh toʻla nur energiyasining Yer atmosferasidan tashqarida (Quyoshdan 1 astronomik birlik uzoqlikda)gi Quyosh nurlariga tik boʻlgan 1 sm2yuzada 1 min.da tushadigan miqdoriga quyosh doimiysi deyiladi. Quyosh doimiysi Quyoshning u.mumiy energiyasini hisoblash, tadqiq etish, uning Yerga taʼsirini oʻrganish maqsadida maxsus aktinometrik styalarda oʻlchab boriladi. Quyosh doimiysining hozirgi paytdagi qiymati 1,95 kal/(sm2min) yoki 136-106 erg/(sm2sek.). Quyosh faolligi maksimumga yetganda Quyosh nurlanishi bir oz ortadi, lekin bu miqdor umumiy nurlanishning 1% dan ortmaydi. Quyoshning radionurlanishlari Yer atmosferasidan toʻliq oʻtmaydi, chunki atmosfera radiodiapazonning bir necha mm dan bir necha m gacha qismi uchungina shaffofdir. Radionurlanishlar Quyoshning faolligi bilan bogʻliq. Quyosh radionurlanishlari juda ham kuchsiz boʻlib, F=10~22Vt/(m2sekTs) birlikda oʻlchanadi. Quyoshning qisqa toʻlqinli nurlanishlari Yer atmosferasida toʻla yutilib qoladi. Bu nurlanishlarga oid maʼlumotlar asosan, geofizik raketalar, Yer sunʼiy yoʻldoshlari va kosmik zondlar yordamida olinadi. Quyoshning rentgen nurlanishlari (toʻlqin uz. \A dan 100 A gacha) tutash va ayrim chiziqlarning nurlanishidir. Bu nurlanishlarning intensivligi quyosh faolligiga mos ravishda quchli oʻzgaradi (Yer orbitasida 0,13—1erg/sm2-sek) va faollik maksimumga yetganda rentgen nurlanishlari spektrning qisqa toʻlqinlarida kuchayadi. Quyoshning rentgen va ultrabi-nafsha nurlari juda oz (15 erg/sm2sek) energiya olib kelsa-da, bu nurlanishlar Yer atmosferasining yuqori qatlamlariga kuchli taʼsir qiladi. Quyoshda gamma nurlanishlari ham topilgan, lekin u yetarlicha oʻrganilmagan.
Quyoshdan kelayotgan nurlar òz navbatida 3 turga bolinadi
Tòģri radiatsiya, tarqoq radiatsiya va yalpi radiatsiya
Quyoshdan kelayotgan nurlar yer yuziga toģridan toģri yetib kelmaydi undagi ultra binafsha nurlari ozon qatlamida ushlab qolishini yana atmosfera qatlamlarida ushlab qolinishi va koplab misollar keltirsa boladi.
Quyosh radiatsiyasi yani nur sochib turish davomiyligini respublikamizning har bir viloyatlarida mavzud bolgan meteorologik stansiyalarda qayd qilib boruvchi GELEOGRAF
òzi yozib boruvchi asbobidan voydalaniladi bundan tashqari
Toģri radiatsiya akktinometr
Qaytgan radiatsiya ALBIDOMETR
Yalpi radiatsiya PIRONOMETR
Asboblari yordamida òlchab qayd etib boriladi

Suv salomatlisk omili


Suv (kimyoviy formulasi: H2O) — hidsiz, rangsiz, taʼmsiz, shaffof, suyuqlik shaklidagi kimyoviy moddadir (normal holatda) Yer sirtining 71 foizini egallaydi (~1.460 × 1015 killogram); Yerdagi suv asosan okean, dengiz, koʻl, daryo (95,6 %) kabi suv havzalarida, shuningdek muzlar, yer osti suvlari (1.6 %) va atmosferadagi suv bugʻlari, bulutlarda (0.001 %) yigʻilgan.
Bundan tashqari suv organizmlar tarkibida ham mavjud.
Suv kuchli eritgich hisoblanadi. Tabiatda uning tarkibida odatda eritilgan holdagi moddalar (tuzlar, gazlar) mavjuddir. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va ob-havoning shakllanishida suv muhim ahamiyatga ega. Hech qanday tirik organizm suvsiz hayot kechira olmaydi. Suv qishloq xoʻjaligi va sanoatdagi barcha texnologik jarayonlarning zaruriy qismidir.
Suv tabiatda keng tarqalgan. Yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. Gidrosfera — okeanlar, dengizlar, koʻllar, suv havzalari, daryolar, Yer osti suvlari, tuproqlar namini oʻz ichiga olgan Yerning suvli pusti 1,4— 1,5 mlrd. km³ ni tashkil etadi. Atmosferada suv bugʻ, tuman, budut, yomgʻir, qor holatida boʻladi. Quruqlikning 10 % ga yaqin qismi muz bilan qoplangan. Litosferayaa gidrosferadagiga yaqin miqdorda, yaʼni 1—1,3 mlrd. km³ suv bor. Yer mantiyasida ulkan miqdorda (13—15 mlrd. km³) suv bor. Barcha tirik organizmlardagi suv Yer yuzidagi daryolar suvining yarmiga teng. Yerdagi hamma suv bir-biri bilan va atmosfera, litosfera, biosferadagi suv bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi (qarang Suv aylanshii).
Tabiiy sharoitda suv tarkibida doimo erigan tuzlar, gazlar va organik moddalar boʻladi. Ular miqdori suvning hosil boʻlishiga va sharoitiga bogʻliq. Suvdagi tuz konsentratsiyasi 1 g/kg gacha boʻlsa — chuchuk, 25 g/kg gachasi — tu zli, undan yuqorisi — shur suv deyiladi. Yogʻin Si, chuchuk, koʻl va dare Si kam mineralli boʻladi. Okean suvining shoʻrligi 35 g/kg ga yaqin, dengizniki kamroq, chuchuk suvda N SO", Sa2Q va Mg2Q ionlari koʻproq. Suvning mineralligi oshgan sari S O, S1~, NaQ va KQ ionlarining konsentratsiyasi koʻpayib boradi.
Tabiiy suvda erigan gazlar — azot, kislorod, karbonat angidrid, asl gazlar, baʼzan, vodorod sulfid, uglevodlar boʻlishi mumkin. Suvda organik moddalar konsentratsiyasi oz — darelarda oʻrtacha 20 mg/l, Yer osti Sida yanada oz, okean Sida esa 4 mg/l.
Vodorodning 2 ta barqaror izotopi (ʻH va 2H) va kislorodning 3 ta izotopi (|6O, O17, |8O) borligi tufayli 9 ta turlicha izotopli S maʼlum. Yerdagi barcha suvda tarkibida vodorodning izotopi — tritiy (3H) boʻlgan 13 — 20 kg „oʻta ogʻir“ suv bor (qarang Ogʻir suv).
Suv keng tarqalganligi va uning insonlar hayotidagi ahamiyati kattaligi tufayli qadimdan hayot manbai xisoblanadi. Qad. dunyo faylasuflari fikricha, suv hayot uchun zarur boʻlgan 4 unsurning biridir (olov, havo, tuproq qatori). Shu bilan birga suv sovuqlik va namlik eltuvchisi deb ham qaralgan. XVIII asrning oxirigacha suvni individual kimyoviy element deb kelindi. 1781—82 yillarda ingliz olimi G. Kavendish Sni ilk bor vodorod va kislorod aralashmasini elektr uchquni bilan portlatib sintez qilgan. 1783-yilda francuz olimi A. Lavuazye bu tajribani takrorlab, suvning vodorod va kisloroddan tarkib topganligini tasdiqladi. 1772-yil francuz fizigi Delyuk suvning maksimal zichligi 4°da boʻlishini aniqladi. Suvning muhim fizik-kimyoviy xossalari jadvalda berilgan.
Suv — universal erituvchi. Unda gazlar yaxshi erishsh. Suv elektrolit boʻlganligidan koʻpgina kislota, asos va tuzlarni eritadi. Suvning oʻzi ham yaxshi eruvchan modda. Vodorod bilan kislorod qoʻshilib suv hosil boʻlishida issiqlik ajralib chiqadi. 2H2+O2=2H3O reakciyasi 300° temperaturagacha juda sekin boradi. 550° da portlash yuz beradi.
Suv — nihoyatda barqaror birikma. Suv molekulalari 1000°dan yuqori temperaturada nihoyatda oz darajada vodorod va kislorodga ajraladi (termik dissotsiatsiya). 2000°da suvning termik parchalanishi 1,8 %ga, 3092°da 13 %ga, 5000°da 100 % ga yetadi. Suv ultrabinafsha nurlar (fotodissotsiatsiya) yoki radioaktiv nurlar (radioliz) taʼsirida ham parchalanadi. Suv radioaktiv parchalanganda H2 va O2 dan tashkari vodorod peroksid hamda bir qator erkin radikallar hosil boʻladi. Suv birikish va parchalanish reaksiyalariga kirishadi, kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Suv oʻziga xos gʻayrioddiy (anomal) xossalarga ega: sirt tarangligi yuqori, qovushoqligi kichik, suyuqlanish va qaynash temperaturasi yuqori, suyuq holatdagi zichligi qattiq holatidagidan katta. Q4°dan yuqori temperaturada ham, undan pastda ham suvning zichligi 1000 kg/m³ dan past boʻladi. Bu hodisa suvning zichlik anomaliyasi deb ataladi. Toza suvning solishtirma issiqlik sigʻimi barcha suyuq va qattiq moddalarnikidan katta (4,18 JGʻg); demak, 1 g suvni G isitish uchun boshqa moddalarni isitishga sarflanadigan issiqlikka nisbatan koʻproq issiklik talab qilinadi. Bu suvning issiqlik sigʻimi anomaliyasi deb ataladi. Toza suvni ehtiyotkorlik bilan astasekin sovitib borilsa, u Sdan past trada ham (—33°ga qadar) muzlamasligi mumkin, Bunday „oʻta sovigan“ suv barqaror boʻlmaydi; uni silkitilsa yoki ichiga biror kristall tashlansa, darxrl muzlab krladi. Shuningdek, toza suvni astasekin „oʻta isitish“ (Q27°ga qadar) ham mumkinligi aniklangan. Oʻta isitilgan suv ham barqaror boʻlmaydi; bir oz chayqatilsa, bunday suv juda koʻp miqdorda bugʻ hosil qilib qayiaydi. Suv molekulasi 2 ta vodorod va I ta kislorod atomidan tarkib topib, bogʻlar orasidagi burchak 104,5°. Kislorod atomi atrofidagi elektronlarning nosimmetrik taqsimlanishi natijasida elektron buluti manfiy elektr zaryadining markazi kislorod atomining musbat zaryadi markaziga mos kelmaydi. Natijada suv molekulasidagi katta elektrik dipol momenti vujudga keladi. Bu esa suvning qutblanish xossasini namoyon qiladi.
Qutblangan suv molekulasi qutblangan moddalarni yaxshi, qutblanmagan moddalarni esa oz eritadi. Suvga boʻlgan moyilligiga qarab, funksional guruxlar: gidrofil (suvga tortiluvchi), suv bilan yaxshi solvatlanadigan, gidrofob (suvdan krchadigan) va difil tuzilishlarga ega boʻladi.
Suv — keng ishlatiladigan modda. Suv kislorod, vodorod, ishqor, nitrat kislota, spirt, aldegid, soʻndirilgan ohak va boshqa koʻpgina kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish.da ishtirok etadigan kimyoviy reagentdir. Suv bogʻlovchi materiallar uchun zarur komponent. Kaynatish, eritish, suyultirish, kristallash uchun texnologik komponent sifatida koʻpgina ishlab chiqarish. jarayonlarida ishlatiladi. Texnikada elektr va issikdik eltuvchi, bugʻ mashinalarida ish jismi, bosim uzatuvchi sifatida qoʻllanadi.
Organizmdagi suv barcha oʻsimliklar, tirik organizmlar va mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi uchun zarur asosiy vosita, shuningdek, bir qancha kimyoviy fermentativ reaksiyalarning substrati hisoblanadi.
Fotosintez jarayonida suv karbonat angidrid bilan birgalikda organik moddalar hosil boʻlishida qatnashadi va shu bilan birga Yerda tirik organizmlar hosil boʻlishi vositasi hisoblanadi. Suv toʻqimalar faoliyatini, oziq moddalar va almashinuv mahsulotlari (qon, limfa, oʻsimliklar sharbati)ning singishini, fizik termoregulyasiyani va hayot faoliyatiga tegishli boshqa jarayonlarni taʼminlaydi. Organizmlarda juda kup miqdorda suv boʻladi. Odam tanasidagi barcha suyuklik va toʻqimalar tarkibida massasiga nisbatan 65 % chamasida suv boʻladi. Odam ochlikka bir oydan ortiqroq chidashi mumkin, lekin suv sizlikka bir necha kundan ortiq chiday olmaydi. Suvda organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan organik va anorganik moddalar eriydi.
Odamning suvga boʻlgan fiziologik ehtiyoji, iqlim sharoitiga qarab, sutkasiga 3—6 l ni tashkil etadi.
Sanitariya va xoʻjalikroʻzgʻor ehtiyojlari uchun kup miqdorda suv talab kilinadi. Suv markazlashgan sistemadan yetarli miqdorda berilgan takdirdagina yuvindi va chiqindilarni suv kanalizatsiyasi yordamida okizib yuborish mumkin. Aholi yashaydigan joylarning sanitariya madaniyati suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab belgilanadi (kishi.boshiga sutkasiga l hisobida). Aholining sogʻligʻi va sanitariya yashash sharoitlariga bevosita yoki bil vosita salbiy taʼsir etishi xavfining oldini olishda suvdagi kimyoviy moddalarning eng katta belgilangan miqdorda boʻlishi, ilmiy asoslangan gigiyena normativlari muhim ahamiyatga ega.

Suv va tuproq gigienasi


Suv va tuproq gigienasi. Suv gigienasi va uning ahamiyati. Suv odam xayotida juda katta va xilma-xil rol o`ynaydi. U avvalo odam organizmini me`yorida saqlanishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Odamda uning vazniga nisbatan 60% suv mavjud. Suvning katta qismi organizm xujayralari orasida, qolgan qismi esa to`kimalar orasidagi suyuqliklarda, qonda, limfada, ovqat xazm qilish shirasida va xar-xil bezlar suyuqliklarida joylashgan. Odam organizmida suv barcha fizik-kimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Shuning bilan bir qatorda ovqatning qonga so`rilishi assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari uchun, erigan va yarim erigan xolda oxirgi maxsulotni chiqarish va issiqlik almashinuvi uchun zarur bo`ladi.
Odamda teri, o`pka, buyrak orqali yo`qotilgan suvni to`ldirish va fiziologik funktsiyalarning me`yorida o`tishi uchun atrof-muxit va xona temperaturasi mo`tadil bo`lishi lozim. Engil jismoniy ish qilganda sutkasiga 3 l suv yo`qotiladi. Bu suvlarning yarmi ovqat moddalari bilan qabul qilinadi. Xavo temperaturasi yuqori bo`lganda va og’ir jismoniy mexnat qilish natijasida suvga bo`lgan odam organizmining extiyoji 6-8l etadi (bunda odamning terlashi ham xisobga olinadi).
Odamni suv bilan ta`minlamaslik va uni suvsiz qoldirish juda xavfli: organizmda suv va tuzlar muvozanati buziladi, qon quyuqlashadi, maxsulotning qayta almashinuvi to`xtaydi. energiya va modda almashinuviga sal’biy ta’sir etadi. Odam suvsiz bir necha kun yashashi mumkin. Ovqatsiz suv bo`lgan taqdirda bir oy atrofida yashaydi. Odam organizmining 20% suv yo`qotishi o`limga olib keladi. Suv odamning faqat fiziologik yashashida zarur bo`lib qolmasdan, turmush extiyojida, xo`jalikda va ishlab chiqarishda juda zarur. Odam organizmini jismoniy tarbiya bilan chiniqtirishda juda katta ahamiyatga ega: u odamni chiniqtirishda, davolash jismoniy tarbiyasida, shaxsiy gigienasida, sport mashg’ulotlarida zarur. Suv va tuproq gigienasi. Suv gigienasi va uning ahamiyati.
Iste’mol qilinadigan suv quyidagi qabul qilingan gigiena me`yorlariga javob berishi kerak:

  • suv axolining barcha extiyojlariga kerak bo`lgan miqdorda olib

kelinishi kerak;

  • suv tiniq, rangsiz, xidi va ta’mi o`zgarmagan ma’lum temperaturaga ega va bardam qiladigan bo`lishi kerak;

  • aniq va nisbatan doimiy ximiyaviy tarkibga ega bo`lishi kerak, kishi sog’lig’iga zarar keltiradigan ortiqcha tuz bo`lmasligi, zaxarli va radiaktiv zarrachalardan xoli bo`lishi kerak;

  • tarkibida patogen bakteriyalar va gijja tuxumlari, g’umbaklari bo`lmasligi kerak.

Vodoprovod suvi nimaga ishlatilishidan (ichish, ko`chalarga sepish uchun va xakazo) qatiy nazar, yuqorida aytib o`tilgan talablarga javob berishi kerak. Umumiy suv xavzalarining atrofi o`ralib sanitariya xodimlari tomonidan muxofaza qilinishi lozim.
Suvga bo`lgan sutkalik extiyoj muxit temperaturasiga va jismoniy mexnat turiga bog’liq. Sutkada ichiladigan suv va oziq-ovqat orqali olinadigan suv miqdori organizmni ta’minlashi kerak. Bir sutkada ichiladigan suv ish xarakteriga va tashqi muxit ta’siriga qarab aniq miqdorga ega bo`lishi zarur. Xaddat tashqari suvni ko`p istemol qilish organizmni og’irlashtiradi. Ko`p terlashga sabab bo`ladi. Yurak ishini og’irlashtiradi. Chidamlilik va ish qobiliyatini pasaytiradi. Birdaniga ko`p suv ichish bir necha vaqt qon tomirlarni to`ldirib yuboradi va osmotik bosimni pasaytiradi.

Bolalar va o’smirlar gigienasining umumiy asoslari



Yüklə 137,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə