Ovqatlanishning adekvatligini tekshirish baholash


Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishini aniqlash va baholash



Yüklə 164,25 Kb.
səhifə12/16
tarix11.12.2023
ölçüsü164,25 Kb.
#144580
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1-20 gigiyena

Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishini aniqlash va baholash.
Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishi ular sog`lig`ining muhim ko`rsatgichi
hisoblanadi.
Jismoniy rivojlanish ko`rsatgichlari antropometrik usul yordamida aniqlanadi. Bu o`z
navbatida 3 guruh tekshiruv usullaridan iborat:
1.Samotometrik tekshiruv usuli – bo`y uzunligi (tik turgan va o`tirgan vaziyatlarda),
ko`krak qafasi aylanasi, tana vaznini aniqlash;
2.Fiziometrik tekshiruv usuli – o`pkaning tiriklik sig`imi, qo`l va bel muskullarining
kuchini aniqlash;
3.Samotoskopik tekshiruv usuli - umurtqa pog`onasining shakli, ko`krak qafasi, shakli,
oyoqlar shakli, tana muskullarining rivojlanish darajasi, shuningdek, o`smirlarda
balog`atga yetish belgilarining rivojlanish darajasi aniqlanadi.
Jismoniy rivojlanishning samotometrik tekshiruv usullari.
Bo`y uzunligi antropometr asbobi yordamida aniqlanadi.Yog`och va metaldan yasalgan
antropometrlar bo`ladi.
Tekshiriluvchi poyafzalsiz, orqasi bilan antropometrga tiralib tik turadi. Uning kuraklari
oralig`i, dumbasi, tovonlari antropometrga tegib turishi kerak.
Yog`och antropometrning o`tirg`ichi bo`lib, tekshiriluvchining o`tirgan vaziyatdagi bo`y
uzunligi o`lchanadi.
Chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarning bo`y uzunligini yotgan vaziyatda o`lchash uchun
stol ustiga joylashtirilgan maxsus bolalar antropometri qo`llanadi.
Bolalar va o`smirlarning bo`y uzunligi ko`rsatgichlari.
Chaqaloqning bo`y uzunligi normada 45-54 sm.gacha bo`lsa, u to`liq tug`ilgan
hisoblanadi.O`rtacha 50 sm bo`ladi.Bo`y uzunligi 45 sm.dan kam bo`lsa, chaqaloq chala
tug`ilgan hisoblanadi.
Bola bir yoshga kirgunicha har oyda o`rtacha 2 sm o`sadi.Bir yoshga to`lgan bolaning
bo`yi 75 sm bo`ladi.
2 yoshdan 15 yoshgacha bola va o`smirning bo`yi har yili 5 sm.ga ko`payadi. Shu yoshdagi
bolalarning bo`y uzunligi qancha bo`lishi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bo`y uzunligi = 75 + (5 x n)
75 sm – bir yoshlik bolaning bo`y uzunligi
5 sm – bir yilda bo`y o`sish
n – bola yoshining soni
Masalan, 5 yoshli bolaning bo`yi 100 sm bo`ladi (Formuladagi “n” o`rniga 5 quyiladi).
O`gil va qiz bola bo`yi 10 yoshgacha bir xil o`sadi.11-12 yoshda qizlarning o`sishi biroz
tezlashadi.13-14 yoshda o`gil bolalarning o`sishi tezlashadi.15 yoshda ularning bo`yi
tenglashadi.16 yoshdan boshlab yigit o`smirlar bo`yini o`sishi tezlashadi. Qizlarni o`sishi
18 yoshda yigitlarning o`sishi 20 yoshda deyarli to`xtaydi. Ayrim hollarda qizlar bo`yini
o`sishi 21-23 yoshgacha, yigitlar bo`yini o`sishi 23-25 yoshgacha, juda sekin bo`lsada
davom etishi mumkin.

Yüklə 164,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə