O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Shukufta-usimliksimon naqsh elementi bo’lib, novdalarni bir-biri bilan bog’lash va yo’zalarni tuldirish uchun xizmat qiladi. Marg’ula



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə13/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Shamsinur diplom — копия

Shukufta-usimliksimon naqsh elementi bo’lib, novdalarni bir-biri bilan bog’lash va yo’zalarni tuldirish uchun xizmat qiladi.
Marg’ula-qush chiziqli gajak, usimliksimon naqsh elementi. Agar bir novdaning ichida ikki marg’ula hosil bo’lgan bo’lsa, u qush marg’ula deb yuritiladi. Agar novda bilan marg’ula tasvirlangan bo’lsa, marg’ulali novda deb yuritiladi. Naqsh kompozistiyasida marg’ula tuldiruvchi element hisoblanadi.
Bofta-tanob aylanib o’tib hosil qilgan shakl.
Islimiy naqsh elementi. Boftalar to’g’ri, egri hamda aralash chiziqlardan tashkil topgan bo’ladi. G’uncha-tabiatdagi g’unchalarning usta tomonidan stillashtirib olingan tasviri.
Kashta naqshlarida kishilarning tabiat hodisalari aks ettirilgan. O’zbek kashtasining naqshlari obrazida bu yashnab, gullab turgan bog’ timsollarini ko’p ko’ramiz. Ayrim nusxalarida hayvonotlar shakli va buyumlar (oftoba, choynak, ko’za) shunday tasvirlanadiki, ularni moviy ko’rinishlaridan, asli shaklini ajratib bo’lmaydi, balki ular o’simliksimon qiyofaga kirib kashtaning umumiy uslubi bilan bog’lanib uzviylashib ketadi.
O’zbek millati azal – azaldan dehqonchilikni erni juda qadrlagan millatlardan biri bo’lgan. Shu sabab har bir qishloq aholisi daraxt, gul, o’simlik va hayvonot olamini asrab – avaylayda, ardoqlaydi. Bunday tabiatga bo’lgan mehr albatta o’zbek kashtalarida o’z aksini topgandir. Tabiatdagi lolaqizg’aldoqlar, boychechaklarning chaman bo’lib ochilishi har qanday inson qalbiga qanchalik zavq baxsh etishini tasavvur qilish qiyin emas. Balki ana shunday go’zallikning kashtaga ko’chishi tabiiy bir holdir.
Har bir so’zana alohida san’at asaridir. Albatta bunga kashtado’zning o’z oldiga qo’ygan yagona maqsadidir: san’ati va mahorati fantaziyasining ko’p qirraliligi bilan odamlar qalbiga quvonch, shodlik baxsh etishdadir. Kashtachi o’z ijodiy fantaziyasini har bir so’zana detallarida namoyish qilishga harakat qiladi. U gullardan – yulduzlar, guldastalar, oy, quyoshni tasvirlaydi.
Gullarning novdalarini tasvirlab, ular shoxchalarga silkinib nafis butoqlarda osilib turgandek namoyish qilinadi. Kashtachi tabiat manzarasini tasvirlar ekan u borliqdagi bor o’simliklarni, hayvonot olamini uy – ro’zg’or buyumlarini hatto inson suratlarini ham tikishga, tasvirlashgan – bu baxt saodatli, quvonch va shodliklarga to’la hayot orzusi, quyosh – yorug’lik issiqlik mo’l hosil, bu baxt va visol osoyishta baxtli hayot, oila, yulduzlar, moviy va musaffo osmon, orzu, umid, baxt- iqbol tunning mayin shabadasi, ertaning baxtli kun orzusi; oftoba – mo’l – ko’lchilik, ro’za – suv, dehqonchilik umidi, hosilning mo’l bo’lishi, oilada fayz – baraka va seroblik, serfarzandlik
Ko’za, oftobalar asosan so’zananing yuqorida bo’lgan qismida tikiladi. Qushlar tasviri ham qadimiy san’atga xosdir. Qadim – qadimdan biror ishni boshlashda, shu ish yaxshi, saodatli bo’lishi niyatida qushlar tasviri tushirilgan, shu sababli hashamatli bog’larda qushlarni boqish odat bo’lgan.
Katta dekarativ san’at asarlarini kishi tomosha qilar ekan uning ko’z oldida milliy arxitektura manzaralari gavdalanadi. Yaqinroqdan esa yirik – yirik shoxlar va gullar, juda yaqindan qaralganda esa naqshning nafisligi bilinadi.
Sharqning ko’p xalqlari singari o’zbek xalqlarida ham anor hosildorlikning ramzi bo’lib kelgan. Uni Anaxita haykali qo’lida eramizning boshlarida qurilgan (I
– IV asr) ossuriylar devorlaridagi naqshlarida ham uchratish mumkin.
Anor juda sodda shaklda beriladi: dumaloq ko’rinishi va ichidagi gul kosachasigina tasvirlanadi. Kashtalarda tasvirlangan anor ham shunga juda o’xshaydi. Mevaning mohiyatni aks ettiruvchi donachalari, po’stidan nur sochilayotganday, tovlanib turganday tasvirlanadi. O’simliksimon bezaklarning ichida keng tarqalganlaridan yana biri lola, bodom yoki qalampir tsvirlari bo’lib, ular juda ko’p shakllarga ega. G.Grigorevni yozishicha u gul tasvirlarini bir – biriga taqqoslash yo’li bilan bu bezalarning (bodom, qalampir) qushlar tasvirlaridan (xo’roz, qirg’ovul) asta – sekin ixchamlashish va ayrim qismlari bo’lib qolinishi natijasida kelib chiqqanligini aytadi.
Agar biz e’tibor bilan qarasak bunday shakllar eramizdan avvalgi Ayrimom, Frizi bezaklarida uchraydi. Rang – barang iplar bilan tikilgan. Doira gullari guruhlarga bo’linadi va ular “zabonchcha”, “oftobacha” yoki “ko’zacha” deb ataladi. Doiraga chizilgan shakllar yoki sakkiz qirrali yulduzlardan iborat bo’ladi. Bu qirralar ko’proq qizil, to’q qizil ranglarga galma – gal almashib tikiladi.
Toshkentda doira gul, oy, Buxoro va Nurota “moh”, Samarqandda “lola” deb yuritiladi. Naqshlarda buyum tasviri ko’p ishlatilishi mumkin. Masalan, ko’za tasviri. Ko’za yoki choynakka ba’zan shoxcha solib qo’yilib, uning ko’rinishiga tangachalar bilan bezak beriladi.
Bulardan tashqari kashtalarda qushlar tasviri ham uchraydi. Ular tovus, qirg’ovul, o’rdak, xo’roz va boshqalar.
Qushlar shunday ustamonlik bilan joylashtiriladiki, ularni bir qarashda aniqlab bo’lmaydi.
Masalan, qush patlari demakrativ uslubda tikilgan, dumi va tanasi turli rangdag ipaklarda tikilgan bo’ladi yoki qush tanasi yarim oy shaklidagi turli rangli ko’ndalang qismlarga bo’linadi va ular turli rangdagi ipak iplarda tikiladi.
Markaziy Osiyo xalqlari mifologiyasi bilan bog’liq ekanligining guvohi bo’lamiz va bu an’ana juda qadimdan davom etib kelganligini muzeylarda (S.Peterburg –Ermitaj)da shoxchani cho’qib turgan va tumshug’ida shox saqlab turgan qush bezagini uchratamiz
XIX asr oxirida o’zbek kashtachiligida qushlarga juda kam e’tibor berilgan va ular so’zananing bir chetiga kichik hajmda tasvirlangan. Hozirgi kunda ham kashtachilikda qushlar juda kam uchraydi. Shunisi diqqatga sazovorki, kashtachilikda hayvonlar, qushlar tasviri bezak sifatida berilsada, kashtado’z boqiylikni obrazlar orqali berishga, atrof – muhitni to’g’ri, real tushunishga harakat qilgan.
Kashta naqshlarini badiiy vositalar, uning dekorativ talqini, ranglari, buyumlarning tanlanishi va tikish
texnikasi bir – biriga uzviy bog’liqdir. Chunki kashtachilikda yuqorida ko’rsatilgan har bir talqin bir – birini to’ldiradi, boyitadi va natijada qismlari o’zaro bog’liq bo’lgan dekorativ badiiy asr yaratilishiga olib keladi.
Kashtachilikda bezatish alohida va muhim rol o’ynaydi.
Kashtachi – san’atkorning badiiy didi, bezaklarini o’z o’rniga, joyiga topib, biri ikkinchisiga shaklan bir bo’lsada, bezaklari ranglari.4-rasm milliy kashta bosqichlari.
boshqacha bo’lgan tasvirlarni yaratishi, kashtaning ta’sirchanligini oshiradi.
Kashtachi bezaklarini matoga joylashtirar ekan, gazlamani haddan ziyod bezab ham tashlamaydi, bekorchi, bo’sh o’rinni ham qoldirmaydi. Fon albatta, naqsh va bezakka kashta ta’sir qiladi. Shu sababli kashta fonining oq malla va boshqa rangda bo’lishiga e’tibor bermog’i, fonining o’zi ham qo’shimcha bezak ekanligini diqqat markazida bo’lishini talab qiladi. So’zanada gullar qat’iy o’lchamli, geometrik simmetrik emas, ular erkin o’lchamsiz, taxminiy ochiladi. Shu sababli bunday dekorativ kashtalar yaqinda uyg’unlashib, butun bir yaxshilikni vujudga keltiradi. Bunda har bir gul, o’simliksimon chiziqlarning erkin bir – biriga bog’lanishi umumiylikni hosil qiladi.
O’zbek kashtalarining kompozistiyasi turli hududlarda turlicha bo’lsada, ularning bir – biriga yaqinligini gullarining xarakteri va rang berishida umumiy prinstiplarni aniqlashga imkon tug’iladi. Buxoro kashtachiligida kompozistiyani muhim va asosiy qismini tashkil qiladi. Umuman kompozistiyani bir necha guruhga bo’lib o’rgansa bo’ladi:
I guruh – Markaziy gul sathi kompozistiyasi II guruh – Chekka hoshiya kompozistiyasi III guruh – O’simliksimon kompozistiya
IV guruh – Makraziy gul va unga yondosh to’rtburchakni bitiruvchi kompozistiya
IV guruh Markaziy gul davrasi kvadratsimon rombsimon va ko’p burchakli to’rsimon kompozistiyadir.
Yuqorida ko’rsatilgan kompozistiyalar tikiladigan kashtaning qanday maqsadga foydalanishga, ishlatishga bog’liq
Kashtachini gulni tasvirlashda ipak bilan gulning kashtaligini berish emas, eng muhimi, dekorativ san’ati asariga rang berish, ularga jilo berish ko’proq qiziqtiradi.



Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə