O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Bezakni (naqsh) nusxa kuchiradigan (kopirovka) yordamida kuchirish



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə14/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Shamsinur diplom — копия

Bezakni (naqsh) nusxa kuchiradigan (kopirovka) yordamida kuchirish.


Gazlamani oldin dazmollab, tekis yo’za (stol, taxta) ustiga yozib quyiladi, bunda gazlamaning asos va arqoq iplari qiyshayib qolmasligiga qarash kerak. Naqsh (tekis chok, suv chok, ustki chok va hokazo bilan tikiladigan) chizilgan shaffof qog’ozni gazlama ustiga quyib, tug’nog’ich bilan qadab quyiladi. Nusxa kuchiradigan qog’ozini tuq tomonini gazlamaga qaratib shaffof qog’oz tagiga quyiladi, uchi yaxshi ochilgan qalam bilan bezak ustidan chizib chiqiladi.


Turli rangdagi nusxa kuchiradigan qog’ozlar bo’lgani ma’qul, shunda och rangdagi gazlamaga tuq rangli (qora, kuk, yashil), tuq rangli gazlamaga och rangli (oq, sariq) nusxa kuchiradigan qog’oz ishlatiladi. Bezakni kuchirib bulingach nusxa (kopirovka) qog’ozi olinib, bir tomondagi tug’nog’ichlar chiqariladi va bezagi tekshiriladi. Shundan keyingina shaffof (kalka) qog’oz olib tashlanadi. Naqshni nusxa kuchiradigan qog’oz bilan kuchirishda bezakning chiziqlari qalin bulmasligini yodda tutish kerak, aks holda kashta tikayoganda gazlama va ip kir bulib qoladi. Shuning uchun ishlatiladigan kopirovka qog’ozidan foydalanish yaxshiroq, yangisini esa ishlatishdan oldin quruq paxta yoki latta bilan artish kerak.

Bezakni shaffof qog’oz yordamida kuchirish.


Movut baxmal va yaltiroq gazlamalar ustiga kashta gulni shaffof qog’oz ustidan kuklash yuli bilan kuchiriladi. Buning uchun bezakni shaffof qog’ozga kuchirib olib, uni gazlama ustiga quyiladigan, butun chizig’i buylab may da zich qaviqlar bilan ninani oldinga yunaltirib tikib chiqiladi. Keyin qog’oz yirtib tashlanadi.

Bezakni axta (andaza, ulgi) yordamida kuchirish.


Axta naqsh yoki biror rasmni shaffof (kalka) qog’ozga chizib, chiziq yullarini igna bilan teshib, buyum yo’ziga tushirish uchun tayyorlangan andoza. Axtani tayyorlash uchun shaffof (xitoy) qog’ozga naqsh kompostiyaga moslab simmetriya uqi buyicha qog’ozni ikkiga, turtga va hokazo buklanadi. Buklamaning bir qismiga naqsh chiziladi.
Naqshli shaffof qog’ozni yumshoq gazlama yoki bir necha qavat gazeta qog’ozi ustiga quyib, naqsh chiziqlari ustidan 2-3 mm oraliqda igna bilan teshib
chiqiladi. Naqsh nusxasi igna bilan teshib bulingandan keyin, shaffof qog’oz yopib yuboriladi, natijada axta hosil buladi.
Tayyor bo’lgan axtani ish yo’zasiga quyib, ustidan xoka urib va bosib yurgazib chiqiladi. Geometrik shakldagi bezakni teshma kuchirishda uning kataklari vertikal va gorizontal chiziqlar kesishgan nuqtalarda teshib hosil qilinadi.
Kashta gul chizilgan shaffof qog’ozni kerosinlangan latta bilan artib, toza tomonini gazlamaga qaratib quyiladi-da, bir necha joyidan tog’naladi.
Movutning (ochroq bo’lgani yaxshi) yoki paxtaning ustiga doka urab tampon qilinadi. Tuq rangdagi gazlamaga bezakni kuchirish uchun xokani bur yoki tish poroshogi aralashgan kerosinda hullab olinadi.
Shu maqsadda hech narsa bilan aralashmagan tish pastasini ishlatish ham mumkin. Teshib kuchirishda kashta gulning gazlamasidagi tasviri aniqroq, bo’zilmay chiqadi, bu ayniqsa kashta gulning bitta bulagini bir necha marta tikish kerak bo’lganda, mehnatni osonlashtiradi va tezlashtiradi. Andozalarni bir necha marta ishlatish mumkin. Bu axtalar (andoza) alohida paketda saqlangani to’zik.
Naqsh chizilgan gazlama parchasiga tikiladigan, uni dumaloq chambarakka tortish qiyin bulsa, bu gazlama parchasining chetlariga ish tugagandan keyin sukib tashlanadigan, hohlagan boshqa gazlama parchasini ulab quyish mumkin.
Matoda gullarning urni-urnini topib quyish, xususan buyumlardagi gullarni joylashtirib chizish g’oyatda murakkab va mas’uliyat talab ishdir. Kashtado’zlik san’atida chizmakash hunari ustalarining urni beqiyosdir. Chevar har qancha mohir bulmasin, naqshlarni chizmakashlar asosan atroflicha uylab kurib, o’z kasb- hunarlarining an’analari va spestifik xususiyatlari asosida chizib beradilar.

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə