O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə12/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Shamsinur diplom — копия

Assimetriya - kompozistiyada simmetrik qonun-qoidalarining muvozanatini bo’zilishidir.
Stilizastiya - tabiatdagi usimlik va boshqalarning tasviri, rangi, shakli va o’zilishini badiiy usulda umumlashtirishdir.
Bizgacha etib kelgan kashtachilik namunalarini sinchiklab o’rganib chiqilsa, shunday xulosaga kelish mumkinki, kashta naqshlari qadim – qadim zamonlardan, eramizdan oldingi davrlardan shakllanib, uyg’unlashib boyitib kelingan va shu bilan birga asosiy yo’nalish va naqshning turli xillari saqlanadi.
Shu qatori kashtachilikda ishlatiladigan naqshlar ham o’ziga xos xarakterga ega. Kashtachilikni o’rganishga kirishayotgan har bir kishi naqsh elementlarini chiza olishni urganishi kerak. Bu elementlar naqsh ishlarining alifbosi hisoblanadi. Biz o’simliksimon naqsh elementlari barg, gul, marg’ula va tanob, shkufta, bog’lam va sirtmoqlarning turlari, nomlari va ularni chizishni urganamiz (34- rasm). Kashtado’z ustalar tabiatdagi gul, barg, novda, g’uncha, qush va boshqalarning to’zilishini, usish qonun-qoidalarini, ko’rinishini sinchiklab o’rganib, ulardan turli naqsh kompozistiyalar ishlash uchun har xil elementlarni stillashtirib olganlar. Masalan gulni stillashtirib olar ekan, uning go’zalligini qaysi holatdagi ko’rinishini tasvirlashni izlab topadi. Usimliksimon naqshlar "Islimi gullar" deb ataladi. Islimi gullar o’z navbatida, ikki tomonga ulanadigan ko’rinishda bo’ladi.
Band (novda) - naqshlardagi o’simlik va shoxlari bir-biriga mustahkamlanadi.
Tanob - arabcha chilvir-arqon degan ma’noni bildiradi. Murakkab naqshlar kompozistiyasi asosini tashkil etuvchi negizi, naqsh shakl beruvchi chiziq tanob deyiladi.
Naqqosh naqsh kompozistiyasini chizishdan oldin birinchi tanob tortib keyin novdalarni chizadi, so’ngra novdalarni yo’nalishiga moslab gullarni joylashtirib chiqadi. Naqsh kompozistiyasini chizishda tanob birinchi darajali chiziq bo’lib, uning ustidan hech qachon gul, novda yoki barg bosib utmaydi. Tanoblar xilma-xil ko’rinishda bulishi mumkin.
Barg-o’simliksimon naqsh elementi bo’lib, naqqoshlar tomonidan tabiatdagi usimlik bargining stillashtirib olingan tasviri. Barg naqsh kompozistiyasida tuldiruvchi va xush beruvchi elementdir. U to’zilishiga kura oddiy va murakkab turlarga bo’linadi. Oddiy barglarga uch barg; bodom barg, tol bargi va boshqalar kiradi. Murakkab barglarga esa ko’p barg, shobarg va boshqalar kiradi. Barglarning quyidagi turlari bor; shobarg eng katta barg, qush barg, ko’p barg, chor barg (turtta barg), xurmo bargi, tol, anor, qashqarcha, madohil, qushbodom, qalampir, nok, sambit, butoq barg va boshqa 50 dan ortiq turlari mavjud.
Gul - tabiatdagi gullarning stillashtirib olingan tasviri bo’lib, naqsh kompozistiyasida tuldiruvchi va hush beruvchi element hisoblanadi. Gullarning har xil turlari bo’lib, ular o’ziga xos nomlanadi. Masalan; lola gul, chinni gul, savsar, atir, gultojixuroz va boshqalar.
To’zilishiga ko’ra gullar oddiy va murakkab gullarga bo’linadi: murakkab gullarga pista gul, kuo’pbargli gul va oddiy gullarga lola, oygul, nuxat gul va boshqalar kiradi. Gullar har xil to’zilishiga ega bo’lganligi uchun ularning o’ziga xos ismlari bor.

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə