O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Qo’lda tikiladigan kashta uslubi ikki turga bo’linadi



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə20/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Shamsinur diplom — копия

Qo’lda tikiladigan kashta uslubi ikki turga bo’linadi :


  1. Bezatiladigan , tikiladigan matoning arqoq va tanda (urish) iplarini sanab kashta tikish.

  2. Matoga gul – naqsh , tasvir konturi chizilib, kashta erkin tikish uslubidir.

Arqoq va tanda (urish) iplari kesishtirib to’qilgan mato (bo’z shaklida to’qilgan) ga tikiladi. Chunki bunday mato iplarini sanash qo’lay. Bizda sanama kashtaning iroqi turi tarqalgan.
Erkin kashta esa har qanday
matoga tikilaveriladi , bunda kashta turlari ixtiyoriy, turlicha bulishi mumkin. “Bosma” va “Yo’rma” choklarining turli xillari qo’llaniladi : ornament gullari ham shu choklarda tikiladi.
Bu chok ikki turga bo’linadi:
bosma va kandayol. Ikkalasi ham
bir – biriga o’xshaydi.
Tikish uslubi : uzun tomonining bir chetidan ikkinchi chetiga ip tortiladi va u kundalang chok bilan tikib chiqiladi. Keyingi ip oldingi buylama tortilgan ipga yopishtirib tortilib, xuddi
9-rasm milliy kashta bosqichlari.
vvalgisidek eniga suriladi. Bosma usulda esa chok mayda bo’lib,deyarli perpendikulyar tikiladi va mato o’zunasiga tortilgan ipga nisbatan sal qiyshiqroq bo’ladi. Har qaysi qator choklari bir – biridan ajralib turadi. Shunday usulda tikilganda so’zananing o’ng (rost) tomonida chiroyli, nafis relefni gul hosil qilgan choklarning to’g’ri diagonal qatori hosil bo’ladi.
Kandaxayol” uslubi bilan tikkanda o’zunlik xuddi bosma chokidek gullar bo’ylab utsada, sitma ip o’zun ipga kura
yirik choklar bilan qiya, kundalang qilib tikiladi. Orqasida mayda choklar qatori hosil bo’ladi. Bu usul gul konturiga bir oz qavariq releflik kashf etadi .
Xondo’zi” - bu uslub asosan mayda buyumlarda qo’llaniladi. Lekin ikki tomoni gulli bulishi shart bulmagan yirik devoriy kashtalar ham tikiladi.10-rasm kashtachilik namunasi .
Qarsdo’zi usuli ; Zamindo’zi usuli ;
Hoshiyada chillik tikish usuli ; Katta dol tashlab tikish usuli ; Mayda dol tashlab tikish usuli ;
Buxoro kashtachiligi kamida ikki ming yillik tarixga ega bo’lgan, bir qancha feodal – davlatlarning madaniyati, adabiyoti va san’ati sohasida etakchi markazi bo’lgan. Shaharlarning asli san’ati o’z ifodasini topgan.
Buxoro kashtachilarining asosiy belgilaridan biri ularda yo’rma chokini mahorat bilan qo’llashga va havorang, kulrang va binafsha, pushti va och sariq ranglarning kashtadagi qizil,
malina va kuk ranglar bilan uyg’unlanishidir. Kashtalarda markaz va burchaklarda burttirib ko’rinuvchi yopiq kompozistiya ko’proq uchraydi. Bunda asosiy motiv davra – turunj hisoblanadi. U gulida ham ko’rinib turadi.
Davra – turunj detallari urnining turli tomonligi bilan kishini hayratda qoldiradi : ular aylana va yuldo’z kabi shakllarda bo’lib, hammasi motivni yangi variantlari bilan ayrim – ayrim bulaklarga ajratadi. Shu bilan birga ko’p qismlarga alohida chiziqlar, kvadratlar va ingichka ornamentli shakllar yordamida qushimcha bulaklarga bo’linadi : to’q zangori havorangga , sariq rang tilla rangga, qirmizi rang och malina rangga yaqin tikiladi. Shu bilan birga so’zanada qarama – qarshi ranglarning uyg’unlashishini ham kuramiz : binafsha rang sariq rang bilan, kuk rang qizil va boshqa ranglar bilan uyg’unlashadi. Har bir shaklning hoshiyasi och qizil va qora chiziqlar (ilmoqli tikishda) bilan urab tikiladi.
19- asrdan qolgan eng yaxshi kashtalar 1850 – 1870 yillarda tikilgan. Bundan oldingi 19- asrning birinchi yarmida tikilgan kashtalar haqida juda kam ma’lumotlar bor.
So’zana gulida 14 va hatto undan ko’p rangli ipak kashtalari va ular bir butun jiddiy kalorit hosil qiluvchi qirmizi malina, och kukimtir , yashil va qizil tilla ranglar ko’pchilikni hosil qiladi. Qolgan tomonlardan mayda gullarda ustalik bilan ishlatiladi. Eski so’zanalarda ipning tushib ketishiga asosiy sabablardan biri buyoqchilar anor pustidan foydalanmaganliklari ,shu sabab iplar 60 – 100 yilda tushib ketishi mumkin. Bu hol kashtaning bundan 100 yil va undan ham ko’proq vaqt utganidan darak beradi.
Ko’ppa choki turli yunalishda, ya’ni chapdan o’ngga, o’ngdan chapga, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga sidirg’a tikib hosil qilinadi.
Bunda yonma-yon tikiladigan choklar bir tekis yoki gul shakliga qarab kichikdan kattalashib, kattadan kichiklashib borishi mumkin. Bu chok sanama, duruya, piltado’zi nomlari bilan ataladi. Turli-tuman kashtalarda, do’ppido’zlikda keng foydalaniladi. "Ignani oldinga yunaltirib" sanchiladigan chokni tikishda, gazlama ipidan 2-3 tasi igna uchiga terib olinib, o’ngdan chapga tomon tikiladi. Undan kashta guli chiziqlarini aylantirib tikishda va gazlama yuzasini to’ldirib badiiy kashtalar tikishda foydalaniladi.
Chinda xayol-duruya choki, matoga igna qadalib bir meyorida tikib chiqiladi. Teskari o’girib yona tikib chiqiladi. Shu tariqa matoning oldi va orqa
tomonida bir xilda gul hosil qilinadi (14-rasm). Bu chok bilan ikki tomoni ham ko’zga tashlanadigan buyumlar, ya’ni sochiq, rumol va boshqalarni bezashda ishlatiladi. Homdo’zi choki ikki yoqlama tekis tikiladigan bo’lib, ip tik yoki sal qiyaroq qilib tikiladi. Xom ipak bilan tikilganidan shu nom bilan atalgan. Do’ppi gullarida nozik geometrik naqshlar tikish va shu kabilarda bu chokdan ko’p foydalaniladi. Farg’ona vodiysida, Samarqandda keng tarqalgan.
Kandaxayol chokida ip tushama tik yoki yotiq bo’ladi. Bu chokning ikki xili mavjud. Bir xilida tushama ip ustidan chatiladigan chok qiyalatib, ustma-ust tushadi, kashta tayyor bo’lganda novdadan to’qilgan savatga o’xshab ko’rinadi.
Ikkinchi xilida kashtado’z birinchi qatorni oldingi kashta xili tarzida tikib chiqqach, ikkinchi qatorni tikayotganda oldingi qator ostki qismidan o’tkazib tikiladi, shunday qilib, choklar tushami ip ustiga dioganal yunalishdagi ilon izi chiziqlar hosil qilib tushadi.

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə