O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Belbog’ Nurotada qadimdan har bir qiz bo’lajak qaylig’iga, qayotasiga, sovchiga belbog’ tikishi urf bo’lgan. Qo’l



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə19/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Shamsinur diplom — копия

Belbog’ Nurotada qadimdan har bir qiz bo’lajak qaylig’iga, qayotasiga, sovchiga belbog’ tikishi urf bo’lgan.
Qo’l ro’mol – xuddi belbog’ singari tikiladi, faqatgina o’lchami belbog’ning to’rtdan bir qismiga to’g’ri keladi.
Zul, jul – ot ustiga yopiladi. Trapestiya shaklida bo’lib, chetiga tukakchalar osiladi. U bigiz bilan tikiladi.


Kashta tikish texnologiyasi va chok turlari


O’zbekiston xonadonlarida asosiy bezaklaridan biri – kashtadir. Ayniqsa bayram, to’y, marosim paytlarida ular o’zbek xonadonida alohida ahamiyat kasb etadi: Kashtadagi katta gullar xonaga to’g’ri nisbatdan joylantiriladi va o’zoqdan yaxshi ko’rinishi ham e’tiborga olinadi. Qorong’iroq uylarda joylashtirilgan rangorang ipak kashtalar tovlanib turadi va insonga estetik rux bag’ishlaydi. Kelin tushadigan xonaning devorlarida bo’sh joy qoldirilmaydi. Xuddi shu xususiyat boshqa millat va elatlardan farqlanadi. “Takiyapo’sh” (Nurato, Buxoroda “bolinpush, ”Samarqand, Shaxrisabzda
“yostiqpush” deb yuritiladi). Bular taxmonga (rax) yig’ilgan kurpa – yostiqlarni yopib quyiladi. Taxmon (rax) uyning turida bo’ladi.8-milliy kashta namunasi.
Kashtachilik kishilarga estetik zavq bag’ishlaydi, uylarni bezatishdagi ahamiyati bilangina emas, balki asrlar davomida shakllangan odat va rasm –
rusumlar sababli ham xalq orasida keng tarqalgan edi.
So’zana, takiyapush, joynamoz – inson, ayniqsa xotin – qizlar hayotidagi quvonchlik hodisalar bilan bog’liq bo’lgan. Ularni asosan kelin tomon atab tikar va beriladigan qiz sepining majburiy hamda asosiy qismini tashkil etadi.
Yosh kelin – kuyovlarga qadim – qadimdan saqlanib kelayotgan odatga kura, kashta gullariga “yomon ko’zdan saqlovchi” tumorchalar qushib tikilgan. Bitgan kashtaga atayin ayrim joylari chala qoldiriladi. Bu esa o’ziga xos ramziylikni bildiradi, yani farzandlar davom ettirishi, hayotining bog’liqligi, avloddan –avlodga utishi yoki to’y ketidan to’y kelsin va kashtalar tikilaversin,
qizim omon bulsin, boshimiz xursanchilikdan chiqmasin, degan ezgu niyatlari bildiradi.
Kashtalarning hajmi turlicha buyi 230 – 280 sm va 170 -200 sm ular yaxlit manzarani kashf etadi. Takyapushlar so’zanalarga qaraganda kichikriq bo’ladi buyi
170 – 250 sm, eni 120 – 150 sm, kompazistiyasi so’zanaga uxshash bo’ladi. Joynamoz va nikoh choyshabi (joypusht) ning gullari boshqacha bo’ladi. O’rtalarida gul tikilmaydi. Mehrobli bo’ladi. Buyi 130 – 150 sm, eni 90 – 110 sm. Joynamozning oyoq tomonidan hoshiya tikilmaydi, ochiq qoldiriladi. Ruyjo: buyi 260 – 285 sm, eni 160 – 200 sm. Uning uy tomoni P- shaklidagi hoshiya bilan bezatiladi. Bug’joma : (bug’cha) kundo’zlari o’rinni urab quyish yoki turli xil buyumlarni tugib quyish uchun muljallangan. Uning markazida turtburchak shaklida ornament tikiladi, gohida bir burchagiga gul tikilgan bo’ladi.
Kashtachilik san’atiga ayollar o’zlarining kelajaklari bolalari va o’z baxtlari haqidagi orzu – umidlarini, tabiatga bo’lgan muhabbatlarini va go’zallikka intilishlarini singdiradilar.
Bunday kashtaning noyob san’at sifatida yaratilishi tomoshabinning baxri – dilini, insonparvarlik, hayot va tabiatni sevish, ruhiy ozuqa olishdek insonda mehr uyg’otadi.
Har bir oilada kashta tikish odat bo’lib, qizlar yoshligidan urgatilib boriladi. Ular o’zlariga onalardan chala qoldirilgan kashtalarni tikib davom ettirganlar va o’zlari ham yangi kashtalar tikkanlar.
So’zanalar tikish bir yarim yil ikki yil davom etgan. Agar qizni turmushga chiqishi tezlashtirilsa, unda qarindosh – urug’lari, dugonalari va qo’shnilari tuo’yga qadar tugatish maqsadida yordamga kelganlar.
Gul chizilmagan mato bulak – bulak bo’lib tikilgan va oxirida birlashtirilgan. Kashtalarga “Qalamqosh” yoki “Chizmakash” deb nom olgan talantli xalq rassom – chizmakash ayollari gul chizganlar.
Chizmalar o’lchamsiz asosan ko’z bilan chamalanib chiziladi. Har bir joy (hududning) o’ziga xosligi mavjud bo’lib, bu o’sha chizmakashning mahoratini, uning tabiati, urab turgan muhitning qanchalik aniq va keng bilishiga bog’liq
bo’ladi. Ular asosan qadimdan qolgan chizmalarni asos qilib olsalarda, chizmalarga o’zlarining fantaziyalarini qushib borganlar. O’zbek kashtalarining o’ziga xos xususiyati hammani maftun etib olishida, ularda bir xil elementlarning uchramasligi va mexanik ravishda qaytarilmasligidadir.
XIX - asrning 80 – yillarigacha yirik dekorativ kashtalar xonaki oq “karbos” ga sariq rangli “malla” matoga tikilardi. Hozirgi kunda “Zuxro” firmasida ham oq xonaki “karbos ga, o’zlari tayyorlagan tabiiy buyoqlarda, ipak iplarda kashtalar tikish yulga quyildi. Tabiiy buyoqlarda, tayyorlash texnologiyasini tiklash va uni rivojlantirish olib borilmoqda.
Har bir xalqning kashtado’zlik bezak san’ati qadimdan rivojlanib kelayotgan o’z an’analari, badiiy uslublari mavjud. Hamma ish qurollari : igna, ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar, angishvona, tug’nog’ich, qaychidir.
Kalta tikiladigan bigiz ilmoqli, yog’och dastali bo’ladi. Kashta tikish paytida barmoqlarga bigizning ilmog’i zarar etkazmasligi uchun maxsus barmoqqa kiydiriladigan asbob “noxunak” – tojikcha so’z bo’lib, “noxun” tirnoq, tirnoqqa kiydiriladigan ma’noni bildiradi.
Bigiz – Buxoroda “daravsh” deb yuritiladi. Daravsh bilan tikishda ipak iplar avval kalava shaklida tayyorlanadi, bo’yaladi. Bo’yalganidan so’ng kalava qayta koptok shaklida o’raladi va iplarning biri o’ngga, biri esa chapga aylantiriladi , shundan so’ng ular birlashtirilib, ikki ip qatim qilinib uraladi va kichik koptok shakliga keltiriladi.
Daravsh bilan tikilgan, tikiladigan matoning yo’zi tomonidan taxminan 30 – 40 gradus qiyalikda sukiladi va ip matoning ostidan barmoqlar yordamida berib turiladi.
Yo’rma chok” bilan tikilganda tikish gul konturi bo’ylab yo’rma chok zanjiri davom ettiriladi, chetki kontur tugagach, gulning ichiga turli tasvirlar tikib chiqiladi. Katta gullarni yo’rma – yo’rma zanjiri bilan tuldirishda kashtachilar erkin uslubga suyanadilar. Buxoroning yo’rma chok san’ati ko’p qadimiy so’zanalari bilan dong taratgan.

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə