O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə18/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Shamsinur diplom — копия

Joynamoz – erga solib ustida namoz o’qiydigan to’shama. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar ishlatadilar. U ibodat vaqtida kishini bu dunyodan ajratuvchi omil deb tasavvur qilinadi. Joynamoz har xil matodan tayyorlanib, uning uch tomoni mehrob shaklida tikilgan bo’ladi.7-rasm milliy kashta namunasi.
Undan machit, madrasa va uylarda foydalaniladi. U turli o’lchamda bo’ladi. Ibodatni kanda qilmaslik uchun boshqa narsalardan foydalanish mumkin. Masalan, chopon, qiyiqcha, sholcha nuqtai nazardan pok hisoblanadi.
Joynamoz kashtachilikda juda chiroyli qilib bezatilgan bo’ladi. Tikish uslubi esa ko’proq yo’rma uslubidan foydalaniladi, hamda kashtado’zga ko’z tegmasligi uchun ko’proq qalampir munchoq va pichoq sopi nusxalari tasvirlanadi.
Zardevor – uy jihozi, u sidirg’a shoyi, baxmal, sapincha kashta tikib bezatilgan badiiy buyum. Zardevor o’zbek hamda tojiklarda yangi tushgan kelinning uyiga, shiftiga yoki devoriga ilib qo’yiladi.
Palak – devorlarga ilinadigan eng yirik, eng qimmat bezak buyumlardan biri. Palakda osmon va to’lin oy aks ettiriladi. Uni qadimda oq yoki malla bo’zga kashta tikib tayyorlangan. U so’zanadan gullarning tirikligi, zaminiga ham kashta qoplanishi bilan farq qiladi.
Palakni o’rtasida yirik oy tasviri qizil qirmizi, pushti ipak bilan kashtalanadi va atrofiga juda chiroyli qilib o’simliksimon naqshlar tikiladi. Naqshlar ichida ko’pincha bodom, qalampir elementlari qo’llaniladi.Palakda qirqtacha oy ham tasvirlash mumkin. Shuning uchun oyni soniga qarab olti oyli palak, o’n ikki oyli palak hattoki katta uylar uchun qirq oyli palak tikilgani bizga ma’lum. Oylar turli ranglar bilan bir necha xil tasvirlangan. Mashhur kashtado’zlar ba’zida oyni ajoyib naqshlar bilan bezab o’z mahoratlarini namoyon etganlar.
Agar oyni ichi sidirg’a rangda ifodalangan bo’lsa, uni oypalak, agar naqshli bo’lsa gulpalak va hokazo nomlar bilan yuritiladi.
Kirpech – kirpo’sh, tokchaga taxlab qo’yilgan kiyim – kechak ustidan yoki devorni vertikal bo’sh joylariga ilib ustki bezatib turishi uchun ishlatiladigan badiiy buyum. Kirpech qo’lda ilma kashta bilan bezatiladi. U kiyim – kechakni changdan saqlaydi va uyni bezab turadi.
So’zana – forscha so’zani deb ham yuritiladi, igna bilan tikilgan degan ma’noni beradi.So’zana matoga kashta tikib tayyorlangan badiiy buyum bo’lib, xonani
bezatishi uchun devorga ilinib qo’yiladi.
U o’ziga xos badiiy ko’rinishga ega. Matoning rangidan ustalarimiz kashta zamini sifatida foydalaniladi, so’zana har bir xonadonda bo’lgan, chunki bir qiz turmushga chiqishidan oldin o’zi uchun so’zana tayyorlagan.
So’zana bu kelinlarning sepi bo’lib hisoblangan. So’zana kambag’al oilada malla oq bo’zdan, baxmaldan tikilgan. So’zana uchun kompozistion joylashgan o’simliksimon naqshlardan foydalaniladi. So’zana o’rtasida ko’pincha doirasimon gul tikilib atrofi guldor islimiy naqshlar bilan bezatiladi. So’zana tikish juda qadimdan rivojlangan bo’lib, XIX asrgacha bo’lgan so’zanalar saqlanmagan. Faqat XIX asrga oid Samarqand, Buxoro, Nurato, Farg’ona, O’ratepa, Shahrisabz, Toshkent va boshqa joylardagi so’zana turlaridan namunalar bor. San’atning bu turi ayniqsa O’zbekiston va Toshkent, Tojikiston territoriyalarida qadimdan keng tarqalgan.
Choyshab – forscha – tojikcha ruyi jotun chodir degan ma’noni bildiradi. Choyshab asosan taxmonga tutish, yotganda yopinish uchun to’shak ustidan to’shaladi.
To’shak ustidan yoziladigan choyshab kam kashtali oq surp taxmonga tushiriladigan satin, shoyi, baxmal va boshqalardan tikiladi.

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə