O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Kashtachilikda bezak buyumlari turlari



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə17/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Shamsinur diplom — копия

Kashtachilikda bezak buyumlari turlari


Bezak buyumlarining turi juda ko’p. Masalan, so’zana, kirpech, choyshab, oynaxalta, choyxalta, zardevor palak, gulko’rpa, darpech, bug’joma parda,
belbog’, takyapo’sh (yostiq ustiga yopiladigan), do’pp, ko’ylak, dastro’mol, joynamoz, sumka, nimcha, maxsikovush, xaltacha va boshqalar badiiy did bilan bezatilgan.
O’tmishda bu kashtalar oq va malla matolarga tikilgan. Keyinchalik satin, shoyi, baxmalga tikiladigan bo’ldi. Kashtachilikda ishlatiladigan bezak buyum turlari bilan tanishib chiqamiz.
Do’ppi – O’zbekistonda keng tarqalgan engil bosh kiyim. Do’ppi engil kiyim dastlab Eronda va turkiy xalqlar orasida, Rossiyada esa XIII asrda rasm bo’lgan.Asrlar davomida do’ppining turli xillari vujudga kelgan . Baxmalga, satinga, sidirg’a shoyiga ip, ipak, zar bilan do’ppi gullari tikilgan.
O’zbekistonda, Toshkent, Chust, Buxoro, Samarqand, Boysun, Shahrisabz do’ppilari mashhur bo’lib, ular o’zaro xosdir. Respublikamizning barcha viloyatlarida do’ppi tikiladi. Uning iroqi, chust do’ppi, Gilam do’ppi, Chakma
to’r, Qizil gul, Piltado’zi, Zardo’zi, To’ldirma deb nomladigan milliy do’ppilar bor.
Har bir do’ppi yaratilish uslubiga ega bo’lib, ular bir – biridan farq qiladi. O’zbekistonda ommaviy bosh kiyimi asosan 3 xil shaklga ega bo’ladi. “kuloh”, “araqchin”, “tus –do’ppi”
Kuloh – konussimon bosh kiyim. U asosan darvishlar qalpog’i. Uning matohi. Toq uchburchak parchalaridan bichilib yonlamasiga tikiladi. Kuloh (erkaklar bosh kiyimi) hozir juda kam uchraydi.
Araqchin – sharsimon do’ppi, uni asosan keksalar kiyadi.
Toshkentda sharsimon do’ppilar kandaxayol, bosma, chakmato’r iroqi chok usullarida tikiladi.
Tus do’ppi – keng tarqalgan yassi yuzali do’ppi. Ko’pincha tus do’ppi chust do’ppi deb yuritiladi. Tus do’ppilarning birgina klassik variantining o’zida 8 ta xoveler chok uslubi qo’llaniladi.
Masalan, chita, zanjira, to’g’ri chok, kungura ,
etalatma, taroq, ova, pildiroq. Chust do’ppisining tepasiga kizakdan kvadrat shaklida bo’rtib chiqib, yarim shar ko’rinishida bo’ladi. Toshkent do’ppisi sidirg’a baxmaldan tikilgan bo’ladi.
6-rasm milliy to’pi kashta namunalari.
Buxoro do’ppilaridan sidirg’a yoki gulli baxmaldan jiyakli qilib tikiladi jiyagi turli xil ipaklardan rangdor naqshli yo’rma
usulida tikilgan bo’ladi.

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə