O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Ilma chokining ikki turi mavjud



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə21/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Shamsinur diplom — копия

Ilma chokining ikki turi mavjud: ilma bir tarafa, ilma ikki tarafa. Ilma bir tarafa choki gorizontal yunalishida chapdan o’ngga yoki yuqoridan pastga tomon tikiladi. Ip utkazilgan igna avval o’ng tarafdan, ipni chap qo’l bosh barmog’i bilan ushlab turib, igna yuqori tomondan pastga tikkasiga sanchiladi. Igna sug’urib olinayotgan paytda ip quyib yuboriladi, bunda ip igna ostida qolishi lozim. Shu tarzda xalqa hosil bo’ladi
Aylanasimon tikish ham mumkin Ilma ikki tarafi chokining ikki xil bajarish usuli bor:

  1. usul. Bir tomoni chapdan o’ngga xalqa qilib tikib chiqilgach, keyin kashtani o’girib qolgan tomoni ham shu tarzda tikib chiqiladi.

  2. usul. Ip utkazilgan igna gazlamaning o’ng tomonidan qadab, yotiq chiziq bo’ylab chap tomondan sug’urib olinadi. Chap qo’l bosh barmog’i bilan ilib orqaga surilgan ip igna ostida qolishi kerak.

Shu tarzda bir yoqlama xalqa hosil bo’ladi, so’ngra o’ng tomondan yana igna qadab, chapdan yotiq holatda sug’urib olinadi. Lekin bu ikkinchi va undan keyin o’ng tomonga uriladigan ignalarni vertikal ipdan yuqoriga avvalgi xalqa chokning ichkarisiga qadaladi, shu tarzda o’ng tomon xalqasi hosil bo’ladi.
Ilma choklari, odatda bosma choki bilan tikilgan kashtalarni hoshiyalashda ishlatiladi. Ilma choki Farg’ona vodiysida ko’proq tarqalgan.
Ilma choki tikilish usuli igna bilan tikiladigan yo’rma chokiga yaqin, bunda yuqoridan pastga tomon tikiladi, igna yonma-yon ikki qatorda sanchilishi bilan yo’rma chokidan farqlanadi. Igna goh chap qatorga, goh o’ng qatorga sanchila boradi. Avval bir xalqa hosil qilib olingach, igna xalqa ichiga sanchilib, ip ustidan olinadi, chap qo’lning bush bosib turgan ipi sanchilib chiqqan igna ortida qoldiriladi. 18- rasm.
Bu chok Chust do’ppisi bezaklarida ko’p foydalaniladi. Shoyi matolarga tikiladigan kichik kashtalarda ham ko’p qo’llaniladi.
Iroqi chokining ikki turi mavjud: ular terma iroqi va iroqi deb ataladi. Terma iroqi bir-biri bilan kundalang kesishadigan qiya chiziqlardan iborat bo’lib, kashtado’zlar odatda bu chokni pastdan yuqoriga qarata tikadilar.

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə