O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Terma iroqining ham ikki turi mavjud



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə22/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Shamsinur diplom — копия

Terma iroqining ham ikki turi mavjud:


  1. Sanama iroqi. Bu chokda ishlatiladigan tur (kanva)ga yoki arqoq va urishidan ip tortib olinib, tur shakliga keltirilgan matoga kesma chiziqlar sanab gul tikiladi.

  2. Chizma iroqi xili esa matoga qadam bilan chizilgan naqsh-gul ustidan tikiladi.

Iroqining boshqa turida esa mato ustiga ip tushalib, u mayda choklar bilan bir tekisda kesib chiqiladi, keyin uning yoniga yana ip tushalib, shu tarzda kesib tikib chiqiladi.
Ilma choki tikilish usuli igna bilan tikiladigan yo’rma chokiga yaqin, bunda yuqoridan pastga tomon tikiladi, igna yonma-yon ikki qatorda sanchilishi bilan yo’rma chokidan farqlanadi. Igna goh chap qatorga, goh o’ng qatorga sanchila boradi. Avval bir xalqa hosil qilib olingach, igna xalqa ichiga sanchilib, ip ustidan olinadi, chap qo’lning bosh bosib turgan ip sanchilib chiqqan igna ortida qoldiriladi.
Bu chok Chust do’ppisi bezaklarida ko’p foydalaniladi. Shoyi matolarga tikiladigan kichik kashtalarda ham ko’p qo’llaniladi.
Bosma chokda foydalaniladigan ip yaxshi pishitilgan bulishi kerak, shunda chok gazlamada bo’rtib chiqadi. Bosma chokda kashta gullari sidirg’a qoplangan bo’ladi.
Bayram kiyimlarini badiiy bezashda qo’lda tikilgan kashtalar ilgaridan katta ahamiyatga ega bo’lgan. Hozirgi paytda maxsus fabrikalarda chiroyli badiiy bezalgan tikuvchilik buyumlari keng assortimentda chiqariladi.
Qo’l kashta chok turlari ikki guruhga bo’linadi. Sanama choklar va oldindan chizilgan naqshlar cheti (kontur) bo’ylab tikiladigan ixtiyoriy choklar. Sanama kashtalar o’z navbatida gazlama tagiga o’tkazib tikiladigan va baxyasimon deyiladigan kashta va gazlama ustiga tikiladigan kashtalarga bo’linadi. Turli merejkalar, mayda baxya, gipyurlar, rangli chirmashma va boshqalar baxyasimon kashtaga kiradi. Gazlama tagiga o’tkazib tikiladigan bunday kashta turlari gazlama ustida bulmay, uning to’zilishini xuddi o’zgartirgandek gazlamaning o’zida bo’ladi. Gazlama ustiga tikiladigan sanama kashta choklarga iroqi, chizma chok, sanama tekis chok, o’rim chok va boshqa choklar kiradi.
Chizma kontur bo’ylab ixtiyoriy tikiladigan kashtalarda kashta gul cheti bo’ylab baxya choklarga tushiriladi yoki gulni to’ldirib tikib, dona-dona, bo’rtiq qushimcha sath hosil qilinadi.
Bunday choklarga tekis choklar va oddiy choklar-suv chok, iroqisimon chok, urim chok va boshqa choklar kiradi. Kashta tikishda odatda, bir necha chok bir vaqtning o’zida ishlatiladi. Ipni gazlamaga puxtalash uchun kashta tikayotganda hech qachon ipning uchi tugilmaydi.
Kashta tikilgan buyumning teskarisi toza va batartib bulishi kerak. Ipni gazlamaning o’ngida kashta tikilgan joyga puxtalab quyiladi.
"Zich iroqsimon" chok (5) ham "iroqsimon" chokdek tikiladi, faqat qaviqlar zich joylashadi, ignaning sanchilib kirish joyi bilan chiqish joyi bitta bo’ladi.
"Iroqi" chok (7) kashta tikishda oldin bir tomonga qator qiya qaviqlar tikiladi, keyin xuddi shunday qiya qaviqlar oldingi qaviqlar ustidan ikkinchi tomonga tikib boriladi.
"Qushaloq iroqi" chok (8) turtta chalishgan qiya qaviqlardan iborat bo’lib, ularning hammasi bir usulda bajariladi.
"Chala iroqi" chok (9) shundaygina tashlab quyilgan ipni o’ng tomonidan boshlab urab tikib hosil qilinadi.
Oddiy siniq chok (10) o’ng tomondan chap tomonga ikki qator qilib tikiladi. Chokni yuqori qatordan boshlab, kashta o’ngida chap tomonga qiyalatib bitta qaviq hosil qilinadi.
Pastki qatorda kashtaning teskarisidagi qaviq uning o’rtasi yuqori qatordagi igna sanchilgan joyga to’g’ri keladigan qilib chap tomonga gorizontal tikiladi. Navbatdagi qaviq yuqori qatordagi dastlab igna sanchilgan joyga tomon yunaltirib hosil qilinadi va kashtaning teskarisidagi qaviq yana chap tomonga pastki qatordagi qaviq yirikligida gorizontal tikiladi. Ikkinchi usulda (11) pastki qator qaviqlari orasi oldingi igna sanchilgan joylarning o’ziga yana igna sanchib, qaytarma qaviqlar hosil qilib tuldiriladi.
Siniq choklarning uchinchi usuli (12) ikkala qatorda ham qaytarma qaviqlar tikiladi.
Petlya chok (13) chapdan o’ngga tomon tikiladi. Qaviq gazlama chetiga perpendikulyar joylanib, kashta ipini igna tagida qoldirib tikiladi. Petlya chokda qaviqlar yirikligi bir xil oraliqda takrorlanib turadigan bo’lishi mumkin (14).
Yo’rma chokni hosil qilish uchun (20) igna gazlamani dastlab teshib chiqqan joyiga qayta sanchiladi-da, gazlamadan qaviq yirikligicha ilib, kashta ipi igna tagida halqa qilib qoldiriladi va shu halqa orasidan ip tortib olinadi. "Keng ilma" chokli kashta tikishda (21) igna gazlamadan chiqqan joyidan o’ng tomonga 3-4 ip oralig’ida sanchiladi.
"Archa chok tikish (22) "Ilma" chok tikishga o’xshagan bo’lib, undan ignadey gazlamaga chok markaziy chizig’ining goh o’ng, goh chap tomondaka sanchish bilangina farq qiladi. Bu chokning boshqa bir usulda (23) chok markaziy chizig’ining ikkala tomonida ham ikkitadan qaviq tushuriladi.
"Halqa-halqa" chok (24) alohida-alohida qaviqlar- petlyalar qatoridan iborat bo’ladi. (25)da "halqa-halqa" chok solib tikilgan tugarak gul tasvirlangan.
"Kvadrat chok" ("gul" chok) (26) Oldin dioganal bo’ylab yuqori tomonga vertikal qaviq solib, keyin dioganal bo’ylab pastga tomon kundalang qaviq solib tikiladi. Navbatdagi galda dioganal bo’ylab yuqori tomonga kundalang qaviq, keyin dioganal bo’ylab pastga tomon vertikal qaviq solinadi. Chirmashma ustki chok (27) tikish uchun oldin o’ngdan chapga tomon goh yuqorida, goh pastda gazlama chipidan 2-3 tasini ilib olib, siniq qator qaviqlar tikiladi. Keyin gazlamani ilmasdan qaviqlarning o’zinigina chirmashtirib tikiladi, (28) chirmashma ustki chok solib tikilgan uchburchaklik tasvirlangan.
"Iroqisimon urim" chok (29) tekis kashta chok usulida, qaviqlarni goh o’ng, goh chap tomonga og’dirib tikiladi.
"Iroqisimon archa" chok (30) ham oldingi chok singari tikiladi, lekin bunda navbatdagi har qaviq o’zidan oldingi qaviqning pastki qismini bosib utadi.
"Qushaloq ilma" chokda (31) chok bo’ylab gazlamani ilmasdan oldin chap halqa, keyin o’ng halqa hosil qilib olinadi va igna sanchilib gazlamada shunday qiya qaviq hosil qilinadiki, bunda o’ng tomondagi igna sanchilgan joy chap tomondagi sanchiq chizig’iga to’g’ri kelishi, chap tomondagi igna chiqqan joy esa, bir bahya pastroqda paydo bulishi kerak.
Qiya qaviqli tekis chok (32) pastdan boshlanib, yuqoriga tomon o’ng tomonga qiyalatib qaviq solinadi va ip birinchi sanchiq yonidan tortib chiqariladi.
Uralma tugun chok gazlamadan chiqqan kashta ipini igna uchiga urab hosil qilinadi (33a). Igna bilan ip hosil bo’lgan spiral ichidan utkazilib, tugun gazlamaga puxtalab quyiladi (33b).
Murakkab tugunlar (35) hosil qilish uchun gazlamadan chiqqan kashta ipi gazlama teskarisidagi qaviq o’rtasiga to’g’ri keladigan qilib ignaga gazlama ipidan ilib olinadi.
Shundan keyin igna hosil bo’lgan halqa ichidan o’ngdan chapga tomon kashta ipi igna uchi tagida qoladigan qilib chiqariladi. Keyin ignani xalqadan o’ng tomonga gazlamaga sanchib, navbatdagi tugun urnidan chiqariladi.
Ko’nguralarni tekis chok bilan ("shnurcha" qilib) yo’rmashda uzunligi 0,5-1 sm uchta ustma-ust havoyi petlya hosil qilinadi va ular teki chok bilan
yo’rmalanadi (37). Ko’nguralar chirmashma petlya chok bilan (38) yuqoridagidek tikiladi, faqat tekis chok urniga chirmashma petlya chok ishlatiladi
Tekis chokli kashta (39) tikish pastki chap tomondan boshlanadi. Yuqori tomonga vertikal qaviq solib igna oldingi sanchiqdan 1-2 ip naridan chiqariladi. Bir yoqlama tekis chokli (ustki chokli) kashta o’ngdan chapga tomon goh yuqorida, goh pastda ignaga gazlama ipidan 2-3 ta ilib tikiladi (40).
Ko’ylak shifon gazlamadan, kashta oq, pushti (2 xil tusda), siren rang (5 xil rangda) va kul rang (3 xil tusda) mulina iplarida (1 va 2 qavat) tikiladi. Gul va barglardan to’zilgan kashta ko’ylakning dumaloq koketkasida bo’lib, ranglarining tuslari bir-biriga utadigan tekis chok va qaviqlari qiya va to’g’ri yunalgan ikki tomonlama chok, tugun chok, suv va qaytma chok bilan tikiladi. Gullari rang tuslar bir-biriga utgan tekis chok bilan tikiladi. Katta gulning gul barglarida 3 xil tusdagi sirenrang ip ishlatiladi.
Gulbarg cheti bo’ylab tikilgan birinchi qator qaviqlari 2 qavat ipda tikiladi, ikkinchi va uchinchi qator qaviqlari bir qavat ipda tikiladi. O’rtacha gullarning ustidagi doirachalar pushti rang ipda ikki tomonlama tekis chok bilan tikiladi. Mayda gullar ikki xil tusdagi pushti ipda, o’zaklari kulrang qaviqlar bilan va pushti tugunchalar bilan tikiladi. Shoxchalar va chirmoviqlar suv chok bilan barglar tekis chok va suv chok bilan, gul kosachalari to’g’ri tekis chok bilan tikiladi. Bu kashta bezagini 1,5 X 1,5 sm li kataklarda kattalashtirish kerak

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə